O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti «tasdiqlandi»
Ma\'ruza matn ICHMT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Maruza. O‘lchov vositalarini qiyoslashni tashkil etish.
- «FOYDALANISH TAQIQLANADI»
o‘lchov vositasi (O‘V)
|
|
o‘lchov jarayonini bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘lchov vositalari, dasturiy vositalar, etalonlar, standart namunalar yoki yordamchi apparatura yoki bulardan tuzilgan majmua. Bu atama sinov va tekshirish vaktida qӯllaniladigan o’lchov qurilmalarini ham o’z ichiga oladi. |
O‘lchov asbob-uskunalari o‘lchash jarayonlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘lchov vositalari, dasturiy vositalar, etalonlar, standart namunalar yoki yordamchi aparaturalar yoki bulardan tuzilgan majmua. Bu atama sinov va sertifikatlashtirish vaqtida qo‘llaniladigan o‘lchov qurilmalarini hamda o‘z ichiga oladi.
Metrologik tavsif- o‘lchashlar natijalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan farqlovchi xususiyat.
Metrologik xizmat- o‘lchashlarni boshqarish tizimini aniqlash va joriy etishga ma’suliyatli bo‘lgan tashkiliy tuzilma.
O’lchash jarayoni- kattalikning qiymatini aniqlash uchun bajariladigan operatsiyalar majmui.
Verifikatlash- Belgilangan talablarning bajarganligini ob’ektiv dallillar keltirish yo‘li bilan tasdiqlash.
Yaroqlilikni metrologik tasdiqlash- o‘lchash asbob uskunasining o‘z vazifasini qondiradigan talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan operatsiyalar majmui.
Izoh; Yaroqlilikni metrologik tasdiqlash odatda kalibirlash yoki verifikatlashni (tekshirish), zarur bo‘lgan har qanday yustirlash (ulchov vositasini kalibrlashga tayyorlash) yoki ta’mirlashni va keyinchalik qayta kalibrlashni, asbob uskunadan muljallangandek foydalanish uchun metrologik talablarni tasdiqlash bilan taqqoslashni, shuningdek talab etilgan har qanday plombalash va markalashni (identifikatlashtirishni) o‘z ichiga oladi.
Maskur protsedura hujjatida qo‘llaniladigan atamalar va tariflar ISO 9001 standartiga mos.
1 Korxona o‘lchov vositalarini boshqarish uchun javobgar shaxs tomonidan korxonada mavjud bo‘lgan nazorat va o‘lchov vositalarini ro‘yxati olib boriladi. Ro‘yxat STPH-10-SH1 shaklida tuziladi va korxona direktori tomonidan tasdiqlanadi. Korxonaga yangi o‘lchov vositalari keltirilganda (xarid qilinganda) ular ro‘yxatga kiritilishi zarur.
2 O‘lchov vositalarini boshqarish uchun javobgar shaxs o‘lchov vositalarini qiyoslash natijalarini ro‘yxatga olish jurnalini
(STPH-10-SH2) bo‘yicha ro‘yxatga oladi.
3 Barcha o‘lchov vositalari tegishli tartib raqamlari bilan identifikatlashtirilishi kerak ( identifikatsiiyalash yorlig‘ida priborni inventar yoki tartib raqami, qiyoslangan sanasi va kelgusi qiyoslov sanasi ko‘rsatilishi mumkin) (STPH-10-SH3).
4 Nazorat va o‘lchov vositalarini qiyoslanganligini va identfikatlashtirilganligini maqomi quyidagi qaydlar bilan aniqlanadi;
- qiyoslanganligi to‘g‘risida muhr (kleymo);
- qiyoslash plombasi;
- qiyoslanganligi to‘g‘risida sertifikat (guvoxnoma);
- yaroqsizligi to‘g‘risida xabarnoma.
5 Nazorat o‘lchash vositalarini navbatdan tashqari qiyoslashni qo‘yidagi hollarda amalga oshiriladi.
- nazorat va o‘lchash xatoliklarini belgilangan chegaralardan tashqariga chiqishi aniqlanganda;
- joriy yoki navbatdan tashqari ta’mirlash o‘tkazilganda sung;
- buzilganda, yoki nazorat va o‘lchov vositasi qiyoslangani identifikatsiyasi yuqolganda;
.6 Navbatdan tashqari qiyoslash o‘lchov vositalarini boshqarish uchun javobgar shaxs tomonidan belgilanadi.
5.Maruza. O‘lchov vositalarini qiyoslashni tashkil etish.
1 O‘lchov vositalarini qiyoslash «O‘zstandart” agentligining idoralarida yoki ushbu ishlarni olib borish huquqiga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Xar yil oxirida O‘V bo‘yicha ma’sul mutaxassis tomonidan O‘V larini navbatdagi davlat metrologik ko‘rigidan o‘tkazish rejasi STPH-10-SH4 asosida tuziladi. O‘V larning davlat metrologik ko‘rigidan o‘tkazish rejasi korxona raxbari tomonidan tasdiqlanadi. Korxonada mavjud o‘lchash vositalari Respublika Metrologik xizmatlar ko‘rsatish markazidan o‘tkaziladi.
2 Tasdiqlangan rejaga asosan nazorat va o‘lchov vositalarini qiyoslovdan o‘tkazilgandan sung o‘lchov vositalarini boshqarish uchun javobgar shaxs qiyoslash natijalarini ro‘yxatga olish jurnalida (STPH-10-SH2) bo‘yicha tegishli yozuvlarni qayd qiladi.
3 Qiyoslashdan o‘tgan o‘lchov vositalarini shtamplar, kleymo va h.k lar qo‘yiladi, qiyoslov sertifikati (guvohnomasi) rasmiylashtiriladi. Nazorat va o‘lchov vositalari turli sabablarga ko‘ra qiyoslashdan o‘tmaganda «FOYDALANISH TAQIQLANADI» degan yozuv bilan identifikatsiyalanadi va mazkur nazorat va o‘lchov vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
4 Yaroqsiz deb topilgan nazorat yoki o‘lchov vositalari ta’mirlanib, qiyoslashdan o‘tkazilganda so‘ng foydalanishga ruxsat beriladi. Ta’mirlash mumkin bo‘lmagan nazorat yoki o‘lchov vositalari ishlab chiqarishdan foydalanishdan olib tashlanadi.
5 Agarda nazorat va o‘lchov vositalaridan foydalanish jarayonida nazorat yoki o‘lchov vositalari ko‘rsatgichlarini to‘g‘rililigiga shubh a bo‘lgan, yoki uning kalibirovkasi (regulirovkasi) buzilishi sodir bo‘lganda, o‘lchov vositasidan foydalanish to‘xtatiladi va «FOYDALANISH TAQIQLANADI» degan yozuv bilan identifikatlashtiririlib (STPH-10-SH5) ta’mirlashga topshirilishi va tegishli mutaxasislar tomonidan Davlat qiyoslovidan o‘tkazilib, qiyoslashni ijobiy natijasi olingan taqdirda ffoydalanishga ruxsat berilishi mumkin.
6 Yaroqsiz xoldagi nazorat va o‘lchov vositalaridan mahsulotlar ishlab chiqarishda qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda mazkur mahsulotlar STPH-04-2013 protsedurasiga asosan identifikatsiyalanib muvofiq mahsulotlardan alohida saqlanishga topshiriladi, nazorat va o‘lchov vositalari ta’mirlanib qayta qiyoslovdan o‘tgandan sung yoki soz bo‘lgan, tegishli qiyoslovga ega bo‘lgan nazorat va o‘lchov vositalaridan foydalangan holda mahsulotlar o‘rnatilgan talablarga muvofiqlikka qayta tekshirilishi zarur. Rahbariyatni sifat bo‘yicha vakili qayta tekshirilishi kerak bo‘lgan mahsulotni hajmini belgilaydi va qayta tekshirishni olib borilishini nazorat qiladi.
Download 1.98 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling