Qavatalar soni – Qurilish xududi – Farg’ona shaxri. Asos
Download 339.99 Kb.
|
Изохнома тайёр(1)[1]
“OB’EKTNI BARPO ETIShNING QURILISh IShLARI LOYIHASINI TUZISh” Loyiha topshirig’i. 1-rasm Loyihalash uchun ma’lumotlar. Reyting daftarchasi raqami- №18412 Seksiyalar soni – 2. Qavatalar soni – 3. Qurilish xududi – Farg’ona shaxri. Asos – suniy. Poydevor – yig’ma temirbeton plitali. Yerto’la – yo’q. Konstruksiya – karkasli. Pardozlash – bor (ichki-tashqi). Tom – chordoqli. Turi – turar joy binosi. KIRISh O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng turli sohalardagi qurilishlar ko’lami nihoyat darajada oshdi. Ushbu sharoitda bozor munosabatlarining shakllanishi qurilishni boshqarishga talabni o’zgartirib yubordi. Shundan kelib chiqqan holda qurilishda “Bino va inshootlar qurilishi”, “Kasbiy ta’lim” (bino va inshootlar qurilishi) mutaxassislariga ehtiyoj ortdi va Oliy o’quv yurtlari oldida ushbu yo’nalishda bakalavr va magistrlar tayyorlashga ehtiyoj oshdi. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturiga asosan Oliy va o’rta maxsus ta’limida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, tizimda ilmiy izlanishlarni tubdan o’zgartirish maqsadida ishlab chiqarish va fanni rivojlantirish masalalari muhim qilib qo’yilishi, bozor munosabatlariga o’tish davrining dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Hozirgi zamon bakalavr va magistrlarini davlat va jahon standartlari talablariga javob beruvchi zamonaviy bilimlar va amaliy ko’nikmalar bilan qurollantirish, Oliy ta’lim muassasalari oldida turgan asosiy vazifadir. Shuningdek, institutlar yuqori saviyadagi bozor munosabatlari qonuniyatlarini mukammal egallagan va iqtisodiyotni rivojlantira oladigan, mustaqil fikrlay biladigan, hamda qurilishni boshqarish qarorlarini o’zi qabul qila oladigan yosh mutaxassislarni tayyorlashlari lozim. Kurs loyihasining asosiy maqsadi talabalarining “Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish” fani bo’yicha olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash, me’yoriy va loyihaviy hujjatlar bilan mustaqil ishlash va foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Kurs loyihasining vazifasi, alohida qurilish ob’ektlarini barpo etishda “Qurilish ishlarini bajarish loyihasi” (PPR – proekt proizvodstva rabot) ning ayrim bo’limlarini QMQ (SNiP) IV.2 talablariga va boshqa me’yoriy hujjatlariga asosan ishlab chiqishdir. Download 339.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling