III-MODUL. ADABIYOT O‘QITISHDA MILLIY VA XORIJ ADABIY TA’LIMI O‘RNI
9-mavzu. Mashg‘ulot rejasi va ma’ruza matnini tuzish, ularga qo‘yiladigan ilmiy-metodik talablar
Reja tuzishdagi asosiy komponentlar. Rejani tuzishda tayaniladigan asosiy hujjatlar tavsifi. Rejaning qismlari va mazmuni. Reja mazmuniga qo‘yiladigan asosiy ilmiy-metodik talabalar.
10-mavzu. Milliy va xorij adabiy ta’limi metodikasining qiyosiy tahili
Milliy va jahon adabiy ta’limidagi ilg‘or tajribalar. Sharq va G‘arb adabiy ta’limiga xos xususiyatlar, adabiyotga xos muhim ijtimoiy hodisalar – tarixiy, sotsial, madaniy kontekstda. Turli xalqlar adabiyotining milliy va madaniy xususiyatlari.Muayyan adabiy oqimga mansub yozuvchilar asarlari ijodini o‘rganish prinsiplari va metodlari. Umumjahon adabiy-tarixiy muammolar. O‘zbek adabiyoti tarixining O‘zbekiston tarixi va o‘zbek madaniyati bilan bog‘liqligi. O‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish masalasi va boshqa bahsli muammolar. Eng qadimgi davr adabiyoti (islomgacha bo‘lgan davr), islom kirib kelgan davrdan to yigirmanchi asrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi katta adabiyot – o‘zbek mumtoz adabiyotini o‘rganish va o‘qitish muammolari. O‘zbek adabiyoti tarixi bo‘yicha dastur va o‘quv qo‘llanmalar. Kurs bo‘yicha dastur va o‘quv qo‘llanmalar. “O‘zbek adabiy tanqidi tarixi” kursining vazifalari, xususiyatlari mazmuni va tuzilish prinsiplari. Kursni davrlashtirish. Kurs bo‘yicha dastur va o‘quv qo‘llanmalar. Propedevtik kurslar (jumladan, o‘zbek adabiyoti tarixi kursining dastlabki – mumtoz adabiyotga kirish qismi kabi), ularning vazifasi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi kursi, uning vazifasi, boshqa adabiyotshunoslik kurslari bilan bog‘liqligi.
Mumtoz adabiyotni, o‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganishda muhim o‘rin tutgan
yordamchi fanlar. Tasavvuf va badiiy ijod masalalariga, matnshunoslik va
manbashunoslikka oid fanlar. Talabalarning adabiyotshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar olib borish texnikasi va metodikasini hamda darslarda o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash shakllari va usullarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kurslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |