O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti


Download 0.99 Mb.
bet2/13
Sana01.07.2020
Hajmi0.99 Mb.
#122529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Amaliy mashg'ulot QMB VA KICH oxir111111


Amaliy mashg‘ulot – 4. Po’latning asosiy xususiyatlari.

Po’lat konstruktiv material bo’lganligi tufayli uning mexaniq xususiyatlariga, payvandlanuvchanligiga va uzoq muddat ishlashiga qarab baxolanadi. Po’latni mustahkamligi, elastikligi, plastikligi, murtlik darajasi, Yuqorii haroratda «oquvchanligi » uning sifatini belgilaydi. Payvandlanuvchanlik po’latning kimyoviy tarkibiga va uni ishlab chikarish texnologiyasiga bog’liq.

Konstruksiyada po’latning uzoq muddat ishlashiga va uning kuchlanganlik holatiga konstruksiyaning shakli, tashqi ta’sirlarning turlari va miqdori, yo’nalish i va ta’sir tezligi, zararli muxit va harorat katta ta’sir kursatadi.

Mustahkamligi bo’yicha po’latlar uch guruhga bo’linadi:

Mustahkamligi oddiy Ryn =-185+285 MPa, Run =-365+390 Mpa;

Mustahkamligi Yuqori Ryn= -295+390 MPa, Run= -430+540 Mpa;

Mustahkamligi baland Ryn= - 440+ da MPa, Run=- 590+ ∞ MPa.

Po’latlarning mexanik xususiyatlari ichki atom tuzulishiga bog’lik. Uning asosini ferrit zarrachalar tashkil qiladi. Ferritning uzi kam mustahkamlikga ega va O’ta plastik materialdir. Uning mustahkamligini oshirish uchun uglerod qo’shiladi (kam uglerodli po’lat) yoki boshqa ishlov beruvchi elementlar qo’shiladi (marganets, kremniy, vanadiy, xrom va b.). Legirlash va tovlash usullar bilan Yuqorii mustahkamlikga ega po’lat olinadi. Kam uglerodli po’latning atom strukturasi kub shakliga uxshagan. Kub markazida uglerod atomi joylashadi, kirralarining uchida temir Fe atomi turadi.

Fe3S-korishma ferrit, karbid-sementit paydo bo’ladi.

Kam legirlangan po’latlarning atom strukturasi ham kam uglerodli po’latning atom tuzilishiga uxshaydi.

Legirlashtirishda qatnashadigan kimyoviy elementlar bilan tanishamiz.

Uglerod «U» po’latning mustahkamligini oshiradi,lekin plastiklik xususiyatini va payvandlanuvchanligini pasaytiradi. SHuning uchun qurilishda ishlatiladigan po’latlarda uglerod miqdori 0,22% gacha bo’lishi mumkin.

Kremniy «C» po’lat mustahkamligini oshiradi, payvandlash imkonini pasaytiradi va zanglashga qarshiligini kamaytiradi. SHuning uchun uning miqdori kam uglerodli po’latda 0,3 % ,legirlangan po’latda esa 1%gacha bo’ladi.

Marganets «G» metallning mustahkamligini, kayishkokligini oshiradi va po’latga aralashgan oltingugurt bilan birikib, uning zararli ta’sirini kamaytiradi. Ammo marganets miqdori 1,5% dan ortsa, unda po’lat murt bo’lib kolish xavfi bor.

Mis «D» mustahkamlikni va zanglashga qarshilik ni oshiradi. Lekin, 0,7% dan kupayganda po’lat tez eskirib qolishiga sabab bo’ladi.

Xrom «X», vanadiy «F», volfram «V», molibden «M», titan «T», nikel «N»- bularning hammasi po’lat mustahkamligini oshiradi va ayrimlari plastik xususiyatini ham oshiradi.

Turli toifali po’latlarni kimyoviy tarkibini ifodalash uchun GOSTlarda quyidagi belgilash tartibi qabul kilingan: Dastlabki ikkita raqam foyizning yuzdan bir ulushida uglerodning urtacha miqdori ni kursatadi, xarflar bilan esa po’latning tarkibiy qismini tashkil etuvchi kimyoviy elementlarning shartli nomlari belgilanadi. Xarfdan keyingi rakamlar esa shu elementning foiz hisob idagi miqdorini ko’rsatadi. Agar bu mikdor bir foizdan kam bo’lsa u ko’rsatilmaydi. Po’latning tarkibiga kirgan qo’shimcha elementlar miqdori 0,3% kam bo’lganda ular belgida kursatilmaydi.

Zararli aralashmalar

Fosfor va oltingugurt zararli aralashmalardir. Ammo ularni po’lat tarkibidan butunlay chiqarib bo’lmaydi. Po’lat tarkibida fosfor miqdori 0,045%dan oshsa, past harorat ta’siridan po’lat murtligi ko’payadi.

Oltingugurt miqdori 0,055% dan ortishi, po’latda, qizigan vaqtida, darzlar hosil bo’lish iga olib keladi.

Azot <0,008%, kislorod <0,007%, vodorod <0,0007% ichki atomlararo boglanishini kamaytiradi va murt ravishda sinishiga olib keladi. Foydalanishda kuyilgan talablarga ko’ra po’lat quydagi uch guruhda tayyorlanadi: A - mexnik xususiyatlar bo’yicha , B-kimyoviy tarkibi bo’yicha, V- mexAniqi xususiyatlari va kimyoviy takib bo’yicha.

Qurilish konstruksiyalari uchun ishlatiladigan po’latlar mustahkam va payvandlanuvchan, shuningdek, emirilishga va dinamik ta’sirlarga bardoshlik bo’lishi lozim, ya’ni bunday qurilmalar qurishda asosan «V» guruhdagi po’latlar talab kilinadi, VSt3kp2-kaynok po’lat (kp-kaynok, sp-tinch po’lat, ps-yarim tinch po’lat).

Po’lat eritish ikki usulda bo’ladi. Marten pechlarida va konvektor usulida kislorod yuborish bilan. Po’lat mustahkamligini oshirishning asosan ikki usuli bor: Yuqorii haroratda ishlov berish va legirlash.

Yuqorii haroratda ishlov berishdan asosiy maqsad po’latning atom tuzilishini uzgartirish va zarrachalarini maydalashdan iborat.

Bu jarayon natijasida po’latning elastikligi biroz kamaygani xolda mustahkamligi va oquvchanlik chegarasi ortadi. Yuqorii haroratda ishlov berishni asosiy turlari: toblash, normallash va bushatish.

Toblash po’latni 9100Sdan Yuqoriigacha qizdirib keyin tezlik bilan sovitishdan iborat. Normallashda toblangan yoyma po’lat kaytadan austenit tuzilishi hosil bo’ladigan haroratgacha kizdirilib, keyin xavoda sovitiladi. Normallash natijasida po’latning tuzilishi ancha yaxshilanib, ichki kuchlanishlar yukoladi, bu esa uz navbatida po’latning mustahkamligi va plastik xususiyatlari, zarbga chidamliligi ortishiga olib keladi. Bo’shatish - bu po’latni austenitning o’zgarishlari haroratidan Yuqorii haroratgacha (2730S) kizdirib, keyin sovitish (xavoda yoki suvda) dan iborat. Bunda po’latning mo’rtligi kamayib, zarbaga chidamliligi ortadi.


Amaliy mashg‘ulot - 5. Yuklar va ta’sirlar
Ta’sir etish vaqtiga qarab yuklar doimiy va vaqtincha bo’lish i mumkin, vaqtincha yuk uzoq muddatli, qisqa muddatli va maxsus bo’lish i mumkin.

Doimiy ta’sir etadigan yuklarga quydagilar kiradi:

a) inshoot qismlarining vazni, yuk ko’taruvchi va tusuvchi qurilish konstruksiyalarining vaznlari ham shunga kiradi;

b) gruntlarning og’irligi va bosimi (ko’tarma, tuldirma);

v) konstruksiyada oldindan uygotilgan kuchlanishlardan hosil bo’lgan zurikishlar va boshqalar.

Vatstincha uzots muddat ta’sir etadigan yuklarga quydagilar kiradi:

a) vaqtincha xonalarni ajratadigan pardevor ogirligi;

b) qo’zg’almas asbob-uskunalar dastgoxlar, apparatlar, motorlar, idishlar, quvurlar, tasmali transportyorlar, konveyerlar, qo’zg’almas ko’tarma mashinalar, shuningdek asbob-uskunalarni tuldirib turuvchi suyuqlikyoki kattik jismlarning vazni;

v) idishlar yoki quvurlardagi gaz, suyuqlik va sochiluvchan jismlarning bosimi;

g) omborxona, muzxona, don saqlaydigan, kitob saqlaydigan xonalar, arxivlar va shunga uxshash binolar yopmasiga taxlanadigan yoki jovonlarga terib qo’yiladigan buyumlar vazni;

d) statsionar asbob-uskunalardan tushadigan yuklar;

Vatstincha sissa muddatli yuklarga quydagilar kiradi:

a) asbob-uskunalarni ishga tushirish va to’xtatish, sinash, kuchirish yoki almash-tirish choglarida vujudga keladigan yuklar;

b) odamlar va uskunalarni ta’mirlashda ishlatiladigan materiallar vazni;

v) uy-joy, jamoat, qishloq xujaligi binolarining yopmalariga odamlar va asbob-uskunalardan tushadigan yuklar;

g) qo’zg’aluvchi kO’tarma-telfer vositalaridan tushadigan yuklar

d) kor yuklari;

e) harorat iqlim ta’siri;

j) shamol yuklari;

Maxsus yuklarga quydagilar kiradi:

a) seysmik ta’sirlar;

b) portlash ta’sirlari;

v) texnologik jarayonning keskin o’zgarishi, uskunalarning vaqtincha ishdan chikishi yoki sinishi natijasida vujudga keladigan yuklar;

g) grunt strukturasini keskin o’zgarishi (chukuvchan gruntlar namlanganda) yoki tog konlari xududida cho’qish natijasida zaminda paydo bo’lgan deformatsiyalardan kelib chikkan ta’sirlar.

Yuklar jamlamasi

Odatda inshootga bir necha xil yuklar birgalikda ta’sir etadi, lekin hamma mavjud yuklarning konstruksiyaga bir vaqtning uzida ta’sir etish ehtimoli kam. Shuning uchun konstruksiya va zaminlarni chegaraviy holatlarning birinchi va ikkinchi guruhlari bo’yicha hisob lashda yuklar va tegishli zurikishlarning eng nobop jamlamalari (sochetanie) e’tiborga olinishi zarur.

Bu jamlamalar konstruksiya yoki zaminga bir vaqtning uzida vaqtinchali yuklar kuyilishining turli sxemalari paydo bo’lishi imkoniyatlarini e’tiborga olgan xolda turli yuklarni xar xil variantlarda ta’sir etishini yoki ba’zi yuklarning mavjud emasigini kurib chikish yuli bilan belgilanadi.

Hisobga olinadigan yuklar tarkibiga qarab jamlamalar quydagi xillarga bo’linadi:

a) doimiy, uzoq muddatli va qisqa muddatli yuklardan tashkil topgan asosiy jamlamalar;

b) doimiy uzoq muddatli, qisqa muddatli maxsus yuklarning biridan tashkiltopgan maxsus jamlamalar.

Ikki xil me’yoriy qiymatga ega bo’lgan vaqtinchali yuklarni jamlama tarkibiga kiritishida uning kichik me’yoriy qiymati uzoq muddatli yuk, katta me’yoriy qiymati esa - qisqa muddatli yuk sifatida qaraladi tulik me’yoriy qiymatini hisob ga olishda. Agar jamlamalar tarkibiga doimiy va kamida ikkita muvaqqatyuk kirsa, vaqtincha yuklarning hisob iy qiymatlari quydagi jamlama koeffitsientlariga ko’paytiriladi: asosiy jamlamalarda uzoq muddatli yuklar uchun ᴪ =0,95; qisqa muddatli yuklar uchun ᴪ2=0,9;

Maxsus jamlamalarda uzoq muddatli yuklar uchun ᴪ=0,95; qisqa muddatli yuklar uchun ᴪ 2=0,8.

Asosiy jamlama tarkibi doimiy yuk va bitta muvaqqat(uzoq yoki qisqa muddatli) yukdan tashqi l topsa, ᴪ 1 ,ᴪ 2 koeffitsientlariga kupaytirilmaydi.

Eslatma: Asosiy jamlamalar tarkibi uchta va undan ortik qisqa muddatli yuklardan tashkil topgan bo’lsa, ularning hisob iy qiymatlari jamlama koeffitsienti ᴪ2 ga kupaytiriladi; bunda koeffitsientning qiymati (ahamiyatiga ko’ra) birinchi qisqa muddatli yuk uchun - 1,0, ikkinchisi uchun - 0,8, kolganlari uchun - 0,6 olinadi.

Birgalikda ta’sir etish ehtimolligi mavjud variantlarni taxlil qilib topiladi. Asosan birgalikdagi yuklar ta’siriga doimiy, vaqtincha uzoq va qisqa muddatli yuklar kiradi. Maxsus birgalikdagi yuklar ta’siriga doimiy, vaqtincha uzoq va qisqa muddatli va bitta maxsus yuk kiradi.

Agar vaqtincha ta’sir etadigan yuklar soni bittadan ortik bo’lsa, unda yuklar qiymati ᴪ =0,95 ga birinchisini va 0,9ga ikkinchisini kupaytirish lozim, ya’ni asosan birgalik 0,95ga, aloxida birgalik esa 0,9ga ko’paytiriladi. Qisqa muddatli yuklar mos ravishda ᴪ2=0,9 ga ᴪ2=0,8 ga va ᴪ2=0,6 ga ta’sir darajasi bo’yicha kupaytiriladi.



Amaliy mashg‘ulot – 6-7. Metall konstruksiyalarini chegaraviy holatlar

uslubi bo’yicha hisoblash

Metall konstruksiyalarni hisoblashdan maqsad kam miqdorda material sarflab tashqi ta’sir yotayotgan jami yuklarga yetarli darajada ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan, konstruksiyalarni yaratish. Qurilish konstruksiyalarni 1955 yildan beri chegaraviy holatlar uslubi bo’yicha hisob lanadi.

Chegara holatlari deganda konstruksiyalarning ishlatilish jarayonida oldindan belgilangan talablarga javob bermay qolishi tushuniladi Qurilish konstruksiyalarni bu uslub bilan hisob laganda ikki guruhga bo’lib hisob lanadi. Birinchi guruh chegara holatlar konstruksiyani yuk ko’tarish kobiliyatini yuqotish bilan bog’liq bo’lib va ularga : shakl umumiy ustivorligining yo’qolishi, vaziyat ustivorligining yo’qolishi, metallning toliqishi yoki boshqa biror harakterdagi buzilish, yuklarning va tashqi muxitning birgalikdagi noqulay ta’siri natijasida buzilish, qurilmalardan foydalanishni to’xtatishga olib keladigan rezonans tebranishlar, metall materialning oquvchanligi , birikmalardagi siljishlar, darzlarning xaddan tashkari ochilishi natijasida konstruksiyalardan foydalanishning imkoniyati yo’qligi.

Ikkinchi guruh chegara holatlar konstruksiyani normal foydalanish qiyinlashib kolganligi bilan bog’liq va ularga yo’l qo’yib bulmaydigan siljishlar, tebranmalar, darzlar paydo bo’lish i natijasida ishlash muddatining kamayishiga olib keladigan holatlar kiradi. Konstruksiyalarni chegara holatlarga hisob lash, inshootni qurish yoki undan foydalanish davrining barcha bosqichlarida chegara holatlardan biror-tasining ham vujudga kelmasligini ta’minlaydi.

Birinchi guruh chegara holatlari uchun umumiy shart quydagicha yozilishi mumkin: N < S

N - hisob lanayotgan elementdagi yuklarni noqulay birgalikda ta’sir etishidan hosil bo’ladigan kuch,

S - hisob lanayotgan elementning yuk qobiliyati. Elementdagi hosil bo’ladigan kuchni quydagi formula bilan aniqlashimiz mumkin:



N=E G‘n, ■N' 'γ *γp

bu erda:


N g - kuch G‘ni= 1 ga teng bo’lgandagi elementda hosil bo’ladigan kuch

γg‘l - yuk bo’yicha ishonchli koeffitsient

γn _ bino vazifasiga ko’ra ishonchlilik koeffitsienti

ᴪ - yuklarning birgalikda ta’sir etishini e’tiborga oladigan koeffitsient



Elementning yuk ko’tarish kobiliyatini uning yuzasiga va materialning qarshiligiga qarab aniqlash mumkin:


Bu erda: An _ element ko’ndalang kesimining( netto) yuzasi; Ryn _ element materialining oquvchanligi bo’yicha hisobiy qarshiligi;

γm -

γc _ ishlash sharoitini e’tiborga oluvchi koeffitsient.



Shunday qilib birinchi guruh chegaraviy holati bo’yicha hisob lash tenglamasini yozamiz:

Chegaraviy xolatni ikkinchi guruh bo’yicha hisob ifodasini quydagicha yozish mumkin:

bu erda:


ε - birlik yuk ta’sirida elementdagi hosil bo’ladigan elastik deformatsiya,

ε - norma bo’yicha urnatilgan konstruksiyaning chegaraviy deformatsiyasi.

Konstruksiyalarni chegara holatlarga hisob lash, binolarni qurish va foydalanish davrining barcha bosqichlarida chegara holatlaridan birontasining ham vujudga kelmasligini ta’minlaydi. Bunda material xususiyatlarining noqulay o’zgarishlari, yuklarning noqulay birga ta’sir etish ehtimoli, foydalanish sharoitlari va konstruksiyalar ishlashining o’ziga xos tomonlari hisob ga olingan bo’ladi. Buning uchun hisob lashda quydagi koeffitsientlar kiritiladi: yuk bo’yicha ishonchlilik koeffitsienti

- γfi, yuklarning birga ta’sir etish ehtimoli koeffitsienti - ᴪ, ishlash

sharoiti koeffitsienti - γc, binolarning vazifasiga ko’ra ishonchlilik koeffitsienti - γn.

Chegaraviy holatlar usulining moxiyati Metall konstruksiyalarini hisob lashning bunday usuli buzuvchi zo’riqishlar usulining takomillashgan varianti hisob lanadi:

Mazkur usul bo’yicha hisob langan konstruksiyalar bir muncha tejamli bo’ladi.

Uning asosini quydagilar tashqi l etadi:konstruksiyaning chegaraviy holati degan tushunchasi kiritildi. Standart SEV384-74 ko’ra barcha chegaraviy xolatning ikki guruhi belgilandi: birinchisi - yuk kO’tarish kobilyati, ikkinchisi - normal sharoitda ishga holatiligi; kesim yuzalarining mustahkamligi elementning kuchlanish- deformatsiyalanish holatining III bosqichi bo’yicha amalga oshiriladi konstruksiyaning normal sharoitda foydalanishga holatiligi uni kuchlanish - deformatsiyalanish holatining I yoki II bosqichidan kelib chikkan xolda bajariladi; zaxiraviy umumiy koeffitsienti urniga yuk, material va ishlash sharoiti bo’yicha hisob iy ishonchlilik koeffitsientlari kiritildi.

Chegaraviy xolatning birinchi guruhi bo’yicha hisob ishlari quydagilarni uz ichiga oladi: mustahkamlikka hisob lash, konstruksiyani buzilishdan saqlashini ta’minlovchi turgunlikka hisob lash, konstruksiya shaklini uzgarmasligini ta’minlovchi xolat ustivorlikka hisob lash (uzunasiga egilish hisob i); chidamlilikka hisob lash va charchash buzulishdan asrashga hisob lash.

Ikkinchi guruh bo’yicha chegaraviy xolat hisob i quydagilarni uz ichiga oladi: konstruksiyada yorik hosil bo’lish i bo’yicha yoki ularni ochilishi bo’yicha hisob lash; konstruksiyani ruxsat etilmagan siljishlardan asrash uchun deformatsiyalar bo’yicha hisob lash.

Bunda chegaraviy holatlarning birinchi guruhi bo’yicha hisob lash muximrok hisob lanadi, chunki u konstruksiya xayotini belgilaydi. SHuning uchun chegaraviy xolat birinchi guruhi bo’yicha hisob lash barcha konstruksiyalar uchun shart.

Qurilish konstruksiyalari hisob iy tizimida chegaraviy xolatning ikkinchi guruhi bo’yicha hisob lash ham muxim hisob lanadi. Bu guruh chegaraviy xolatning ikki asosiy yo’nalish ini uz ichiga oladi.

Qurilish konstruksiyalari yorikka chidamliligiga (yopikbardoshliligi) tekshirish

Deformatsiyaga tekshirish.

Yorik hosil bo’lish i va ochilishi konstruksiyalarni normal xolatda ishlashiga xavf tugdiradi: Bunday sharoitda armatura zanglaydi, elementning tashqi ko’rinishii uzgaradi, natijada ular gazni bosim ostida utkazib yuboradigan bo’lib koladi.



Konstruksiyadan foydalanishning maqsadi va shartiga qarab, yorikbardoshliligi bo’yicha turli talablar kuyiladi, shuning uchun ularni yoriklar hosil bo’lish i, yopilishi va ochilishi bo’yicha hisob lash lozim.

Konstruksiyalarni normal kesimlar bo’yicha yoriqqa bardoshlika hisob lashda quydagi shart bajarilishi kerak

ya’ni me’yoriy kuch ta’siridan hosil bo’ladigan eng katta me’yoriy zurikish yoki eguvchi moment yorik paydo kiluvchi zo’riqish kuchi Ncrc yoki eguvchi moment Mcrc dan katta bulmasligi kerak.

Yoriklar ochilishiga hisob lashda, elementlarning chuziluvchi armatura satxida paydo bo’ladigan yoriklar kengligi - asgs yorikbardoshlilik toifalariga mos xolda belgilangan yoriklar kengligining cheklangan miqdori - [asgs] dan ortib ketmasligi kerak



a crc ≤(acrc ),

bu erda: [acrc] - yoriklar kengligining cheklangan miqdori .

Konstruksiyalarni deformatsiyaga hisob lashda ularda tashqi yukdan hosil bo’ladigan solkilik - g‘ uning cheklangan miqdori g‘u dan ortib ketmasligi ta’minlanishi zarur, ya’ni

g‘ 1

Solqilalnishning cheklangan miqdori g‘ [1] 1.2- jadvalda keltirilgan.

Deformatsiyani cheklash nima uchun kerak degan savol turishi tabiiy.

Deformatsiyani cheklash zarurati quydagi sabablar tufayli vujudga keldi:

-kuzga tashlanadigan egilishlar odam psixikasiga salbiy ta’sir etadigan xollarda;

-konstruksiyalar tebranganda odamlarda hosil bo’ladigan yomon xissiyot uyg’otadigan holatlarida;

-texnologik uskunani normal ishlashi uchun sharoitni buzilishi va elementning deformatsiyasi natijasida murakkab konstruksiyani zararlanishi holatlarida va x. k.

Konstruksiyalarni ishlash sharoiti va yo’nalish ini hisob ga olib, me’yoriy hujjatlarda deformatsiyaning chegaraviy qiymati belgilanadi va ularni hisob lashda e’tiborga olish zarur deb belgilab qo’yildi.

Birinchi yoki ikkinchi chegaraviy xolatni vujudga kelishi quydagi asosiy omillarga bog’liq:

-tashqi kuchlar va ta’sirlar qiymatiga;

-beton va armaturaning mexaniki xarakteristikasiga (vaqtincha qarshiligi, oqish chegarasi);

konstruksiyalarning ishlash sharoitiga (tayyorlashdagi sharoiti, zararli muhitda ishlashi va xk).

Yuqoriida keltirilgan omillarni hisob ga olish uchun bir qator koeffitsientlar tizimi ishlab chiqildi.

Yuklarning me’yoriy miqdori ni o’zgarishi hisob lashda:

yuk bo’yicha ishonchlilik koeffitsientlari - u g‘;

beton va armaturaning mexAniqi tavsifini uzgaruvchanligi bo’yicha ishonchlilik koeffitsientlari - γ, γs;

ishlash sharoiti bo’yicha koeffitsientlari - γbi; γ,

konstruksiyalarni kanday masadlarda (bino va inshootlarni xalq xo’jaligidagi ahamiyatiga qarab) foydalanilishiga qarab, ishonchlilik koeffitsienti -u orqali hisob ga olinadi.

Yuqorida keltirilgan koeffitsientlar tizimini qullanilishiga sabab, konstruksiyalarga eng noqulay vaziyatlarda yuklar ta’sir etganda ham materiallar mustahkamligi qiymati juda kichik bo’lganda ham konstruksiyalar murakkab chegaraviy xollatga duch kelganda ham ishonchliligini ta’minlay oladi.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1.Qurilish konstruksiyalarini chegaraviy holatlar usulida hisob lashdan maqsad.

2.CHegaraviy holatlar deganda konstruksiyaning kanday holati tushiniladi.

3.Qurilish konstruksiyalarini chegaraviy holatlar usulida hisob lash tugrisida ma’lumot bering.

4.Qurilish konstruksiyalarini chegaraviy holatlar usulida hisob lashda ishlatiladigan koeffitsientlarva ularning vazifalari.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling