Qavatalar soni – Qurilish xududi – Farg’ona shaxri. Asos
Download 339.99 Kb.
|
Изохнома тайёр(1)[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi pardozlar
- Eng og’ir element
- 2-jadval. Yig’ma temirbeton konstruktsiyalarining spetsifikatsiyasi
- Tartib raqami Elementlar nomi Rusumi
- Barcha element. massasi, tonna Eni, a Balandligi
- 3-jadval Yarimfabrikatlar, detallar va konstruktsiyalar sarflanishining spetsifikatsiyasi
- Davlat standarti belgisi (GOST) O’lchov birligi Hajmi
- 5. Ishlab chiqarish uslubini tanlash.
- 6. Mashina va mexanizmlarni tanlash.
- 6.1. Talab qilinadigan yuk ko’tarish qobiliyati kran uchun eng katta massaga ega bo’lgan elementga hisoblab topiladi, ya’ni yopma plita uchun Q
Tashqi eshiklar – kirishda yog’ochdan , I.135 – 1seriyali, 2- tip o’lchamli.
Ichki eshiklar – yog’ochdan, I.136 – 1seriyali, 2 – tip o’lchamli. Tom yopmalar – 4 qavat o’rama material (ruberoid). Deraza va balkon eshiklar - I.136 – 3seriyali, v.1, 4-tip o’lchamli; Juftlab qurilgan jihozlar – shkaflar va antresollar I.136 – 10 seriyali, v.1. Pollar – yog’och taxtali, hojatxona va vannada – sopol plitalardan. Tashqi pardozlar – marmarli mayda toshli qorishmali bezakli suvoqdan. Ichki pardozlar – elim asosli sifatli bo’yoq bilan, oshxonada yog’li bo’yoq va sopol plitkalardan, vannada – sopol plitkalar va suvli bo’yoq (vodoimultsiya); omborxonasida – ohakli bo’yoqli. Eng og’ir element – yopma plita, massasi – 2,07 t. 4. Ish xajmlarini hisoblash. Ish hajmlari me’moriy va texnologik ishchi chizmalariga ko’ra geometrik o’lchamlarini e’tiborga olgan holda xisoblanadi. 1-Jadval Ish hajmlarini hisoblash jadvali
Yig’ma temirbeton konstruktsiyalarining spetsifikatsiya (tasnifiy ro’yxati)ni tuzamiz (2-jadval). 2-jadval. Yig’ma temirbeton konstruktsiyalarining spetsifikatsiyasi
Yarimfabrikatlar, detallar va konstruktsiyalar sarflanishining spetsifikatsiyasini tuzamiz (3-jadval). 3-jadval Yarimfabrikatlar, detallar va konstruktsiyalar sarflanishining spetsifikatsiyasi
5. Ishlab chiqarish uslubini tanlash. Ishlab chiqarish uslubini tanlash loyihalashning asosiy va muhim bosqichlaridan hisoblanadi. Qabul qilingan loyihaviy echim keyinchalik ishlab chiqarish texnologiyasini rivojlanishiga xizmat qilishi kerak. Ishlab chiqarishning eng samarali xilini izlanishi ikkita ya’ni, dastlabki va oxirgi tanlash bosqichlarida amalga oshiriladi. Dastlabki tanlash bosqichida asosiy o’rindagi masalalar hal etilib, unda ishlarning tarkibi va hajmi, texnologik ketma-ketligi, alohida jarayonlarning bajarilish usuli, qabul qilinadigan mashina va mexanizmlarinig turlari va h.k. ko’rib chiqiladi. Loyihalashning keyingi bosqichida esa, dastlabki bosqichdagi ta’kidlar aniqlashtiriladi, tekshiriladi va kerak bo’lsa o’zgartiriladi, shundan keyingina oxirgi loyihaviy echim qabul qilinadi. 1. Qurilish maydoni sirtining unumdor qatlamini olib tashlash va uni tik tekislash uchun buldozerdan foydalaniladi. Shuni aytish lozimki ish hajmlarining ozligi tufayli ushbu ishlarni bajarishda DZ-37 “Belorus” qabul qilinib va bir vaqtning o’zida ushbu buldozer E-2621 gidravlik ekskavator ham bo’lgani uchun keyinchalik transheyani ham qazishda qo’l keladi. 2. Transheyadan qazilgan gruntlarni, ya’ni qayta to’kiladigani va tashiladigan gruntlarni ortiqchasini 20 m masofaga, o’sha qabul qilingan buldozerdan foydalanib siljitiladi. 3. Maydonni tik tekislash ish hajmi katta bo’lganda, tekislash ishlari pritsepli yoki o’zi yurar skreperlar yordamida olib boriladi. 4. Yig’ma temirbeton konstruktsiyalarining montajini va boshqa ko’tarish-tushirish ishlarini olib borishda avtomobil kranlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Montaj kranlarini tanlash va montaj ishlarini bajarish uslubi keyingi sahifalarda keltiriladi. 5. Ko’rilayotgan loyihada qurilish qorishmasini tayyorlash va suvoq ishlarini olib borish qo’l kuchi bilan amalga oshiriladi, ammo ish hajmlari katta bo’lgan hollarda, ushbu ishlarni mexanizatsiyalashga juda ham e’tibor berilishi lozim. 6. Tom yopish ishlari ham hajmi kichik bo’lganligi uchun qo’l kuchi bilan bajariladi. Ish hajmlari katta bo’lgan hollarda bu ishni ham mexanizatsiyalash juda ham samarali hisoblanadi. Konstruktsiyaviy elementlarni barpo etish alohida uslub bilan bajariladi, ya’ni qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi bo’yicha ketma-ketlik uslubi qo’llaniladi. 6. Mashina va mexanizmlarni tanlash. Loyihalanayotgan turarjoy binosini qurilishida, g’isht devorlar terimi va yig’ma temirbeton elementlarini montaj qilish etakchi texnologik jarayon bo’lib hisoblanadi. Chunki ushbu ishlar sermehnatligi jihatidan QMI ning davomiyligini asosiy qismini belgilab beradi. Montaj kranini tanlash o’sha ko’rsatib o’tilgan texnologik jarayon uchun kranning texnik parametrlarini topish asosida olib boriladi. Texnologik xarita ishlab chiqariladigan jarayonlar uchun, kranlarni tanlash bundan tashqari, ularning bir nechta variantlarini texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha ham solishtirilib tanlanadi. Kranlarning texnik parametrlariga quyidagilar kiradi: talab qilinadigan yuk ko’tarish qobiliyati- Qk , kran ilgagining balandlikka ko’tarish masofasi - Hk , kran ilgagini uzalish qobiliyati -Lk . O’zi yurar strelali gusenitsali va pnevmog’ildirakli kranlar uchun strelasining uzunligi- Ls ham hisoblanadi. 6.1. Talab qilinadigan yuk ko’tarish qobiliyati kran uchun eng katta massaga ega bo’lgan elementga hisoblab topiladi, ya’ni yopma plita uchun Qk ≥ Qe + Qpr + Qgr , tonna (5) bunda, Qe – montaj qilinadigan elementning massasi, t; Qgr –yuk qamrovchi qurilmasining massasi, t; Qpr –montaj ishlarini balandlikda xavfsiz olib borilishini ta’minlovchi moslamalar (ish maydonchasi, savatlar, norvonlar) ning massasi,t. Yuqorida aytilganidek yopma plitasini montaji uchun to’rt tarmoqli strop, Promstalmontaj loyiha institutida 21059 M – 28 chizmasi asosida ishlab chiqilgan, massasi 0,09 t yuk ko’tarish qobiliyati 3 t va hisobiy balandligi 6.5 m bo’lgan qurilmani tanlaymiz. O’z navbatida ushbu qurilma ortish-tushirish va boshqa elementlarni o’rnatishda ham ishlatiladi. Shunday qilib, yopma plitaning montaj qilish massasi Qk ≥ 1,65 + 0,09 = 1,74 t. Download 339.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling