O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti
Download 0,63 Mb.
|
Islomjon 8
Excel da bare ha funksiyalar bajaradigan ishiga qarab, kate- goriyalarga bo‘lingan. Masalan, matematik, statistik, moliyaviy, mantiqiy, matn va boshqa kategoriyalar. Har bir kategoriya ichida o‘zining funksiyalari mavjud
4.42-rasmda bu funksiyalarning ayrimlarini qo‘llashga misol keltirilgan. Barcha formulalar birinchi kataklarda qo‘lda yozilgan va mos kataklar uchun ,,sichqoncha“ yordamida sudrash usulida hosil qilingan. Faqat 15-satrdagi formulalarda o‘zgartirishlar kiritil- gan. Chunki D15 katakdagi formula =СЧЁТ ЕСЛИ ($F$3:$F$10; ">70") bali 70 dan katta bo‘lgan barcha o‘quvchilar sonini beradi. Shuning uchun ham undan a’lochi o‘quvchilar 4.42-rasm. soni (C15) ayirilgan. Natijada faqat yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilar soni qoladi. Qolgan kataklardagi formulalar ham shunga o‘xshash. Misoldagi absolut adreslardan foydalanishga e’tibor bering. Quyidagi misolda (4.43-rasm) kvadrat tenglamani yechish uchun ЕСЛИ funksiyasini qo‘llash usuli keltirilgan. D5 katakdagi formula D4 katakdagi formuladan markerni sudrash yo‘li bilan hosil qilingan. U faqat ildiz oldidagi minus ishoraga farq qiladi. Rasmdagi dastur yordamida ixtiyoriy kvadrat tenglamani yechish mumkin. Buning uchun В ustunda koeffitsiyentlaming qiymatini berish kifoya. Bundan tashqari, Excel da tuzilgan dastur Excel ni bilmagan foydalanuvchilar uchun ham mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Buni mos tushuntirishlar yordamida amalga oshirish mumkin. Bunday imkoniyatlar Excel da mavjud. Funksiyalarni yozish usullari. Yuqorida biz funksiyalami qo‘lda yoki markerdan foydalanib, ,,sichqoncha“ yordamida sudrash yo‘li bilan yozishni ko‘rdik. Funksiyalami yozishda Excel ustasi (мастер функций^ап foydalanish mumkin.
Umuman, Excel da funksiyalarni kiritishda uning nomidagl barcha belgilarni yuqori registrga (bosh harflarga) o‘tkazadi. Shu- ning uchun ham funksiyalarda va formulalarda kichik harflariii yozish mumkin. Agar dastur kiritilgan matndagi harflarni bosh harflarga o‘tkaza olmasa, bu matnni funksiya deb tushunmaydi Demak, siz biror joyda xatoga yo‘l qo‘ygansiz. Мастер функций dan foydalanish. Excel da мастер функций funksiya va ularning argumentini kiritishni tezlashtiradi. Мастер функций dan foydalanish funksiyalar nomini to‘g‘ri yozish bilan birga, argumentlar ketma-ketligini ham to‘g‘ri tanlash imkonim beradi. Мастер функций ni chaqirish. Мастер функий ikki muloqotli oynadan tashkil topgan bo'lib, ular qadam- baqadam funksiyalarni to‘g‘ri kiritishni ta’minlaydi. Buning uchun: Формула yozilishi kerak bo‘lgan katakni belgilang. Вставка menyusidan Функция ni tanlang yoki formulalar satridan |jj|| ni yoki standart uskunalar satridan tugma- ni tanlagan (4.45-rasm) muloqot oynasiga o'tasiz, aks holda 4.44-rasmdagi darcha hosil bo‘ladi. Bu darchadan Другие функции bo‘limini tanlash 4.45- rasmdagi oynani ochadi. Darchada Excel da tez-tez foydalaniladigan funksiyalarning ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ularni tanlash Мастер функций keyingi muloqot oynasiga o‘tishni ta’minlaydi. Hatto standart asboblar panelidagi jxj (avto- summa)ni tanlash мастер функций ga kirmasdan birdaniga yig‘indini hisoblash imkoniyatini beradi. 4.45-rasmdagi muloqot oynasining Категория bo‘limidan funksiyaning qaysi bo‘limga tegishliligini tanlaysiz (4.2-jadvalda ba’zi bir funksiyalarning qaysi kategoriyaga tegishliligi ham keltirilgan). Natijada shu kategoriyaga tegishli 4.44-rasim. funksiyalarning ro‘yxati Выберите функцию bo‘limida hosil !io‘ladi (4.46-rasm). Muloqot oynasi birinchi ochilganda har doim bu bo‘limda oxirgi foydalanilgan 10 ta funksiyaning ro‘yxati luradi (4.45-rasm). Agar sizga kerakli funksiya shu ro‘yxatda bo‘lsa, funksiyani shu joydan tanlagan ma’qul, aks holda kerakli kategoriya o‘rnatilgandan so‘ng paydo bo‘ladigan funksiyalar ro'yxatidan tanlaysiz. Biror usulda funksiya tanlangandan so‘ng (4.46-rasm, СУММ) OK tugmasini yoki funksiya nomi iistida ,,sichqoncha“ning chap tugmasini ikki marta bosish kerak. Natijada shu funksiyaga tegishli muloqot oynasi hosil bo‘ladi (4.47-rasim) 4.45-rasim 4.46-rasim Shunga etibor berinki,ro’yhatlar oynasidan funksiya tanlanganda oynaning quyi qismida funksiya, uning argumentlar royhati va qisqacha tafsifi hosil bo’ladi. 4.47- rasim СУММ muloqot oynasining (4.47-rasm) Число!, Числ<>2 bo‘limlariga yig‘iladigan sonlar joylashgan adreslar (maydonlar) qo‘lda yoki ,,sichqoncha“ yordamida ko‘rsatilib yoziladi. BarcraJ adreslar ko‘rsatilgandan so‘ng OK tugmasini bosamiz. Natijiidu belgilangan katakda funksiya hosil bo‘ladi. Мастер функций ni yaxshiroq o'zlashtirish uchun u bilan ishlab ko‘rish kerak. Quyida мастер функций bilan ishlashdi kerak bo‘ladigan ayrim maslahatlar berilgan: Agar sizga tanlagan funksiyangiz haqida qo‘shimclia ma’lumot kerak bo‘lsa, ixtiyoriy paytda Справка tugmasini bosing. Agar siz yangi formula kiritishni boshlasangiz, Мастер функций tenglik belgisini avtomatik tarzda satr boshiga joylash tiradi. Мастер функций chaqirilganda, joriy katak bo‘sh bo‘l masa, undagi ma’lumotlar yo‘qoladi. Siz mavjud formulaga yangi funksiya kiritishda ham мастер функций dan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun funk siya kiritilgan joyga kursomi о‘mating va мастер функций ni chaqiring. Ikkinchi muloqot oynadagi (4.47-rasm) tahrir qiluvchi maydonlar soni siz tanlagan funksiyadagi argumentlar soniga bog‘liq. Argumentsiz funksiyalar uchun tahrir qilish maydoni hosil boimaydi. Argumentlar soni oldindan noma’lum bo‘lgan funksiyalar uchun, masalan, СРЗНАЧ (o‘rta arifmetik), Excel dasturi argumentlaming kiritilishiga qarab, yangi maydonlar hosil qilib boradi. Ro‘yxatdagi (4.44-rasm) funksiyalar juda ko‘p qo‘llangan- ligi tufayli Excel ixtirochilari undan foydalanishni juda ham soddalashtirishgan, deyarli avtomatlashtirilgan. Ulardan biror- tasi tanlanganda, Excel keltirilgan formulani tahlil qiladi va kataklar maydonini taqdim etadi. Bu maydon to‘g‘ri bo‘lsa (ko‘p hollarda shunday bo‘ladi), Enter tugmasini yoki ^ (yig‘indi) belgisini bosish yetarli. Agar Excel taqdim etgan maydon sizga to‘g‘ri kelmasa, shu joyda adreslami biror usulda o‘zgartirish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar Akademik litseylar uchun "Informatika" fanidan o’quv dasturi – T, 2011 y. Kasb –hunar kollejlari uchun "Informatika" fanidan o’quv dastur – T, 2011 y. Kasb – hunar kollejlari uchun "Axborot texnologiyalari" fanidan o’quv dasturi – T, 2011 y. Yuldashev U. Y.,oqiyev R. R., Zokirova F. M., "Informatika" – T, 2002 y. Abduqodirov A. A., Hayitov A., Shodiyev R. "Axborot texnologiyalari"– T, 2002 y. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. –T. : O’zbekiston, 1997 yil. Фигурнов В.Э. IBM PC для пользовател. 7-изданиеюМ-: Инфра-М. 1998. Закирова Ф.М. Основы нформатики и вычислительной техники. М. 2000. Сайдалимова Ф.Ю Спивак А. Интернет/компьютер. №18, 1999. A. Axmedov, N. Taylaqov. Informatika. Toshkent, «O’zbekiston», 2001 yil. Raxmonqulova S. I. IBM PC shaxsiy kompyuterlarida ishlash. T.: NMK «Sharq» - INSTAR, 1996 yil. Download 0,63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling