O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti «tasdiqlandi»
Ma\'ruza matn ICHMT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra mudiri: dost v.b G‘M.SHertoyloqov
- Fakultet o‘quv–uslubiy kengash raisi: prof. J.A.Hamidov
- “Ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti”
- Ishlab
- 1-maruza : Mahsulotlar sifatini boshqarish tizimida metrologik
Mamatqulov Sh.J.
|
“Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi assistenti |
“Metrologiya va standartlashtirish” fanidan maruzalar matni “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi majlisida 2022 yil 18-iyundagi № 30–sonli bayonnoma bilan muhokama etildi va fakultetning o‘quv–uslubiy kengashiga tasdiqlashga tavsiya etildi.
Kafedra mudiri: dost v.b G‘M.SHertoyloqov
“Metrologiya va Standartlashtirish” fanidan maruzalar matni “SERVIS” fakultetining o‘quv–uslubiy kengashi tomonidan 2022 yil 22-iyundagi № 11–sonli bayonnoma bilan ko‘rib chiqildi va institutning Ilmiy–uslubiy kengashiga tasdiqlashga topshirildi.
Fakultet o‘quv–uslubiy kengash raisi: prof. J.A.Hamidov
Jizzax politexnika instituti
ilmiy yslubiy kengash raisi
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori: dots.G`.Egamnazarov
«____» _____2022-yil
KIRISH
E’tiboringizga havola etilayotgan “Ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti” fani bo‘yicha ma’ruzalar matni to‘plami tayanch
oliy o‘quv yurti (TDTU) tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy dastur asosida
yozilgan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarining texnika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim
olayotgan bakalavrlar uchun o‘quv qo‘llanma sifatida mo‘ljallangan, undan ilmiy-
texnik va muhandis xodimlar, magistrlar, tadqiqotchilar ham foydalanishlari
mumkin. Shuningdek, mazkur ma’ruzalar matni to‘plami Oliy o‘quv yurtlarida
hamda o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarida dars beruvchi o‘qituvchilar uchun ham
foydali deb hisoblaymiz.
“Ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti” fani
bo‘yicha ma’ruzalar matnida hayotimizning barcha jabhalarida, xalq xo‘jaligining,
sanoatning barcha tarmoqlari uchun o‘ta zarur bo‘lgan, metrologiya haqidagi asosiy
tushunchalar va ta’riflar, o‘lchash, o‘lchov va kattaliklar, o‘lchash vositalari,
o‘lchashdagi xatoliklar, metrologiya xizmati va metrologik ta’minot, standartlashtirish hamda uning davlat tizimi, sertifikatlashtirish, sifat tizimlari va
sifat boshqaruvi kabi masalalari xususida etarli va zarur ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu ma’ruzalar matni to‘plami mohiyatan hozirgi kunlarda respublikamizdagi ta’lim va iqtisodiyot borasidagi rivojlanish va o‘zgarishlami
hisobga olingan holda yaratildi.
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani uzoq tarixga ega
bo‘lishi bilan bir qatorda, ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan iqtisodiyotning barcha
tarmoqlariga xos bo‘lgan, doimiy ravishda va uzluksiz tarzda rivojlanishda
bo‘luvchi fanlar turkumiga kiradi.
O‘zbekistonimiz juda boy va ko‘hna madaniy va ma’rifiy meroslarga ega.
Ushbu meros G‘arb falsafasini shakllanishida, buyuk olimlami va allomalami
muvaffaqiyat qozonishlarida munosib o‘rin egallagan. Bundan tashqari
respublikamiz “Buyuk ipak yo‘li” asosiy tomirida joylashganligi va yirik savdo
markazlariga ega boiganligi sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishida
alohida ahamiyat kasb etgan. Vatanimizda ilk ilmlarini shakllantirgan buyuk
allomalaming hozirda ham ahamiyatli kashfiyotlari va ilmiy yutuqlari jahon fanlari
taraqqiyotida munosib o‘rin egallagan. G‘G‘arbda Alfraganus nomi bilan tanilgan
Ahmad Farg‘oniyning Nil daryosining sathini o‘lchash uchun mo‘ljallangan
“Miqyosi Nil” qurilmasi, mashhur Ulug‘bekning oddiy va sodda o‘lchash asboblari
bilan o‘ta yuqori aniqlikda tuzilgan “Yulduzlar jadvali”, ensiklopedist olim
Beruniyning moddalar tarkibini aniqlash borasidagi ulkan yutuqlari va hokazolar
(sanab tugatishimiz mushkul) shular jumlasidandir.
Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor
munosabatlarini shakllantirishga kirishishda eng avvalo, uning strategik maqsadlari
belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida “raqobatbardosh mahsulotlami ishlab
chiqarishni ta’minlash” alohida ta’kidlab o‘tilgan. Iqtisodiy islohotlaming ustivor
sanalgan yo‘nalishlarida ham quyidagilami ko‘rishimiz mumkin:
1-ma'ruza : Mahsulotlar sifatini boshqarish tizimida metrologik
ta’minotning o‘rni va ahamiyati.
Reja:
1.Sifatni boshqarish raqobatchilikda korxona muvaffaqiyat qozonishining omili sifatida
2.Sifatni oshirishning ahamiyati
3. Mahsulot sifatini oshirish.
Sifatni boshqarish raqobatchilikda korxona muvaffaqiyat qozonishining
omili sifatida
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga
tubdan boshqacha talablami qo‘yadi. Bu hozirgi vaqtda har qanday firmaning
yashab qolishi, tovar va xizmatlar bozoridagi barqaror holati uning
raqobatbardoshlik darajasiga ko‘ra belgilanishi bilan bog‘liq. 0‘z navbatida,
raqobatbardoshlik ikkita ko‘rsatkich - mahsulot narxining darajasi va sifatining
darajasiga bog‘liq bo‘lib, bunda ikkinchi ko‘rsatkich o‘z ahamiyatiga ko‘ra mehnat
unumdorligi, resurslaming barcha turlarini tejash ko‘rsatkichlaridan o‘zib ketib,
asta-sekin birinchi o‘ringa chiqmoqda.
Sifat raqobatbardoshlik omili sifatida butun milliy iqtisodiyotga tarqaladi. U
resurslardan oqilona foydalanishga yordam beradi. Bundan tashqari, mahsulot
sifati - bu korxona faoliyatining muhim ko‘rsatkichi.
Download 1.98 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling