O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax politexnika instituti “qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi «sut va go’sht mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»


Download 2.97 Mb.
bet38/44
Sana12.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1699951
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
Bog'liq
Sut amaliy

Texnik talablar
1. Katta yoshli otlar 3 yoshdan va qulunlar 6 oydan 2 yoshgacha chetga eksport qilishga ruxsat beriladi.
2. CHetga sotish (eksport) uchun mo’ljallangan otlar veterinariya qonunlari talabiga javob berishi lozim.
3. CHetga sotiladigan otlar jun qoplamasi toza, taqasizlangan, yol va dumi taralgan bo’lishi kerak.
4. Otlarda quyidagi kamchilik va kasalliklar uchrasa chetga sotish umuman ruxsat berilmaydi.
Infektsion kasalliklar, oyoqlarida travmatik – jarohatlar bo’lsa, o’pka emfizemasi, mastit, mellomasarkoma, kur, terini travmatik jarohatlari, o’ta hurkak va badxulq bo’lsa, oriq, bo’g’oz va yangi tuqqan biyalar, dum va yollari kesilgan bo’lsa, toylar (yosh otlar) 2–yoshdan 3 yoshgacha.
Ot go’shtidan tansiq go’sht maxsulotlari tayyorlash go’shti sanoati va parranda go’shtini qayta ishlash sanoati veterinariya va sanitariya qonun-qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ot go’shtidan tayyorlanadigan tansiq taomlar uchun quyidagi nimlar va navlar ishlab chiqarilgan: ot go’shtidan dudlab pishirilgan oliy navli qazi, dudlab pishirilgan oliy navli samarqand qazisi, ot go’shtidan dudlab pishirilgan birinchi navli bo’yin tojisi, dudlab pishirilgan birinchi navli xasip «karta».
Otlarning mamlakatlarga eksport qilinishi MDH.dan chet mamlakatlarga, assosan Italiya, Gollandiya, Avstriya, Frantsiya va boshqa mamlakatlarga otlarni sotish 1962 yildan boshlab amalga oshirilib kelinmokda. Bunda asosan chet mamlakatlarning go’shtdor otlarni sotish oshib borayotganligi ko’zatilmokda. CHet mamlakatlik xaridorlar go’sht uchun tirik vazni 360 kg dan kam bo’lmagan yuqori semizlik darajasiga ega bo’lgan otlarni yaxshi sotib oladilar. Otlarni go’sht uchun chet mamlakatlarga eksport qilinganda puchak qilingan otlarni maxsus bo’rdoqilash va yosh otlarni ularda semirtirish muhim ahamiyatga ega.
Otlarni chet mamlakatlarga eksport qilishni amalga oshirishda chegara eksport-import punktida sotuvchi va xaridorlar tomonidan to’zilgan nazorat (eksport) komissiyasi xodimlari tomonidan otlar yaxshilab ko’rikdan o’tkaziladi, baholanadi va tirik vazni taroziga tortib aniqlanadi.
Bunda otlar yaxshilab ozuqlantirib sug’orilib bo’lgandan 3-4 soat keyin individual har biri tortiladi va savdo palatasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Savdo palatasi otlarni tirik vaznini aniqlashda oshqozon-ichak sistemasida axlat uchun xaqiqiy tirik vaznidan 5% chiqimni e’tiborga olib shartnoma tuzadi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling