O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Matematika va Informatika fakulteti Informatika o'qitish metodikasi yo'nalishi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana08.02.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1178281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zafarjan Ismatov

Klaster metodi. Klaster (g’uncha, bog’lam) metodi pedagogik, didaktik 
strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u o’quvchilarga ixtiyoriy muammo 
(mavzu)lar xususida erki, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bayon etish uchun 
sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi 
aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
“Klaster” metodi puxta o’ylangan strategiya bo‟lib, undan o’quvchilar bilan 
yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida 
foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda 
o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan g’oyalarnng majmui tarzida namoyon 


bo’ladi. Bu esa ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtrish va ular o’rtasidaga 
aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. 
Metod bayoni haqida: 
Klaster metodidan foydalangan holda Photoshop mavzusini tanlab oldim, 
Bu mavzu o’rtaga joylashtiriladi O’quvchi esa mavzuga oid atamalarni joylashtirib 
chiqadi, atamalar soni cheklanmagan, talab faqat mavzuga oid atama. 
 Mavzu: Grafik dasturlar, Photoshop dasturi. 
Metod qo’llanilishi:
 
Metod natijasi: 
 


6 – metod:  SWOT tahlili. 
Metod bayoni: 
SWOT metodi Python dasturlash tili mavzu orqali ifodalandi o’quvchi 
dasturlash tilining kuchli, zaif, imkoniyatlar va xavflar bo’limiga oid 
ma’lumotlarni aniq va ravshan qilib to’ldirishi kerak. 
Mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali 
muammoni hal etish yo’llarini topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, 
baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga 
xizmat qiladi.
Siz o‘z loyihangiz g‘oyasini aniqlaganingizdan keyin, uni tahlil qilishingiz kerak. 
Ya’ni kuchli va zaif tomonlarini, imkoniyat va xavflarini aniqlashingiz lozim. Bu 
bir qarorga kelishingiz va rejalashtirishingizni osonlashtiradi. 
Masalan, loyihangizning kamchiliklari, afzalliklari yoki loyiha oldida qanday 
xavflar bo‘lishi mumkinligini oldindan aniqlashda “SWOT” tahlili sizga yordam 
beradi. Shu bilan birga, tahlil orqali aniqlangan muammolarga oldindan ta’sir 
qilishingiz mumkin bo'ladi. 
"SWOT” tahlilini oson tushunish uchun uni 4 katakli jadvalda namoyish etamiz. 
Tepadagi ikki katakda kuchli tomonlar va zaif tomonlar ifodalangan va ular ichki 
omillar deb ataladi. Pastdagi ikki katakka imkoniyatlar va xavflar qo‘yilgan va ular 
tashqi omillar deb ataladi. 


“SWOT” tahlili quyidagi savollarga javob topishda qo‘l keladi: 

Ushbu loyihani amalga oshirishda o‘zingiz yoki tashkilotingizning kuchli 
tomonlari yoki farqli afzalliklari nimada? 

O‘zingiz yoki tashkilotingizning zaif va nozik tomonlari nimada? 
Aniqlangan kamchiliklar orasida qaysi birini birinchi o‘rinda bartaraf etishga 
harakat qilishingiz kerak? 

Loyihaning samarali amalga oshishi uchun qanday imkoniyatlar mavjud? 

Loyihani amalga oshirishda qanday to‘siqlar va xavf-xatarlar bo‘lishi 
mumkin? Ularning oldini olish uchun nima qilish kerak? 
Mavzu: Python Dasturlash tili imkoniyatlari. 

Python dan 
foydalanishning kuchli 
tomonlari 

Python dan 
foydalanishning kuchsiz 
tomonlari. 

Python dan 
foydalanishning 
imkoniyatlari (ichki) 

To’siqlar (tashqi) 



Python dan 
foydalanishning kuchli 
tomonlari 
Python dasturlash tili Web dasturlash, Data 
Science, Suniy intellect va Mashina tili kabi 
bir qancha sohalarni o’z ichiga jamlab olgan 
bo’lib dastur yozish jarayoni ham oson va 
sodda kod yozish orqali amalga oshadi. 
Boshqa dasturlash tillaridagi kabi ortiqcha 
qiymatlarni kiritishni talab qilmaydi. 

Python dan 
foydalanishning kuchsiz 
tomonlari. 
C, C++ va C# kabi dasturlash tilariga 
nisbatan sekinroq ishlashdi. 

Python dan 
foydalanishning 
imkoniyatlari (ichki) 
Python zamonaviy dasturlash tili bo’lganligi 
uchun O’zida juda ko’p Standart 
kutubxonalarni jamlagan, Python ko'plab 
ma'lumotlar ustida ko'plab amalarni amalga 
oshirish mumkin. Hozirgi kunda 
ma'lumotlarni barchasi raqamli bo'lib bo'ldi 
endi ularni tartibga solish, ular ustida amalar 
bajarish kerak.Bu uchun pythonda "Numpy" 
va "Pandas" kabi kutubxonalar bilan amalga 
oshiriladi.Python shuningdek jadval, 
matritsa va statistik ma'lumotlar bilan ham 
ishlaydi bularni amalga oshirish uchun 
"Matplotlib" va "Seaborn" kabi mashhur 
kutubxonalar bor. 

To’siqlar (tashqi) 
Python OOP dasturlash tili shu boisdan 
ayrim yozilgan kodlar murakkablashib 
ketishi va tuzilgan dastur noto’g’ri ishlashi 
tufayli suniy intellect boshqa rejimda ishlay 
boshlashi. 



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling