O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“ADABIYOT FANI O‘QITISHNING TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI”
FAN DASTURI
(magistratura, 1-kurslar uchun)
Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 – Ta’lim
Маgistrаturа mutахаssisligi:
|
70111401- O‘zbek tili va adabiyoti
|
Jizzax – 2022
Fan/Modul kodi
|
o‘quv yili
2022-2023
|
Semestr
2
|
Kreditlar
4
|
Fan/Modul kodi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari
(soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
T.f. “Adabiyot fani o‘qitishning tadqiqot metodi va metodologiyasi”
2-semestr
|
Ma’ruza-30
Seminar-30
|
60
|
120
|
2
|
Fanning mazmuni - ta’limning turli bosqichlarida adabiyot turkumidagi fanlar mohiyatini hamda ularni o‘qitishdagi o‘ziga xosliklarni o‘rganishdan iborat. Fan adabiyot fanlarini o‘qitish metodikasining ilmiy-nazariy asoslarini egallashga qaratilgan. Fanni o‘zlashtirish davomida magistrantlar til va adabiyot o‘qitish metodlarining tarixiy shakllanishi va rivojlanishi, bugungi kundagi zamonaviy yo‘nalishlari bilan tanishadilar. Mazkur kursning zarurligi yana shu bilan ham bog‘liqki, hatto yuksak darajadagi bilimning o‘zi muvaffaqiyatli dars berish uchun yetarli bo‘lmaydi. O‘qituvchining
mashg‘ulotlarni turli usul va texnikalar yordamida tajribada to‘plangan dars o‘tish
metodikasiga ega bo‘lishi, shuningdek talabalar faoliyatini tashkil etishi va
boshqarishi kam ahamiyatga ega emas. Ushbu kursni o‘rganish o‘qituvchining o‘z
pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha kelgusidagi ishlariga, mamlakatimiz va
xorijdagi yetakchi adabiyotshunoslarning hamda hamkasblarining pedagogik
faoliyatini o‘rganishga, o‘z kasbiy faoliyatini tahlil qilish va o‘qitishning yangi shakl,
metodika va vositalarini izlashiga imkon beradi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – ta’limning turli bosqichlarida adabiyot turkumidagi fanlar mohiyatini hamda ularni o‘qitishdagi o‘ziga xosliklarni o‘rganishdan iborat. Fan til va adabiyot fanlarini o‘qitish metodikasining ilmiy-nazariy asoslarini egallashga qaratilgan. Fanni o‘zlashtirish davomida magistrantlar til va adabiyot o‘qitish metodlarining tarixiy shakllanishi va rivojlanishi, bugungi kundagi zamonaviy yo‘nalishlari bilan tanishadilar. Mazkur kurs davomida magistrant til va adabiyot o‘qitish metodlari asosidagi ilmiy yondashuvlar va nazariyalarni egallaydi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |