O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan


Bino va inshootlarning kadastr maʼlumotlarini tayyorlash


Download 51.93 Kb.
bet11/14
Sana27.10.2023
Hajmi51.93 Kb.
#1728407
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
KADASTR KURS ISHI

Bino va inshootlarning kadastr maʼlumotlarini tayyorlash

  1. Yer uchastkasiga boʼlgan huquqlari davlat roʼyxatidan oʼtkazilgan yer maydonidagi tegishli tartib asosida barpo etilgan va qurilishi tugallangan yoki tugallanmagan bino va inshootlarga kadastr yigʼmajildi tayyorlanishiga ruxsat beriladi.

Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida noqonuniy qurilgan qurilmalarni egallab olingan yer maydoni va qurilmalarning oʼlchamlari vakolatli organlarning soʼrovnomasiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining tuman
(shahar) filiallari tomonidan maʼlumotnoma tarzida tayyorlanadi.

  1. Bino va inshootlarning kadastr yigʼmajildini tayyorlash jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:

bino va inshootlar boʼyicha mavjud huquqiy, iqtisodiy, arxitektura-
shaharsozlik va boshqa zarur hujjatlar yigʼiladi va tahlil qilinadi; bino va inshootlar texnik xatlovdan oʼtkaziladi, bunda binolarning ichki va tashqi oʼlchovlari aniqlanadi, maydonlari va hajmlari hisoblanadi hamda ushbu maʼlumotlar binolarning ichki va tashqi oʼlchov qaydnomalarida aks ettiriladi; bino va inshootlar konstruktiv qismlarining tavsifi aniqlanadi va
maʼlumotlarda aks ettiriladi; bino va inshootlarning qavatma-qavat elektron chizmalari tayyorlanadi; binoning muhandislik kommunikatsiyalari (gaz, elektr energiyasi, ichimlik
suvi, issiqlik taʼminoti va boshqalar) bilan taʼminlanganligi aniqlanadi; jismoniy shaxslarga tegishli boʼlgan bino va inshootlarning kadastr qiymati
qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadi; bino va inshootlarga hududlarni kadastr boʼyicha boʼlish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlari shakllantiriladi; koʼchmas mulk obʼektini elektron hisobga olishda bino va inshootlarning
kadastr maʼlumotlari kiritiladi; kadastr yigʼmajildi tayyorlanadi.

  1. Kadastr yigʼmajildi asosida kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

  2. Bino va inshootlarning arxitektura-qurilish chizmalari eng kam hajmda, ortiqcha tafsilotlarsiz tuziladi.

Bunda binoning ichki xonalari rejasi chiziladi. Аgar bino bir necha qavatdan iborat boʼlsa, u holda barcha qavatlarning rejalari, shuningdek, yertoʼlaning rejasi chiziladi. Binoning qavat rejalari 1:100 yoki 1:200 masshtabda chop etiladi va nomlanadi (masalan, «1-qavat rejasi», «2-qavat rejasi», «Ertoʼla rejasi»).

  1. Yer osti inshootlarining (har xil maqsadlarda foydalaniladigan quvurlar, elektr va aloqa liniyalari, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʼliq boʼlgan inshootlar va boshqalar) tavsifi kadastr yigʼmajildiga loyiha-smeta yoki ushbu inshootlar davlat kadastri maʼlumotlaridan foydalanib kiritiladi.

  2. Maxsus inshootlarning kadastr maʼlumotlari tayyorlanayotganda, ular toʼgʼrisida oʼzlariga xos maʼlumotlar tegishli davlat kadastrlari maʼlumotlaridan foydalanib kiritiladi (masalan, alohida kadastr obʼekti boʼlgan elektr liniyasining kadastr maʼlumotlaridan uning nomi, kuchlanishi, simlar soni, elektr liniyasi tayanchlarining konstruktsiyasi, transformator stantsiyalari va boshqa inshootlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar olinishi mumkin).

  3. Koʼchmas mulk obʼektini hisobdan oʼtkazish natijasiga koʼra axborot tizimida bino va inshootlarning quyidagi kadastr maʼlumotlari aks ettiriladi:

binolar soni; inshootlar soni; asosiy xonalar soni; binolar umumiy maydoni; foydali (yashash) maydoni; binoning qurilish osti maydoni; inshootlar maydoni;
bino va inshootlarning kapitalligi; funktsiyasi;
konstruktiv turi (poydevor, devor, cherdak toʼsinlar, orayopma, tom
qoplamasi, pol);
zilzilabardoshligi;
muhandislik jihozlanganligi (suv, oqova, elektr, gaz, issiqlik); binoning qavatliligi; obʼekt joylashgan qavati; binoning balandligi, m;
maydon, kv.m. (qurilish osti, umumiy, ishlab chiqarish, foydali, yashash); qurilgan yili; oʼzboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlar; kadastr qiymati; bitim (shartnoma) qiymati; maxsus inshootlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar.
Bino va inshootlarning oʼziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi boshqa koʼrsatkichlar ham kiritilishi mumkin.

  1. Kadastr yigʼmajildiga abrislar, fotosuratlar hamda bino va inshootlarni tavsiflovchi boshqa hujjatlar va elektron fayl materiallari ilova qilinishi mumkin.

  2. Binolar qayta ixtisoslashtirilganda va rekonstruktsiya qilinganda, kadastr yigʼmajildiga tegishli oʼzgartirishlar kiritiladi.

Koʼchmas mulk obʼektining vujudga kelishi (barpo etilishi) yoki ikki va undan ortiq qismlarga boʼlinishida manzillarni belgilash Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 dekabrdagi 1010-son qarori bilan tasdiqlangan Koʼchmas mulk obʼektlari manzillari yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq kadastr yigʼmajildini shakllantirish jarayonida amalga oshiriladi.

  1. Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga kadastr yigʼmajildi tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi loyiha talablariga muvofiq boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, mazkur Nizomda belgilangan tartib asosida tayyorlanadi va natijasi boʼyicha kadastr pasporti beriladi. Bunda bino va inshootning poydevori va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asos hisoblanadi.


Download 51.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling