Funksiyalaming ko‘rinishi. Excel da funksiyalami yozishda quyidagi qoidaga rioya qilinadi, ya’ni oldin funksiya nomi, keyin, albatta, oddiy qavslar () ichida argumentlar yoziladi. Agar argumentlar soni bir nechta bo‘lsa, ular orasiga nuqtali vergul (;) belgisi qo‘yiladi. Argumentsiz funksiyalar uchun ham funksiya nomidan keyin qavslarning turishi shart. Maydon nomlari (ma- salan, A1A10) bitta argument sifatida qaraladi. Excel da funksiyalar argumentlar soniga qarab, uch xil ko‘rinishda bo‘ladi:
Argumentsiz funksiyalar — СЕГОДНЯ ().
Argumentlar soni oldindan aniqlangan — SIN (Al), OCTAT (A2;B2).
Argumentlar soni oldindan noma’lum (ixtiyoriy, lekin kamida bitta)- СУММ (B2;A5:A100), MAKC (A1;A2;A3).
Do'stlaringiz bilan baham: |