O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti «tasdiqlandi»
Download 1.98 Mb.
|
Ma\'ruza matn ICHMT
15.2. Davlat metrologik xizmati. Davlat metrologik xizmati (DMX), uning tuzilmasi. O‘lchashlar birliligini taʼminlashga yo‘naltirilgan davlat metrologik idoralari tarmog‘i va ularning faoliyati davlat metrologik xizmati deb nomlanadi. Respublikada davlat metrologik xizmatini respublikaning butun hududida xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida metrologik taʼminot bo‘yicha yagona siyosatni olib boradigan “O‘zstandart” agentligi boshqaradi.
Davlat metrologik xizmati, asosan, tarmoqlararo metrologik muammolarni xal etish bilan shug‘ullanadi va u idoraviy xarakterga ega bo‘lib, qonuniy va nazorat vazifalarini bajaradi. Shu bilan birga MDH davlatlararo metrologik xizmati tuzilmasida quyidagi bo‘linmalar bor: 1. Davlat metrologik xizmati bosh markazi. 2. Davlat etalonlari bosh markazi. 3. Moddalar va materiallar standart namunalari bosh markazi. 4. Davlat etalonlari markazi. 5. Davlat metrologik xizmatining konstruktorlik bazasi. 6. Davlat metrologik xizmatining ishlab chiqarish bazasi. Birinchi to‘rtta bo‘linmalar davlat metrologik institutlari tarkibida, oxirgi ikkita bo‘linma institut, “O‘zstandart” agentligi tizimining asbob – taʼmirlash va asbobsozlik zavodlari tarkibida mavjud. Davlatlararo metrologik xizmat doirasida shuningdek uchta maxsus xizmatlar faoliyat yuritadi: Vaqt va chastota davlat xizmati; Moddalar va materiallar standart namunalarining davlat xizmati; Standart maʼlumotlar davlat xizmati. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 373-sonli qarori Davlat metrologik xizmatini tashkil etish, uning vazifalari, huquqi va majburiyatlarini belgilaydi. “O‘zstandart” agentligining respublika viloyatlarida va baʼzi sanoat shaharlarida joylashgan hududiy idoralari fizik kattaliklar birliklari o‘lchamlarini dastlabki namunalaridan ishchi o‘lchash vositalariga uzatishni hamda metrologik nazoratni taʼminlaydi. Ular shuningdek korxona va tashkilotlarning metrologik xizmatlari faoliyatini metodik boshqaruvini amalga oshiradi, o‘lchash holati tahlilini o‘tkazishni, xalq xo‘jaligi metrologik taʼminotining kompleks dasturlarini ishlab chiqishni tashkil qiladi. Shunday qilib, hududiy idoralar o‘z regioni doirasida ilmiy – texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirishga, ishlab chiqarish va boshqaruvni takomillashtirishga, mahsulot sifatini yaxshilashga, mamlakat mudofaa layoqatini mustahkamlashga yo‘naltirilgan metrologiya va o‘lchash texnikasi sohasidagi yagona texnikaviy siyosatni olib borgan holda “O‘zstandart” agentligining vazifa va huquqlarini amalga oshiradi. “O‘zstandart” agentligi va uning xalq xo‘jaligi boshqaruvi idoralari tarkibida tutgan o‘rni: O‘zbekiston hududida davlat metrologik xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zstandart” agentligi boshqaradi. Davlat metrologik xizmati (DMX) tarkibiga “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish davlat korxonasi” har bir viloyatda viloyat standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari va Toshkent shahrida Standart-lashtirish va metrologiya boshqarmasi kiradi. Bundan tashqari, DMX tarkibiga O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI), “Yetalon” zavodlari kiradi. DMX tuzilmasida standartlashtirish va metrologiya markazlari faoliyatining yo‘nalishini aniqlovchi uch kompleks ko‘zda tutilgan: standartlar va TSH ni joriy etish va rioya qilish ustidan nazorat; xalq xo‘jaligini metrologik taʼminlash; tashkiliy-uslubiy ishlar. “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Respublikasida sobiq Davstandartning huquqiy vorisi deb belgilanganligi munosabati bilan, ko‘rsatilgan yo‘nalishlardan tashqari “O‘zstandart” agentligiga avval sobiq Davstandart amalga oshirgan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarning qator vazifa va yo‘nalishlarini qo‘shimcha amalga oshirish yuklatildi. DMH faoliyati yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, “O‘zstandart” agentligining asosiy maqsadi quyidagi vazifalarni amalga oshirish yo‘li bilan mahsulotni raqobatbardoshliligi va o‘lchashlar birliligini taʼminlash muammosini echishda respublika xalq xo‘jaligiga ko‘maklashish hisoblanadi: respublika standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlarining ishlashi va takomillashishini taʼminlash, ularning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlararo standartlari, xalqaro, mintaqaviy va chet el standartlari bilan uyg‘unlashishi; standartlar va texnikaviy shartlarda mahsulot va xizmatlarning inson hayoti va sog‘ligiga xavfsizligini taʼminlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga, moslashuvchanlik va o‘zaro almashuvchanlikka yo‘naltirilgan majburiy talablarni o‘rnatish; standartlar va texnikaviy shartlarning inson hayoti va salomatligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, mahsulotning moslashuvchanligi va o‘zaro almashuvchanligi bilan bog‘liq majburiy talablari qismida davlat va isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida respublikaning barcha korxona va tashkilotlarida davlat baholashi va sifat tekshiruvi, shuningdek eksportga chiqarilayotgan mahsulot sifatining davlat tekshiruvi; birinchi navbatda sertifikatlashtirilishi majburiy bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va eksportga chiqarilayotgan mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish; respublika standartlarini, texnikaviy shartlarini (TSH), mahsulotga (xizmatlarga) korxona standartlarini va ularga o‘zgartishlarni tasdiqlash, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; respublika xalq xo‘jaligini meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlash; o‘lchashlar birliligi va ishonchliligini taʼminlash, muvofiq darajada saqlash va ushlab turish hamda fizik kattaliklar birliklari etalonlarini rivojlantirish va ularni namunali o‘lchash vositalariga uzatish; davlat metrologik nazorati; moddalar va materiallar standart namunalarini attestatlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish; o‘lchash vositalari davlat sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish; standartlashtirish va metrologiya markazi (SMM), Idoraviy metrologik xizmat (IMX), sinov markazlari, o‘lchash, tahlil, kalibrlash va boshqa laboratoriyalarni akkreditlash; standartlashtirish, metrologiya va mahsulotni sinash va sertifikatlashtirishni asosiy yo‘nalishlari, uzoq muddatli va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish; standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi qonuniy dalolatnomalarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritish; standartlashtirish, metrologiya, sifat boshqaruvi, mahsulotni sinash va sertifikatlashtirish sohasidagi yutuqlarning ilmiy-texnikaviy tashviqoti; mahsulotning davlat nazorati va sertifikatlashtirish natijalarini tahlil qilish va bu asosda mahsulot sifati va raqobatbardoshliligini oshirish va sifatni taʼminlash ti¬zimlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; standartlashtirish, metrologiya, sifat boshqaruvi, mahsulotni sinash va sertifikatlashtirish sohasida muxandis-texnik kadrlarni tayyorlash; standartlashtirish, metrologiya, sifat boshqaruvi, mahsulotni sinash va sertifikatlashtirish sohasida chet el firmalari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar va ilmiy-texnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish; standartlar ustidan davlat nazoratining avtomatlashti-rilgan tizimini va davlat metrologik nazoratini yaratish; metodik boshqaruvni taʼminlash va standartlashtirish, metrologiya, mahsulotni sinash va sertifikatlashtirish sohasida vazirliklar, idoralar, assotsiatsiyalar, tashkilotlar faoliyatini koordinatlash. Yuridik shaxslarning metrologik xizmati. Idoraviy metrologik xizmat namunaviy tuzilmasi, tarkibi, vazifalari va vakolatlari hamda ularning DMX bilan o‘zaro munosabatlari: Alohida yuridik shaxslarning metrologik idoralari tarmog‘i va ularning o‘lchashlar birliligini va o‘lchash vositalari birxilligini taʼminlashga yo‘naltirilgan faoliyati yuridik shaxslar metrologik xizmati deb ataladi. Bunday xizmatlar deyarli barcha vazirliklar va idoralarda tuzilgan. Bu respublikaning yagona metrologik xizmatining tegishli vazirlik, idoraning korxona va tashkilotlarida o‘lchashlar birliligi va talab etilayotgan aniqligini taʼminlashga chaqirilgan tarkibiy qismlaridir. Ularning faoliyati muvofiq standartlar va idoraviy metrologik xizmatlar haqidagi namunali qoidalar bilan reglamentlangan. Vazirlik yoki idora tomonidan tashkil qilingan idoraviy metrologik xizmatga quyidagilar kiradi: vazirlik yoki idoraning metrologik xizmatini boshqarish yuklatilgan bosh metrolog bo‘limi; korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarishni metrologik taʼminlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish bo‘yicha bosh metrologlar bo‘limi. Vazirlik bosh metrologi xizmati tarmoq korxonasi va tashkilotining metrologik taʼminoti bo‘yicha butun faoliyatining tashkiliy-metodik boshqaruvini amalga oshiradi. Ular o‘z qo‘l ostida bo‘lgan korxonalarda o‘lchashlar holati va metrologik taʼminotining tahlilini tashkil qiladi, tarmoq metrologik taʼminotining kompleks dasturlarini tuzadi, “Xalq xo‘jaligini metrologik taʼminlash” bo‘limi bo‘yicha davlat va tarmoq standartlashtirishi rejalarini ishlab chiqadi. Bosh metrolog xizmatlari idoraviy metrologik tekshiruvni, hujjatlarning metrologik ekspertizasini, o‘lchashlarning birik-tirilgan sohasida o‘lchash texnikasi darajasini oshirishga, vazirlik, idora yoki firma korxonalarida taʼminlashga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil qiladi. Metrologiya masalalari bo‘yicha ular “O‘zstandart” agentligining tegishli xizmatlari bilan munosabat saqlaydilar. Baʼzi vazirliklar, idoralar yoki firmalarda ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik yoki texnologik tashkilotlar qatoridan “O‘zstandart” agentligi bilan kelishuv bo‘yicha ular tomonidan aniqlanadigan metrologik xizmatning bosh va tayanch tashkilotlari tuziladi. Metrologik xizmatning bosh va tayanch tashkilotlari tarmoq metrologik taʼminoti dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda faol ishtirok etadilar. Idoraviy metrologik xizmatlar DMX bilan yaqin aloqaga ega, bu erda ushbu xizmatlarning respublika metrologik xizmati tarkibidagi vazifalari, huquqlari va majburiyatlari ko‘rsatiladi. Idoraviy metrologik xizmatlar faoliyati ustidan tekshiruvni Davlat metrologik xizmati joylarda amalga oshiradi. Korxona metrologik xizmati idoraviy metrologik xizmatining asosiy bo‘g‘ini sifatida: Korxona metrologik xizmati idoraviy metrologik xiz¬matning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib hisoblanadi. U direktor buy¬rug‘i asosida mustaqil tuzilmaviy bo‘linma sifatida tuziladi va bosh metrolog tomonidan boshqariladi. Korxona, tashkilot metrologik xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: o‘lchashlar birliligi va talab etilayotgan aniqligini taʼminlash, korxona, tashkilotda o‘lchashlar, tekshirish va sinov texnikasi darajasini oshirish va takomillashtirish; korxona, tashkilot faoliyatining barcha doiralarida metrologik taʼminotni tayyorlash va takomillashtirish bo‘yicha ishlarni olib borish; ilmiy tadqiqotlar, loyiha, konstruktorlik va eksperimental ishlar samaradorligini oshirishni, texnologik jarayonlarning berilgan rejimlarini saqlab turishni taʼminlovchi o‘lchashlar, tekshirish va sinovlarni bajarish vositalari va metodikalarining maqbul nomenklaturasini aniqlash va rejali joriy etish; mahsulot sifatining obʼektiv tekshiruvi, mehnat unumdorligini oshirish, moddiy va energetik resurslarni aniq hisobga olish va ulardan oqilona foydalanish, mehnatning xavfsiz sharoitlariga rioya etishni tekshirish. Bosh metrologni korxona rahbari tayinlaydi. U bevosita bosh muxandisga bo‘ysunadi. Korxona, tashkilot metrologik xizmati faoliyati ustidan davlat nazoratini “O‘zstandart” agentligi va uning joylardagi bo‘limlari amalga oshiradi. Korxona, tashkilot metrologik xizmati ishlab chiqarishning metrologik taʼminoti holatini muntazam tahlilini o‘tkazadi va uning asosida ishlab chiqarishning butun sikli metrologik taʼminotini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlar rejasiga takliflarni ishlab chiqadi. Korxona, tashkilot metrologik xizmati o‘lchashlar aniqligi meʼyorlarini, o‘lchash vositalari xarakteristikalarini, o‘lchashlarni bajarish uslubiyatini, qiyoslash usullari va vositalarini reglamentlovchi standartlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni joriy etishni tashkil qiladi. Korxona metrologik xizmati korxona tomonidan chiqarilayotgan mahsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, sinash va ishlatishni metrologik taʼminlash bo‘yicha barcha ishlarning ilmiy-texnikaviy va tashkiliy-metodik boshqaruvini amalga oshiradi. Korxona metrologik xizmatning asosiy bo‘limi hisoblanadi. Korxona metrologiya xizmati korxona rahbarining buyrug‘i asosida tashkil etiladi va korxona bosh metrologi tomonidan boshqariladi. Korxona va tashkilotlar metrologiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: – birliklar va talab qilingan o‘lchashlar aniqligini taʼminlash, o‘lchash texnikasining haqiqiyligi va o‘lchashlar darajasini oshirish, korxona va tashkilotlarda sinov va nazoratni taʼminlash; – korxona va tashkilotlarning hamma sohalarida metro¬logik taʼminot haqiqiyligi to‘g‘risida tayyorgarlik ishlarini olib borish; – o‘lchash vositalari va nazorat asboblari, o‘lchash birxilliligini taʼminlash. Korxona va tashkilotlar metrologik xizmati mahsulotning metrologik taʼminoti to‘g‘risida tizimli taxlil olib boradi va bu ishlarning o‘zagida butun ishlab chiqarish siklini metrologik taʼminoti bo‘yicha rejalar tuzib boradi. Korxona va tashkilotlar metrologik xizmati standart va boshqa meʼyoriy hujjatlardan to‘g‘ri foydalanishni tashkillashtirib boradi, o‘lchash vositalarning xarakteristikasi, o‘lchashlarni bajarish usullari, qiyoslash usullari va vositalarini to‘g‘ri qo‘llanishi ustida ish olib boradi. Korxona metrologik xizmati ilmiy-texnikaviy, tashkiliy, korxona mahsulotining ekspluatatsiyasi, sinashlarni, qayta ishlashni to‘g‘ri tashkil qilishni mujassamlashtiradi. Korxona bosh metrologining xizmati mahsulotning yaroqsizligi sabablarini aniqlash taxlilida qatnashish, ishlab chiqarilmagan xomashyo sarfini aniqlashda material, energiya va boshqa yo‘qotishlarni aniqlashda, o‘lchashlar bilan bog‘liq ishlarda, sinash va nazorat o‘lchash jarayonlarini bajarilishida qatnashish singari vazifalari kiradi. Bulardan tashqari bosh metrolog ishlab chiqarishda o‘lchashlarning aniqligini taʼminlash vazifasini ham bajaradi. Korxona metrologik xizmati quyidagilarga eʼtibor qaratishi kerak. O‘lchash vositalarining yuqori metrologik taʼminoti, ularning metrologik attestatsiyasi, o‘lchashlarni bajarish uslubiyatini attestatsiyasi, odatdan tashqari hollarda ishlab chiqarishni boshqa tashkilotda tashkil qilganda o‘lchash usullari va vositalari vazifalarini ishlab chiqishdan iborat. Korxona bosh metrologining yana bir vazifasi korxonada o‘lchash vositalarining birxilligini taʼminlash, namunaviy o‘lchash vositalarini saqlash va ularni ishga yaroqli holatda ushlab turish, “O‘zstandart” agentligi ixtiyoridagi xududlarda idoraviy maxkamaviy nazoratni amalga oshirish, idoraviy nazoratni amalga oshirish sxemalarini ishlab chiqish, idoraviy nazorat, jadvallarni ishlab chiqish va xududiy boshqarmalar bilan kelishish, mavjud o‘lchash vositalarni davlat nazoratiga taqdim etish. Bosh metrolog vazifasi o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi: ishlab chiqarish jarayonlarining har bir bosqichini nazorat qilish, o‘lchash vositalarining qo‘llanilishi va holatini nazorat qilish, sinov va nazorat qilish, o‘lchashlarni bajarilishi uslubiyatini to‘g‘riligini, butun metrologik jarayonlarni korxonaning har bir bo‘limi ko‘rinishida nazorat qilish. Korxona va tashkilotlar idora metrologik xizmati o‘z vazifasini respublika metrologik xizmatlari idoralari va ular tasarrufidagi metodik rahbariyat bilan hamkorlikda olib boradi. Respublika metrologik xizmatining rivoji, idoraviy metrologik xizmatlarning yaxshilanishi, ularning son va sifat sohasida o‘sishi “O‘zstandart” agentligi tomonidan metrologik xizmat va nazoratni boshqarishda huquq va erkinliklar berilishi yotadi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling