Zaruriy ashyolar: Rasm daftar, qalam va ruchka
Vosita, jihoz, qurilma: Mavzuga doir rasmi, plakatlar, vaqtinchalik va doimiy preparatlar
Ishni bajarilishi: 1.Kuzatganlaringizni rasm daftarga tushiring. 4. Hulosalaringizni qayd qiling.
Nazariy va amaliy tushunchalarni egallash uchun savollar:
1. Nekroz nima? 2. Odamning barcha hujayralari qancha vaqtda to’liq yangilanadi?
3. Katabioz va nekrozni izohlang?
14-MAVZU: APOPTOZ
Asosiy maqsad: Apoptoz hodisasini o’rganish
Vazifalar: Apoptoning ahamiyati
Nazariy tushuncha: Hujayralarning 2 chi nobud bo‘lish usuli- apoptoz organizm boshqaruvi ostida bo‘lib bunda o‘layotgan hujayralar sitokinlarni ishlab chiqarmaydi. Ma’lumki DNK miz qo‘sh zanjirdan tuzilgan. Organizmda vaqti vaqti bilan
DNK zanjirida uzilishlar xosil bo‘lib turadi. Uzilishlar sababi turli stress xolatlaridir. Uzilishlar bitta zanjirda bo‘lib uzilgan joy 2 chi zanjirdagi shu joyga qarab tuzatiladi. YA’ni uzilgan DNK bo‘lagi sog‘ining oldiga kelib undan nusxa ko‘chiradi.Bunday uzilishlar sog‘ hujayralarda yuqori samaradorlik bilan tuzatiladi. Lekin ba’zan uzilish joyida uning dupleksi –kopiyasi uchramaydi. Natijada DNK sida bunday uzilishlari bo‘lgan hujayralar kasal nasl beradi va hujayralarning nobud bo‘lishiga olib keladi. SHish hujayralari DNK sida anashunday uzilishlar yuzaga kelib ular tiklanmasligi natijasida hujayralar mutant onkogenlar yuzaga keladi. Bunday hujayralar tashqi signallarni eshitmaydi, faqat ichidagi kasal genlar berayotgan noto‘g‘ri signallarni qabul qiladi. Bunday hujayralar 10% tashkil etsa ularning nekrozi organizmni yara bitiruvchi mexanizmi ishga tushadi va bu hujayralarning bo‘linishini stimullay boshlaydi. SHu tariqa o‘sma kattalashadi. Qon oqimiga shunday hujayralarning 1 si tushib qolsa u qon bilan boshqa a’zolarga etib borib u erda shish rivojlanadi(metastaza).
Zaruriy ashyolar: Rasm daftar, qalam va ruchka
Do'stlaringiz bilan baham: |