O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan


-BOB 2.1. Davlat yer kadastrini yuritish


Download 51.93 Kb.
bet3/14
Sana27.10.2023
Hajmi51.93 Kb.
#1728407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
KADASTR KURS ISHI

2-BOB
2.1. Davlat yer kadastrini yuritish
Umumiy qoidalar

  1. Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyundagi 389-son qaroriga

“Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom Davlat yer kadastrini yuritish tartibini belgilaydi.
Davlat yer kadastri yerlarni hisobga olish, yer uchastkalariga boʼlgan huquqlar kafolatlanishini taʼminlash, yerning tabiiy xossalarini, yerdan foydalanishni har tomonlama oʼrganish va baholash maqsadida yuritiladi.

  1. Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, yerlarning tabiiy, xoʼjalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qiymati, yer uchastkalarining oʼrni va oʼlchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar oʼrtasidagi taqsimoti toʼgʼrisidagi maʼlumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.

  2. Oʼzbekiston Respublikasining yer fondi davlat yer kadastri obʼekti hisoblanadi.

  3. Yer kadastri maʼlumotlarini ishlab chiqish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirish, tizimlashtirish, saqlash, yangilash hamda foydalanuvchilarga yer kadastri toʼgʼrisida ishonchli maʼlumotlar taqdim etish davlat yer kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Davlat yer kadastrini yuritish aerokosmik suratga olish, topografik-geodezik, kartografik, tuproq, agrokimyoviy, geobotanik tadqiqotlar va boshqa tadqiqotlar hamda izlanishlar olib borish, yerlarning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinishi va baholanishi, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʼlgan huquqlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish orqali taʼminlanadi.

  1. Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer toʼgʼrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer tuzilishini tashkil etish, yer uchun haq toʼlash miqdorlarini asoslash, xoʼjalik faoliyatini baholash uchun moʼljallangan.

  2. Quyidagilar davlat yer kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi: yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularga boʼlgan mulk yoki ijara huquqlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, servitutlarni va ushbu huquqlarga doir boshqa cheklashlarni hisobga olish; yer miqdorini hisobga olish;

yer sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash); yerni qiymat jihatidan baholash.

  1. Quyidagilar davlat yer kadastrini yuritishning asosiy printsiplari hisoblanadi:

respublikaning butun hududini qamrab olish;
fazoviy koordinatlarning yagona tizimini (WGS-84) qoʼllash;
yer kadastriga doir maʼlumotlarni ishlab chiqish uslubining birligi va
uzluksizligi; yer kadastri doir maʼlumotlarning ishonchliligi va tejamliligi.

  1. Davlat yer kadastri maʼlumotlari asosiy (birlamchi) va joriy turga boʼlinadi.

Birlamchi roʼyxatdan oʼtkazish vaqtida olingan maʼlumotlar va davlat yer kadastri birlamchi maʼlumotlarini tuzish asosiy maʼlumotlar hisoblanadi.
Davlat yer kadastri maʼlumotlarini qayta roʼyxatdan oʼtkazish va (yoki) oʼzgartirish jarayonida olingan maʼlumotlar joriy maʼlumotlar hisoblanadi.

  1. Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimi, boshqa davlat kadastrlarini monitoringini yuritish uchun fazoviy-huquqiy asos hisoblanadi.

Davlat kadastrlari yagona tizimiga davlat yer kadastriga oid kiritiladigan maʼlumotlarning tarkibi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʼrinlarda — Kadastr agentligi) tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi va Qishloq xoʼjaligi vazirligi bilan kelishiladi.

  1. Yer kadastri maʼlumotlaridan yer munosabatlarini tartibga solishda, yerdan foydalanish bilan bogʼliq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda foydalanilishi kerak.

  2. Davlat yer kadastrini yuritish ishlari Oʼzbekiston Respublikasining

Davlat byudjetidan, yer uchastkasiga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun toʼlovlar va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Download 51.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling