Nazorat savollari:
Jo‘valarning ushlab qolish qobiliyatini oshirish usullarini bilasizmi?
Jo‘valarni ushlab qolish quvvatidan to‘liqroq foydalanishga qanday erishish mumkin?
3-Amaliy mashg‘ulot
Metallni prokatlashda jo‘valar o‘qlariga ta’sir etuvchi kuchni hisoblash
Prokatlash jarayonida jo‘valarning o‘qlariga tasir etuvchi kuchni xisoblash. Kontakt yoyi bo‘ylab taqsimlanuvchi elementar kuchlarni ko‘rib chiqib, shuni xulosa qilish mumkinki, teginuvchi t ishqalanish kuchining ta’siri orqali aylanuvchi moment hosil bo‘ladi. p kuch bo‘lsa aylanuvchi moment hosil bo‘lmaydi, chunki ularning ta’sir etuvchi chiziqlari jo‘vaning markazidan o‘tadi.
Bochkali jo‘valarda aylanuvchi moment elementar maydon da
. (3.1)
Ishqalanish kuchining ilgarilab ketish va orqada qolish joylarini hisobga olib, bir dona jo‘va uchun to‘liq aylanuvchi momentni tashkil etadi.
. (3.2)
t ishqalanish kuchi va b polosa kengligi deformatsiya o‘chog‘i mobaynida doimiy bo‘lib qoladi, u holda integratsiyalashdan so‘ng
. (3.3)
Amontonning ishqalanish qonunini qo‘llaymiz ( , ilk bor V.F. Bayukov tomonidan tavsiya qilingan aylanuvchi moment formulasini olamiz.
(3.4)
(24.4) formula qo‘llanilishi cheklangan, kontakt yoyi bo‘ylab ishqalanish kuchi va bosimning bir tekisda taqsimlanishining taxminiga asoslanib xulosa qilingan. Bundan tashqari, (24.4) formula bo‘yicha hisoblashda neytral burchakni yetarli darajada to‘g‘ri aniqlash talab etiladi.
Nazorat savollari:
Jo‘valar o’qiga tasir qiluvchi aylanuvchi moment solishtirma ishqalanish kuchlari qanday aniqlanadi?
Polosa kengligi odatda qanaqa bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |