Qavatalar soni – Qurilish xududi – Farg’ona shaxri. Asos


I qism. Ob’ektni barpo etishning kalendar rejasini ishlab chiqish


Download 339.99 Kb.
bet2/13
Sana18.02.2023
Hajmi339.99 Kb.
#1213479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Изохнома тайёр(1)[1]

I qism. Ob’ektni barpo etishning kalendar rejasini ishlab chiqish.


1. Kurs loyihasini bajarishga va kalendar rejani ishlab chiqishga dastlabki ma’lumotlar tushuntirish xatining oldingi bo’limlarida keltirilgan.
2. Qurilish maydonining tavsiflari. Topshiriqqa ko’ra qurilish hududi Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahri, I Mikrorayon, Berdaq ko’chasi 42-uy. Abay va Turon ko’chalari bilan chegaradosh. Geodezik topografiya ma’lumotlariga asosida joy relefi olinadi. Muhandislik – geologik qidiruvlari ma’lumotlariga ko’ra, erning yuza qatlami – supes qatlamidan iborat bo’lib 2,5 m gacha qalinlikka ega va quyi qatlami 5,5 m gacha qumoq gruntni tashkil etadi. Gruntlar cho’kmaydigan. Ob’ektni suv va elektr energiyasi bilan ta’minlash shahar tarmog’iga ulanib hal etiladi.
3. Hajmiy-rejaviy va konstruktsiyaviy echimlarning tahlili
Binoning rejaviy tuzilishi ko’ra o’lchami: eni 9500 mm A-V o’qlari bo’yicha va bo’yi 10500 mm 1 – 3 o’qda, qavat balandligi 3.3 m ga teng.
Turarjoy binosi 3 xonadan iborat, yashash xonalarining maydoni-69.6 m2 va umumiy maydoni -99.7 m2. Bino 2 ta seksiyadan va 3 qavatdan tashkil topgan.
Qurilish hajmi -808 m3;
Qurilish maydoni -130 m2;
Umumiy mehnat xarajatlari (mehnat sarfi) – 586 ish-kuni.
Qurilish konstruktsiyalari
Binoning konstruktsiyaviy sxemasi bo’ylama yuk ko’taruvchi devorli va shu devorlarga yopma plitalar tiralib turadi. Bino tomi tekis-to’rt qavatli ruberoid- o’rama materiallari bitum asosida yopishtiriladi.
Poydevorlar –zavodda tayyorlanadigan poydevor bloklaridan barpo etilgan.
Devorlar – oddiy pishiq g’ishtli, eni 380 mm (1,5 g’isht qalinligida).
Oradevorlar – oddiy pishiq g’ishtli, eni 120 mm
Peshona to’sin (peremichka) – I.139 – 1, v.1 seriyadagi 9-tip o’lchamli yig’ma temirbetondan.
Yopmalar – yig’ma temirbeton teshikli plitalar, qalinligi 22 sm, I.141 – 6s, v.1 seriyali, 2-tip o’lchamli.

Download 339.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling