O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Matematika va Informatika fakulteti Informatika o'qitish metodikasi yo'nalishi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Zafarjan Ismatov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 – bosqich Qiyosiy tahlil.
- Ish uchun predmet soha
- Klaster metodi. Metod bayoni
2 – bosqich tushuncha tahlili.
Quyidagilarning tarifini keltiring? 1.O’zgaruvchilar tasnifi - ……? 2.Obyektlar bu - …….? 3.Bog’lovchilar- …….? 4.Tsikl operatorlari - …….? 5.vorisliklar - ……..? 3 – bosqich Qiyosiy tahlil. Algorithimda masalalarni tartiblashda qaysi sort() operatorlari ahamiyatli? 4 – bosqich Amaliy ko’nikma. 1 - variant Ish uchun predmet soha: O’zgaruzchilar. Minimal satr xarakteristikasi: To’rtburchakning ikki tomoni, kvadratning yuzi, talaba ismi, talaba yoshi. 2 – variant Ish uchun predmet soha: Ro’yxatlar. Minimal satr xarakteristikasi: Talabalar ro’yxati, Fanlar ro’yxati, Baholar ro’yxati, yiqilganlar ro’yxati, 3 – variant Ish uchun predmet soha: Lug’atlar. Minimal satr xarakteristikasi: O’zbekcha – Turkcha lug’at, O’zbekcha – Englizcha lug’at. 4 – variant Ish uchun predmet soha: Satrlar. Minimal satr xarakteristikasi: Ism, Familya, Sharifi, Yashash manzil, O’qish joyi. 5 – variant Ish uchun predmet soha: Tsikl. Minimal satr xarakteristikasi: Summani hisoblash, Toq sonlarni topish, Ro’yxatni isascii ga tekshirish. 5 - metod: Klaster metodi. Metod bayoni: Ushbu metod o’quvchi-talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishga qaratilgan. Biron-bir mavzuni chuquroq o’rganishdan oldin o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi. Klasterlarga ajratish- o’quvchilarga biror-bir mavzu to’g’risida erkin va ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu usul ko’p variantli fikrlashni o’rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o’rtasida aloqa o’rnatish malakalarini rivojlantiradi. «Klaster» so’zi “g’ujm”, “bog’lam” ma`nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da`vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi fikralashni rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. U asosan yangi fikrlarni uyg’otish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo’lib, muayyan mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Biror mavzu bo’yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal o‟rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofikdir. Klaster tuzish ketma-ketligi: 1. Katta varag’ qog’ozning o’rtasiga yoki sinf doskasiga yoxud yozish uchun foydalanish mumkin bo’lgan sathga «kalit» so’z yoki gap yoziladi; 2. Shu mavzuga tegishli deb hisoblangan va hayolga kelgan so’z va gaplar yoziladi; 3. Fikrlar paydo bo’lganda va ularni yozganda fikrlar o’rtasida mumkin bo’lgan bog’lanishlarni belgilash; 4. Fikrlar tugamaguncha yoki vaqt tamom bo’lgunicha xayolga kelgan barcha fikrlar yozilaveradi; 5. Keltirilgan so’z va fikrlar mazmuni va yaqinligiga qarab toifalarga ajratib chiqiladi. Klaster tuzishda guruhdagi barcha o’quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh uchun g’oyalar o’zagi bo’lib xizmat qiladi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling