O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti sirtqi (maxsus sirtqi) bo’lim


III BOB. O‘QITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI


Download 304.44 Kb.
bet6/9
Sana13.05.2023
Hajmi304.44 Kb.
#1455494
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5325656715717255068

III BOB. O‘QITISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
3.1. Mavzusini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan namunalar
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovasion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo‘lishining sababalaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi- talablarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rganilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganishlariga, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Shuning uchun ta’lim muassasalarida zamonaviy o‘qitish metodlari, interfaol metodlar, innovasion texnologiyalarning o‘rni va roli kattadir.
Har qanday texnologiya ta’limning yangi mazmunini shakllantiruvchi ta’lim tamoyillariga asoslanadi va ta’lim oluvchi shaxsini tarbiyalash, unda mehnat va muayyan yo‘nalishlarda kasbiy ko‘nikmalarni hosil qilishga yo‘naltiradi. Ta’lim jarayonining faol sub’ektilari o‘qituvchi va o‘quvchilar bo‘lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu (yoki fanlar asoslari) bo‘yicha kam kuch va vaqt sarflangan holda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish imkonini beruvchi jarayonning umumiy mohiyatini tavsiflaydi.
O‘qituvchining faol, samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonining metodik ishlanmasidan farqli ravishda, ta’limning pedagogik texnologiyasi ta’lim oluvchilarga qaratiladi, shuningdek, ularning shaxsiy va o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga sharoit yaratadi. Pedagogik texnologiyaning yetakchi muammosi talaba shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iboratdi2.
Pedagogik texnologiya turini tanlash dars va mashg‘ulotda qaysi darajadagi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazarda tutilganiga bog‘liqdir.
Ta’lim-tarbiya jarayoni butun mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning faolligi va qiziquvchanligini muntazam ravishda rivojlantirib borish maqsadini ko‘zda tutadi, o‘quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya talabalarni o‘quv yoki o‘quv ishlab chiqarish faoliyatiga tezkor jalb qilish imkonini beradi. Aks holda, zaif, yetarli darajada tushunarli bo‘lmagan yoki aniq natijani ko‘zlamagan topshiriqlar mashg‘ulotning samarasiz yakunlanishiga olib keladi.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi aniq masalalar qo‘yish orqali o‘quvchini o‘ylashga, mustaqil fikrlashga odatlantirishga qaratilgandir.

Download 304.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling