O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan


Download 51.93 Kb.
bet4/14
Sana27.10.2023
Hajmi51.93 Kb.
#1728407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
KADASTR KURS ISHI

Davlat yer kadastrining mazmuni
12. Quyidagilar davlat yer kadastrining mazmunini tashkil etadi:
yer uchastkalariga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish; yer uchastkalarini elektron hisobga olish; yerni qiymat jihatidan baholash;
yer kadastri maʼlumotlarini tizimlashtirish, saqlash, yangilash va manfaatdor
shaxslarga belgilangan tartibda taqdim etish.

  1. Yer uchastkasiga boʼlgan huquqlarning vujudga kelishiga doir maʼlumotlar yer kadastri maʼlumotlarining birlamchi qismi hisoblanadi hamda mazkur yer uchastkasini hisobga olish, qiymatini aniqlash va huquqlarni roʼyxatga olishning asosini tashkil etadi.

Yer uchastkalariga boʼlgan huquqlarni birlamchi (qayta) davlat roʼyxatidan oʼtkazishda yer uchastkasi va uning chegaralariga oid maʼlumotlar Davlat kadastrlari yagona tizimida aks ettirilgan holda amalga oshiriladi.

  1. Yer uchastkalariga boʼlgan huquqlar, ushbu huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʼtishi, cheklanishi va toʼxtatilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʼyxatidan oʼtkaziladi.

  2. Yer uchastkalarining chegaralarini belgilash WGS-84 koordinata tizimida kartografiya materialidan foydalangan holda, geodeziya usullari bilan joyning oʼzida chegaralarning burilish nuqtalari katalogiga muvofiq ularni chegara qoziqlari bilan mahkamlash orqali amalga oshiriladi. Natijalar Davlat kadastrlari yagona tizimining yer kadastri qatlamida aks ettiriladi. Yer uchastkalarining umumiy maydoni talab qilinadigan aniqlikda tahliliy, grafik-tahliliy yoki mexanik usullar bilan aniqlanadi.

Yer uchastkasi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar avtomatlashtirilgan axborot tizimida yuritiladi.
Joriy roʼyxatdan oʼtkazish maʼlumotlarini shakllantirishda roʼyxatga oluvchi axborot tizimida yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning huquqiy holati, shuningdek, yerning maydoni, chegaralari, undan foydalanish maqsadi va foydalanish rejimi boʼyicha yuz bergan oʼzgarishlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.

  1. Yer uchastkalarining umumiy maydonini hisobga olish asosan geodeziya usullari bilan, yuqori aniqlikni talab etmaydigan hollarda esa kartometrik usullar bilan bajariladi.

Ekin maydonlari boʼyicha yer miqdorini hisobga olish bir va undan ortiq konturlardan iborat boʼlgan asosiy yer kadastri birliklari — yer uchastkalari doirasida yuritiladi. Barcha toifadagi ekin maydonlari hisobga olinishi kerak.
Qishloq xoʼjaligi toifasidagi yer maydonlari yer turlari boʼyicha yer kadastri maʼlumotlari tarkibida alohida qatlamda hisobga olinadi.

  1. Davlat yer kadastrining alohida qatlami shaklida, yer sifatini hisobga olish quyidagilarni oʼz ichiga oladi: tabiiy-qishloq xoʼjaligi va yer kadastri boʼyicha rayonlashtirish, yer tasnifi, ularni ekologiya, texnologiya va shaharsozlik belgilari va boshqa belgilar boʼyicha tavsiflash, tuproq va yerni guruhlarga ajratish.

Yerlarning oʼlchami, joylashgan oʼrni (koordinatalar katalogi bilan), toifasi va sifati holatiga oid qayd etiladigan maʼlumotlar yerni hisobga olish toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni tashkil etadi.

  1. Maʼmuriy-hududiy darajaning oshishiga qarab, yerni hisobga olish toʼgʼrisidagi maʼlumotlar uning koʼrsatkichlarining taqqoslanuvchanligiga rioya qilingan holda umumlashtiriladi.

  2. Turli maqsadlarga moʼljallangan yer uchastkalari holatini baholash yerlardan foydalanish samaradorligining hozirgi holati darajasini aniqlashga hamda kelajakda uni oshirish imkoniyatlarini tahlil qilish, asoslash, yer soligʼi va boshqa toʼlovlarni, uning normativ bahosini hisoblab chiqarish, yerlardan oqilona va samarali foydalanishni ragʼbatlantirish uchun amalga oshiriladi.

Barcha toifadagi yerlarni baholash ishlari tizimli ravishda amaldagi holat va baholash koʼrsatkichlari (erlarning har bir toifasi uchun oʼziga xos boʼlgan) yordamida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qishloq xoʼjaligi va oʼrmon xoʼjaligi maqsadlaridagi yerlar uchun ham tuproqning unumdorlik quvvati — tuproq boniteti boʼyicha qiyosiy baholash amalga oshiriladi.
Yerlarning qiymat bahosiga va tuproq bonitetiga doir maʼlumotlar yer bahosiga oid yer kadastri maʼlumotlarining alohida qatlamida tashkil etiladi.

  1. Yer uchastkasini davlat roʼyxatidan oʼtkazish, hisobga olish va baholashga doir asosiy va joriy maʼlumotlar yer kadastri maʼlumotlari majmuini tashkil etadi, ular har xil: alfavit — raqam (matn, jadval, koordinatlar va maydonlar roʼyxati) va grafik (reja, xarita, sxemalar) shakllarida qayd etiladi.

  2. Davlat kadastrlari yagona tizimida davlat yer kadastri maʼlumotlari asosiy qatlam hisoblanib, tuman (shahar)ning maʼmuriy-hududiy chegarasi doirasida yuritiladi. Har bir maʼmuriy-hududiy birlik chegarasidagi barcha yer uchastkalari chegaralari, ularning egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari tarkibi, shuningdek, chegaralarda boʼlgan oʼzgarishlar muntazam ravishda kiritib boriladi.

  3. Har bir maʼmuriy-hududiy darajada axborot tizimi orqali taqdim etiladigan yer kadastriga doir maʼlumotlar tarkibi va shakli Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

  4. Yer kadastriga doir maʼlumotlarning ishonchliligi uchun davlat yer kadastrini yuritish vazifasi yuklangan vakolatli organ masʼul xodimlari, shuningdek, yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar javob beradilar.


Download 51.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling