34
O„zgaruvchilarni va foydalaniladigan funksiyalarni aniqlash.
MathCAD tizimida boshqa istalgan dasturlash tillaridagidek,
xotiraning har bir uyachasiga bitta nom identifikator mos keladi.
U esa
tizimning o‗rnatilgan so‗z tartibiga monand holda tanlanadi. MathCADda
identifikatorlar lotin yoki grek alfavitining harflaridan va raqamlaridan
tuzilgan bo‗lishi, ammo boshlang‗ich holatda faqat harf turishi mumkin.
Identifikator tizimdagi xizmatchi so‗zlar
bilan ustma-ust tushmasligi
darkor. MathCAD kichik va bosh harflarni ajrata olishini ko‗zdan
qochirmaslik kerak.
Lokal va global o„zgaruvchilar. Boshqa dasturlash tillarida
bo‗lganidek, MathCADda ham lokal va global o‗zgaruvchilar farqlanadi.
―:=‖ ramzi bilan MathCADda lokal o‗zgaruvchilar belgilanadi.
Buning
uchun ―:=‖ ramzi kiritilsa kifoya.
Global o‗zgaruvchi ―o‗zgaruvchi≡ifoda‖. Global o‗zgaruvchilarning
lokal o‗zgaruvchilardan farqi ular hujjatining istalgan joyda qo‗llana
olishidir (shu bilan bir qatorda ularni aniqlashtirishdan oldin va yuqori
qismida).
Do'stlaringiz bilan baham: