O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan


Koʼp yillik daraxtlarning kadastr maʼlumotlarini tayyorlash


Download 51.93 Kb.
bet12/14
Sana27.10.2023
Hajmi51.93 Kb.
#1728407
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
KADASTR KURS ISHI

Koʼp yillik daraxtlarning kadastr maʼlumotlarini tayyorlash

  1. Yuridik va jismoniy shaxslarning mulki boʼlgan koʼp yillik daraxtlarga koʼchmas mulkning bir turi sifatida kadastr yigʼmajildi tayyorlanadi va natijalari boʼyicha kadastr pasporti beriladi.

Qishloq xoʼjaligi tashkilotlari va fermer xoʼjaliklari tomonidan uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalarida ijaraga beruvchining ruxsati bilan oʼz mablagʼlari hisobiga ekilgan va ularning mulki boʼlgan koʼp yillik daraxtlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar kadastr yigʼmajildi tarkibiga kiritiladi.
Yakka tartibdagi uy-joyda, dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʼjaligi hamda jamoa bogʼdorchiligi va uzumchiligini yuritish (dala hovli) uchun berilgan yer uchastkalarida oʼstirilgan koʼp yillik daraxtlarga kadastr yigʼmajildi tayyorlanmaydi.

  1. Kadastr yigʼmajildini tayyorlash jarayonida bogʼlar, uzumzorlar, tutzorlar va boshqa oʼrmon daraxtlarining maydonida (geodezik oʼlchov asboblari yordamida 1:1000 va 1:10000 gacha masshtabda topoxaritalari yaratiladi) oʼlchov ishlari oʼtkaziladi va koʼchatlarning soni aniqlanadi. Bogʼlardagi daraxtlar turlarga (olma, nok, shaftoli va boshqalar) ajratilmasdan, egallagan umumiy maydoni hamda soni aniqlanadi.

Kadastr yigʼmajildini tayyorlash

  1. Kadastr yigʼmajildi davlat tilida elektron hujjat sifatida tayyorlanadi.

Qogʼoz koʼrinishda kadastr yigʼmajildi А4 (210 x 297 mm) formatdagi yozuv qogʼozlarida elektron hujjat asosida tayyorlanadi. Bunda asosiy formatlarning qisqa tomonlarini karrali miqdorda uzaytirish bilan tashkil qilinadigan qoʼshimcha formatlar qoʼllanilishi mumkin.

  1. Koʼchmas mulk obʼekti faqat yer uchastkasi yoki bino va inshootdan (kvartira, bino, inshootning bir qismi) hamda koʼp yillik daraxtlardan iborat boʼlgan hollarda, kadastr yigʼmajildi tegishli obʼekt boʼyicha tayyorlanadi.

  2. Kadastr yigʼmajildining muqovasi va tarkibidagi elektron axborot tizimida shakllanadigan maʼlumotlarning namunaviy jadvallari, qaydnomalari va blankalari Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʼrinlarda — Kadastr agentligi) tomonidan tasdiqlanadi.

Bunda kadastr yigʼmajildini tayyorlagan Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar)dagi filiali yoki kadastr muhandisi nomi, koʼchmas mulk obʼekti joylashgan joy va koʼchmas mulk obʼektiga oid boshqa barcha maʼlumotlar qayd etiladi.

  1. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali xodimlari tomonidan tayyorlangan kadastr yigʼmajildi mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan muddat doirasida tekshirib chiqiladi. Bunda mazkur yigʼmajildda qayd etilgan maʼlumotlar toʼliq va toʼgʼri kiritilganligi hamda geoaxborot tizimlarida aks ettirilganligi holati oʼrganiladi. Kamchiliklar aniqlangan hollarda, bir ish kuni muddatda ijrochi xodim kamchiliklarni bartaraf etadi.

Kadastr muhandisi tomonidan koʼchmas mulk obʼektlariga tayyorlangan kadastr yigʼmajildi boʼyicha maʼlumotlar uning axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga qabul qilish uchun yuboriladi.
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari kadastr muhandisi tomonidan axborot tizimi orqali koʼchmas mulk obʼektiga oid tayyorlangan kadastr yigʼmajildi maʼlumotlarini qabul qilib oladi va uch ish kuni mobaynida oʼrganib chiqadi.

  1. Kadastr muhandisi axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali koʼchmas mulk obʼektlariga oid quyidagi maʼlumotlarni kiritadi: koʼchmas mulk obʼekti joylashgan joy; egasiga (foydalanuvchiga) oid maʼlumotlar;

koʼchmas mulk obʼektiga kadastr yigʼmajildini tayyorlash boʼyicha kelishuvga oid maʼlumotlar (shartnoma raqami, sanasi, muddatlari, toʼlov miqdori va boshqalar); mazkur Nizomning 22 va 29-bandlarida koʼrsatilgan maʼlumotlar;
yer uchastkasi va undagi bino inshootlarning chegaralari koʼrsatilgan hamda
WGS-84 koordinatalar tizimidagi tayyorlangan raqamli kadastr xaritasi; bino va inshootlarning avtomatik loyihalashtirish dasturlari yordamida dxf, dwg formatlardan birida tayyorlangan chizmasi. Kadastr yigʼmajildi birlamchi tayyorlangan hollarda, bino va inshootlarning amaldagi (oʼlchov kunidagi) holati boʼyicha foto suratlar, respublikada foydalanishda ruxsat etilgan sunʼiy yoʼldosh suratlari.

  1. Kadastr muhandisining axborot tizimi orqali taqdim etilgan elektron maʼlumotlari Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan uch ish kunida oʼrganiladi. Bunda:

kadastr muhandisi tomonidan tayyorlangan elektron maʼlumotlar, koʼchmas mulk obʼektiga boʼlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi va unga muvofiq koʼchmas mulk obʼekti texnik hisobga olinadi, kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki unga toʼsqinlik qiluvchi holatlar tekshiriladi;
kadastr muhandisi tomonidan kadastr maʼlumotlar bazasiga kiritilgan texnik maʼlumotlarning toʼgʼri va toʼliqligi tekshiriladi va dastlabki maʼlumotlar bilan solishtiriladi; yer uchastkasi, bino va inshootlar hamda koʼp yillik daraxtlar dastlabki shakllantirilgan kadastr maʼlumotlari asosida solishtiriladi va axborot tizimida mavjud chegaradosh yerdan foydalanuvchilarning chegaralari bilan solishtiriladi va tahlil etiladi.
Kadastr muhandisi tomonidan axborot tizimi orqali yuborilgan maʼlumotlarda texnik xatoliklar mavjud boʼlsa, bartaraf etish uchun ushbu xatoliklar koʼrsatilgan holda qaytariladi. Аgar koʼrsatilgan texnik xatoliklar xabar berilgan paytdan boshlab bir oy mobaynida bartaraf etilmagan yoki muhandis tomonidan tegishli xabar qoldirilmagan boʼlsa, hududiy boshqarma ikki ish kunida kadastr pasportini tayyorlashni va hisobga qoʼyishni rad etish toʼgʼrisida qaror qabul qiladi va bu haqda kadastr muhandisini shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Taqdim etilgan maʼlumotlar asosida koʼchmas mulk obʼektining tashqi chegaralari va obʼektga oid umumiy maʼlumotlari bir xilligi aniqlangandan soʼng hududiy boshqarma tomonidan kadastr muhandisining taqdim etilgan elektron kadastr yigʼmajildi maʼlumotlari davlat kadastrlari tizimiga qabul qilinadi. Bu haqda axborot tizimi orqali kadastr muhandisiga koʼchmas mulk obʼektining kadastr pasportidan koʼchirma nusxasi yuboriladi.
Quyidagi hollarda kadastr muhandisi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar axborot tizimi orqali rad etiladi va kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan tegishli izoh yuboriladi: ushbu Nizomning 12, 22 va 29-bandlarida keltirilgan maʼlumotlar toʼliq
taqdim etilmaganda; belgilangan muddatda maʼlumotlardagi texnik xatoliklar toʼgʼirlanmaganda; yer uchastkasi chegaralariga oid berilgan maʼlumotlar geoaxborot tizimi va
tuman (shahar) filiallari arxiv maʼlumotlariga nisbatan farq qilganda.
Boshqa hollarda kadastr muhandisiga rad javobi berilishiga yoʼl qoʼyilmaydi.

  1. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan kadastr muhandisi maʼlumotlari kelishilgan va hisobga qoʼyilganda, kadastr muhandisi oʼzining shaxsiy kabinetida kadastr maʼlumotlari bazasiga kirgan holda koʼchmas mulk obʼekti boʼyicha bino va inshootlarning oʼlchov qaydnomasi, xonalarning oʼlchov qaydnomasi, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari qaydnomasini va boshqa maʼlumotlarni chop etadi.

  2. Kadastr muhandisi tomonidan tayyorlangan va qabul qilingan kadastr yigʼmajildi maʼlumotlari koʼchmas mulk obʼektiga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazishda roʼyxatdan oʼtkazuvchi tomonidan roʼyxatga olish ishini koʼrib chiqishda asos hisoblanadi.

  3. Kadastr muhandisi koʼchmas mulk obʼektiga kadastr yigʼmajildini shakllantirishda axborot tizimidagi shaxsiy kabineti orqali zarur boʼlgan kadastr maʼlumotlarni olishda, elektron maʼlumotlar bazasidan hamda koʼchmas mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlarning davlat reestridagi maʼlumotlardan foydalanish huquqiga ega boʼladi.

  4. Kadastr muhandisi tomonidan ushbu Nizom talablariga ikki va undan ortiq ravishda qoʼpol ravishda amal qilmaslik hamda qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlariga yoʼl qoʼyilishi, kadastr muhandisining malaka shahodatnomasi bekor qilinishi boʼyicha Kadastr agentligiga axborot kiritish uchun asos hisoblanadi.


Download 51.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling