O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti «tasdiqlandi»
O‘zbekistonning davlat standartlashtirish tizimi
Download 1.98 Mb.
|
Ma\'ruza matn ICHMT
6.2.O‘zbekistonning davlat standartlashtirish tizimi. Standartlashtirishning texnika taraqqiyotidagi rolini oshirish, mahsulotning sifati va raqobatga bardoshliligini hamda uning tejamliligini oshirish uchun Davlat standartlashtirish tizimi ( 0 ‘zDST) joriy etilgan boiib, u standartlashtirish maqsadlari va vazifalanni belgilaydigan o‘zaro bir-biriga bogiiq boigan qoidalar, talablar majmuini, standartlashtirish organlari va xizmatlari tuzilishini, ulaming xalq xo‘jaligining hamma sohalaridagi huquqlari va majburiyatlarini o‘z ichiga qamrab oladi. U me’yoriy hujjatlaming rejalashtirilishi, ishlab chiqilishi, kelishilishi, tasdiqlanishi, davlat ro‘yxatidan oikazilishi tartibini, ularni tekshirish, bekor qilish, qaytadan ko‘rib chiqish, ularga o‘zgartirishlami kiritish tartibini;
mahsulotlami ishlab chiqarish, xizmatlami ko‘rsatish, tashish, saqlash, sotish, ta’mirlash, foydalanish, utiHashtirishning me’yoriy ta’minotini, me’yoriy hujjatlaming ilmiy-texnik darajasining ekspertizasi va baholanishini o'tkazish uslublarini, xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy, xorijiy standartlarning qo‘ IlaniJishi usullari va shu kabilarni belgilaydi. o‘zDSTning asosiy qoidalari Uzbekistonda standartlashtirish bo‘yicha ishlaming tashkil etilishi vao‘tkazilishiganisbatan umumiy qoidalarni belgilaydi va me’yoriy hujjatlar majmuida asosiy qoidalar bo‘lib hisoblanadi. Me’yoriy hujjatlaming quyidagi belgilari belgilangan: a) Davlat miqyosida: o‘zbekiston davlat standarti - o‘zDSt Umumdavlat klassifikatori - o‘zDT o‘zbekistondarahbarlik qiluvchi hujjat - o‘zRH ‘zbekiston tavsiyanomalari - o‘zT b) Tarmoq miqyosida: d) tarmoq standarti - TSt e) tarmoq klassifikatori - TT f) texnik shartlar - TSh g) rahbarlik qiluvchi hujjat -RH h) tavsiyalar - T i) Ma’muriy-hududiy miqyosda: ma’muriy-hududiy standart - MHSt rahbarlik qiluvchi hujjat - RH tavsiyalar - T j) Korxona miqyosida: texnik shartlar - TSh korxona standarti - KSt Barcha miqyoslardagi me’yoriy hujjatlaming ifodalanishi hujjat matnining tilidan qatiy nazar lotin yozuviga asoslangan davlat tilida amalga oshiriladi va quyidagicha ifodalanadi: o‘z - 0 ‘zbekiston ( 0 ‘zbekiston) D - Davlat (davlat) T - Tasniflagich (klassifikator), Tarmoq (tarmoq), Tavsiyanoma (tavsiyalar) R - Rahbarlik (rahbarlik) H - Hujjat (hujjat), Hududiy (hududiy) Sh - Shart (shart) K - Korxona (korxona) M - Ma’muriy (ma’muriy) St - Standart (standart) Davlatlararo standartning (GOST) rus tilidagi lfodasi saqlab qolinadi. 1.3. O‘zbekiston Respublikasida Texnologik hujjatlarni (TX) ishlab chiqish va maxsulotni ishlab chiqarishga qo‘yish tizimi. MSKT – mahsulotning bir turli guruhlari va muayyan turlari sifati ko‘rsatkichlarining nomenklaturasini, shuningdek mahsulot sifati ko‘rsatkichlari mezonlari va nomenklaturasining qo‘llanish doirasini o‘rnatkvchi standartlar majmui. MSKT mashinasozlik, engil va oziq-ovqat sanoati, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi tarmoqlarini qamraydi va umumiy qoidalar va me’yorlarni; atamalar va ta’riflarni; sifat ko‘rsatkichlarining nomenklaturasini; sinash metodlarini o‘rnatadi. Jami 290 GOST, 1 O’z DSt. 4 sinfiga kiradi. Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi hukumati qabul qilgan qonnular, qarorlarga muvofiq tuziladi. Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha standartlashtirish uchta kompleks standartlashtirishdan tashkil topgan. Bular GOST tizimida 12 kod bilan belgilangan “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST)”, 17 kod bilan belgilangan “Tabiatni muhofazalash va tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash sohasidagi standartlar tizimi (TMST)” va 22 kod bilan belgilangan “Favqulotda holatlarda xavfsizlik (FHX)” tizimlaridan iborat . ishlab chiarishda va turmushda insonlarning sog‘lig‘ini muhofazalash maqsadida avariya va baxtsiz holatlarni oldini olish bo‘yicha muhim ijtimoiy vazifani bajaradi. Unda 350 dan ortiq standartlar mavjuddir. Bu tizim dorasida mehnat xavfsizligi bo‘yicha barcha mavjud me’yoriy va me’yoriy-texnikaviy hujjatlarni, shuningdek tarmoq uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha ko‘plab me’yor va qoidalarni tizimlashtirilishi va o‘zaro aloqadorlikda amalga oshiriladi. MXST o‘zida mehnat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ko‘pdarajali o‘zaro aloqador standartlar tizimini namoyon etadi. MXST tizimi (GOST 12.0.001 standati bo‘yicha) quyidagi guruhlardan tarkib topgan: 0 – Tashkiliy-uslubiy standartlar; 1 – Xavfli va zararli ishlab chiqarish faktorlarining turlari bo‘yicha talab va me’yorlariga standartlar; 2 – Ishlab chiqarish qurilmalariga xavfsizlik talablari standartlari; 3 – Ishlab chiqarish jarayonlariga xavfsizlik talablari standartlari; 4 – Ishchilarning himoya vositalariga talablar standartlari. “0” guruhi standartlari quyidagilarni o‘rnatadi: - mehnat xavfsizligi sohasida standartlashtirishning tashkiliy-uslubiy asoslarini (tizimning maqsadi, vazifasi va tuzilmasi, MXST standartlarini joriy qilish va rioya etilishi ustidan nazorat, mehnat xavfsizligi sohasidagi atamalar, ishlab chiqarishning xavfli va zararli faktorlarini sinflanishi va h.k.);mehnat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ishlarni tashkillashtirishga (qoidalar) talablar (ishlovchilarni mehnat xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish, xodimlarni attestatsiyalash, mehnat xavfsizlik holatlarini baholash usullari va h.k.). “1” guruh standartlari quyidagilarni o‘rnatadi: - ishlab chiqarishning xavfli va zararli faktorlarining turlari bo‘yicha talablarni, ularning parametrlarini ruxsat etilgan qiymatlari va tavsiflarini; - ishlab chiqarishning xavfli va zararli faktorlarining me’yorlanadigan parametrlari va tavsiflarini nazorat qilish usullarini; - ishlovchilarni ishlab chiqarishning xavfli va zararli faktorlaridan himoyalash usullarini. “2” guruh standartlari quyidagilarni o‘rnatadi: - ishlab chiqarish qurilmalariga xavfsizlikning umumiy talablarini; - ishlab chiqarish qurilmalarining alohida guruhi (turi)ga xavfsizlik talablarini; - xavfsizlik talablarining bajarilishini nazorat qilish usullarini. “3” guruh standartlari quiydagilarni o‘rnatadi: - ishlab chiqarish jarayonlariga xavfsizlikning umumiy talablarini; - texnologik jarayonlarning alohida guruhi (turi)ga xavfsizlik talablarini; - xavfsizlik talablarining bajarilishini nazorat qilish usullarini. “4” guruh standartlari quyidagilarni o‘rnatadi: - himoya vositalarning turlari va xillari hamda alohida sinflariga talablarni; - himoyalash vositalarigi tekshirish usullarini; - himoyalash vositalarining sinflanishini. Mehnat xavfsizligi sohasidagi standartlashtirish xalq xo‘jaligining barcha darajadagi boshqaruvlarini qamrab oladi. Bundan tashqari barcha toifadagi standartlarda va materiallar, moddalar, ishlab chiqarish qurilmalarining texnik shartlarida hamda ishlab chiqarish jarayonlari, binolari, inshoatlari agarda ular xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining manbalari bo‘lib hisoblansa, “Texnika xavfsizligi” bo‘lim alohida holda majburiy ravishda bajarilishi nazarda tutilgan. Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi korxonalarda MXST standartlari asosida MXST standartlarini ishlab chiqish, nazorat qilish va rioya qilish, ishlarni tashkillashtirish tartibi hamda mehnat xavfsizligi bo‘yicha boshqa me’yoriy hujjatlar, yong‘in va portlash xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish tartibini belgilovchi mehnat xavfsizligi bo‘yicha korxona stadartlari ishlab chiqiladi. MXST standartlari talablari va me’yorlari majburiy ravishda barcha turdagi konstruktorlik, texnologik, loyiha hujjatlariga hamda mehnatni muhofazalash bo‘yicha yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarda keltiriladi. MXST standartlarining asosiy qoidalari davlat standartlashtirish tizimining tarmoq standartlarida keltirilgan. Ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi, jarayonlar, mahsulotlar va xizmatlarning xavfsizligi hozirgi vaqtda ishlab chiqarish ob’ektlarini majburiy sertifikatlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham MXSTning standartlari majburiy sertifikatlashtirish tizimining asosiy me’yoriy bazasi bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro standartlashtirishda xavfsizlik masalalariga katta e’tibor qaratiladi. ISO va IEC tashkilotlari xavfsizlik talablari keltirilgan xalqaro standartlarni qo‘llash yo‘li bilan xavfsizlikni ta’minlashga intilishadi. Bular faqat xavfsizlik talablaridan yoki boshqa texnikaviy talablar bilan bir qatorda xavfsizlik talablaridan tarkib topgan standartlar bo‘lishi mumkin. Xavfsizlik standartlarini tayyorlashda mahsulotning har bir tavsifi bo‘yicha xavfsizlikni o‘rnatish usullari va atrof-muhit, insonga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan standartlashtirish ob’ektlari tavsiflari sifatini aniqlanadi. Ammo xavfsizlik sohasida standartlashtirishning asosiy maqsadi turli xildagi xavflardan saqlanishni qidirishdan iborat. Masalan, IEC tashkiloti quyidagi faoliyat sohalarida: jarohat xavfizligi, elektrtoki urishi xavfi, texnik xavf, yong‘in xavfi, portlash xavfi, kimyoviy xavf, biologik xavf, qurilmalardan nurlanish xavflari (tovush, infraqizil, radiochastotali, ultrabinafsha, ionlashuvchi, radiatsion va h.k.) masalalari bo‘yicha faol shug‘ullanuvchi tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. Tabiatni muhofazalash va tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash sohasidagi standartlar tizimi (TMST) o‘zida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qayta tiklash va ularni saqlashga yo‘naltirilgan o‘zaro aloqador standartlar majmuasini namoyon etadi. Tabiatni muhfazalash (GOST 17.0.0.01 standarti bo‘yicha) – bu inson sog‘lig‘i va tabiatga jamiyat faoliyati natijalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita zararli ta’sirlarni olidini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiiy boyliklarni saqlash va qayta tiklashni ta’minlovchi, atrofdagi tabiiy muhitni va inson faoliyatining o‘zaro faliyatini muvofiqligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimidir. Bu tizim ekologik, sanitar-gigienik, texnik va iqtisodiy talablar hisobga olingan amaldagi qonunchilikga muvofiq ishlab chiqiladi. Nazorat savollar. 1.Standartlashtirish tizimi haqida tushintiring. 2.O‘zbekistonning davlat standartlashtirish tizimi haqida tushintiring Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling