O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti
Download 0.99 Mb.
|
Amaliy mashg'ulot QMB VA KICH oxir111111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi
- «Qurilish konstruksiyalari” ” fanining boshka fanlar bilan aloqalari
- Fanni o‘tishda foydalaniladigan texnik vositalar
- Amaliy mashg‘ulot – 1-2. Po’lat qurilmalarda ishlatiladigan materiallarning asosiy xususiyatlari. Po’latning statik yuk ostida ishlashi .
- Amaliy mashg‘ulot – 3. Metall konstruksiyalarini loyihalash
- 1.2 Qurilish konstruksiyalariga qo’yiladigan talablar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI «Bino va inshootlar kurilishi» kafedrasi «QURILISH KONSTRUKSIYALARI» fanidan JIZZAX – 2019 y Uslubiy ko‘rsatma “Qurilish materiallari buyumlari, va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” talim yo‘nalishi bo‘yicha talim oluvchi talabalarning “QURILISH KONSTRUKSIYALARI” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, nazorat qilish va baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Uslubiy ko‘rsatma “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasining 2019 yil “______” _________________dagi ____-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va ma’qullangan. “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi mudiri dots. N.Asatov Uslubiy ko‘rsatma Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti Kengashining 2019 yil “______” _________________dagi ____-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va maqullangan. “Arxitektura va qurilish” fakulteti dekani dots. A.Berdikulov Tuzuvchi: kat o‘q. Aliev M. R ass. Tillaev M.A. ass. Raxmonov N.E.
Qurilish konstruksiyalari fani “Qurilish materiallari buyumlari, va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” talim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr mutaxasssislar tayyorlashda etakchi umumkasbiy fan hisoblanadi. Maskur kursda beton, temir beton va po‘lat kabi ashyolarning asosiy fizik-mexanik xossalari, yig‘ma va quyma temirbeton hamda metall konstruksiyalarini loyixalashga doir malumotlar bino va inshootlarning turli konstruksiyalari hisobi haqida nazariy va maliy bilimlar bayon etilgan. Har bir nazariy bilim aniq misollar va uning echimi bilan birga olib borilgan. Murakkab hisob-kitob ishlarini osonlashtirish maqsadida EHM uchun blok sxemalari berilgan. Mazkur kursning maqsadi talabalarga temirbeton va metall konstruksiyalarini hisoblash va loyixalash usullarini o‘rgatishdan iboratdir. Temirbeton va metall konstruksiyalari fani muhandisni shakllantiradigan fanlardan biri bo‘lib, uning aoslarini chuqur o‘zlashtirmoq har qanday binokor muhandis uchun ham qarz, ham farzdir. Temirbeton va metall konstruksiyalarini loyihalash nazariyasi texnika fanlari sohalaridan biri bo‘lib, tejamkor va mustahkam elementlar yaratish ustida ish olib boradi. Nazariy bilimlarni mustahkamlashda esa amliy mashg‘ulotlar va kurs ishi, kurs loyixasini bajarish katta ahamiyat kasb etadi. «Qurilish konstruksiyalari” ” fanining boshka fanlar bilan aloqalari: «Qurilish konstruksiyalari” ” fani quyidagi fanlar bilan yaqin aloqada: Matematika Informatika va axborot texnologiyalari CHizma geometriya va injenerlik grafikasi Arxitektura Qurilish mexanikasi va inshootlar zizilabardoshligi Qurilish materiallari va metallar texnologiyasi - Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi - Markaziy Osiy sharoitida temirbeton konstruksiyalarni loyihalash - Qurilishini loyihalashda avtomatlashtirish Fanni o‘tishda foydalaniladigan texnik vositalar: “Qurilish konstruksiyalari” fanini o‘tishda quyidagi texnik vositalardan foydalaniladi: Kompyuter Ko‘rgazmali qurol Proektor Slaydlar Elektron darslik Tarqatma material Amaliy mashg‘ulot – 1-2. Po’lat qurilmalarda ishlatiladigan materiallarning asosiy xususiyatlari. Po’latning statik yuk ostida ishlashi. Po’lat asosan ferrit va perlit zarrachalaridan iboratdir (perlit zarrachalari mustahkamroq). Asosan ikki xil zarrachalardan iborat bo’lgan po’latning mustah-kamligi, elastikligi va ishlash qobiliyati ularning nisbatlariga bog’liq. Nazariy va tajriba izlanishlar shuni kursatadiki, monokristall temirning bir qismini uzishdan ko’ra siljitish osonroq. Shuning uchun elastik deformatsiyalari temirning zarrachalarida siljish orqali barpo bo’ladi. Tajriba tekshirishlar asosida shunday xulosa chiqadiki, siljish tekisliklar uzra katta diagonal yo’nalish da bo’ladi. Atomlararo bog’lanish kuchini bilib, taxminan nazariy hisob lab chiqish mumkin. Bir tekislikda yotgan atom kristallarining boshqa tekislikda yotadigan atom kristallarini siljitish uchun ketadigan kuch nazariy hisobga nisbatan tajribada siljitishga ketadigan kuch yuz marta kamroqdir. Nazariya bilan amaliyotning farqini shunday tushuntirish mumkin: atom strukturasidagi bo’glanishlar mukammal darajasida bo’lmagan ligi va nuqsonlar borligi sababli. Materiallar mustahkamligini oshirish uchun ikki xil yo’nalish bor: Kristall strukturadagi nuksonlarni kamaytirish, ularni mukammal strukturasiga yakinlashtirish; Atomlar aro boglanishini yaxshilash uning kristall panjarasini uzgartirish orqali erishish mumkin. Po’latlarning tuzilishidagi kuchlanishlar diagrammasi 1.1-rasmda tasvirlangan. Masalan uglerodli po’lat St3 ning cho’zilish diagrammasini taxlil qilib chiqaylik. Diagrammadan ko’rinadiki, kuchlanish ma’lum mikdorga etguncha kuchlanish «σ» bilan nisbiy cho’zilish «ε» urtasidagi munosabat tugri chizikdi bo’ladi, ya’ni ular bir-biriga tugri mO’tanosib bo’ladi: σ=E- ε. Kuchlanish ma’lum mikdorga «σp» etgandan sung mO’tanosiblik buziladi. Birinchi bosqichda kuchlanishga mO’tanosib elastik deformatsiyalar sodir bo’ladi, shu sababli bu bosqich po’latning elastik ishlash bosqichi deyiladi. «σok» - oquvchanlik chegarasi deyiladi. Bu nuktaga etish oldida egri chizikning holati keskin uzgaradi va keyin abssissa o’qiga deyarli parallel bo’ladi. Bu bosqichda yuk ta’sirida deformatsiyaning elastik qismi kaytib, boshqa qismi koladi. U qoldiq deformatsiya deyiladi. Oqish chegarasidan keyin materialning qarshilik kursatish kobiliyati kuchaya boshlaydi, ya’ni material mustahkamlanadi. Bu mustahkamligi va bikirligi Yuqoriirok bo’lgan perlit zarrachalarining ishga tushganligidan dalolat beradi. Po’laning bu ish bosqichi o’z-o’zidan mustahkamlanish bosqichi deyiladi. Yukning miqdori ortishi bilan kuchlanish muvaqqatqarshilik ka «σv» yakinlashgan sari materialning eng zaif joyida cho’zilish deformatsiyalari kuchayib, «buyin» hosil qilaldi. Kuchlanish qiymati muvaqqatqarshilik ka tenglashgandan sung (mustahkamlik chegarasi) «buyin» ingichkalashib boraveradi va namuna tezda uziladi. Po’latning cho’zilish dagi diagrammasi 1.Kam uglerodli po’lat. 2.Legirlangan po’lat. 3. Mustahkamligi oshirilgan po’lat. E=21000 kN/sm - elastiklik (kayishkoklik) moduli, Run= σok - po’latning oquvchanlik bo’yicha me’oriy qarshiligi, Kip=- po’latning vaqtinchalik qarshiligi Ry=Run/γm -po’latning oquvchanligi bo’yicha hisob iy qarshiligi, γm - materialning ishonchlilik koeffitsienti(kuchlanish ta’sirida po’latning mexAniqi xususiyatlari uzgaruvchanligini hisob ga oladi): γm= 1,025 . . . 1,15 bo’ladi. Ry=Run/γm - po’latning vaqtinchalik qarshiligi bo’yicha hisob iy qarshiligi. Po’lat prokat va quvurlar materiali bo’yicha ishonchlilik koeffitsientlari.
Amaliy mashg‘ulot – 3. Metall konstruksiyalarini loyihalash Asoslari Konstruksiyalarni hisob lash va loyihalashning maqsadi va vazifasi. Metall konstruksiyalari loyihalash deb, ularning statik (yoki dinamik) kuchlarga, elementning kesim yuzasini hisoblash va loyihalash tushuniladi. Umuman qurilish konstruksiyalarini hisoblash ikki bosqichdan iborat: Elementlardagi kuchlanishni aniqlash va bu kuchlanish asosida kesim yuzasini topish; Konstruksiyani egilishini me’yoridan oshmasligini tekshirish. Loyihalangan konstruksiyalarning samaradorligi ularning texnik -iqtisodiy kursatkichlari hamda ishlash jarayonida mavjud foydalanish talablariga mosligi darajasiga qarab baxolanadi. Hisob lashning asosiy maqsadi , temirbeton konstruksiyalari yuk ostida ishlaganda ularni eng tejamli o’lchamlarini tanlash va shu bilan birga xavfsizlik, ishonchlilik va uzoqa chidamlilik talablariga javob berishiga erishishdir. Hisob lashning asosiy vazifasiga tashqi yuk ta’siridan konstruksiya elementlarida hosil bo’ladigan zurikishlarni aniqlash, talab etilgan kesim yuzalar,armaturalar miqdori ni hamda konstruksiya ishchi chizmalarini tayyorlashdagi zarur ma’lumotlarni aniqlash kiradi. Konstruksiyani hisob lash qurilish me’yorlari talablari asosida amalga oshiriladi. Qurilish me’yorlari va qoidalari - KMK qurilish konstruksiyalari nazariyasining amaliy natijasi hisob lanib va u konstruksiyalarni loyihalashda, qurishda va foydalanishda erishilgan yuzida aks ettiradi. Elementning normal kesim yuzasini samarali shakli va o’lchamlarini, betonning optimal sinfini, ishchi armaturaning sinfi, kesim yuzasini va elementni yorilishga bardoshiga va bikirligini hisob ga oladigan kesim yuzasi hisob iy kesim yuzasi deyiladi. Konstruksiya deb, element qismlarini birlashtirish tushuniladi. Konstruksiyalash esa, binolarni konstruktiv xal etish, ularning elementlaridan ishchi, montaj armaturasini joylashni samarali sxemasini belgilash, opalobka va armatura konstruksiya uzellari va elementlari chizmalarini ishlab chikishdan iborat bo’ladi. Konstruksiyalarning loyihalash, kesim yuzasi haqidagi ma’lumotlar asosida, me’yor talablarni hisob ga olgan xolda bino va inootni qurish va ishlatish jarayonida mustahkamligi, yorikbardoshligi va bikirligini ta’minlaydigan hisob iy kuchni aniqlashdan iborat bo’lish kerak.
Qurilish konstruksiyalari ularga qo’yiladigan funksional, texnik, iqtisodiy, estetik va boshqa talablarni hisob ga olgan xolda loyihalanadi. Funksional talablarga ko’ra xar bir konstruksiya qanday maqsad ga mo’ljallangan bo’lsa, shunga mos bo’lish i hamda bino yoki inshootda bajarilayotgan texnologik jarayonlarning qulay va xavfsiz bo’lish ini ta’minlashi lozim. Texnik talablar konstruksiyaning zarur mustahkamligi va uzoqqa chidashini ta’minlashga qaratiladi. Qurilish konstruksiyalariga qo’yiladigan muxim talablarga tayyorlash va ishlatishdagi tejamliligi, industrialligi va texnologiyabopligi kiradi. Zavodlarda tayyorlangan elementlardan iborat yig’ma konstruksiyalar bu talablarni tuliq qanoatlantiradi.
-samarali qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalanish; -konstruksiyalarning massasini kamaytirish; -materiallarning fizik-mexAniqi xususiyatlaridan to’liq foydalanish; -maxalliy qurilish materiallarini ishlatish; -asosiy qurilish materiallarini tejamkorlik bilan sarf qilishga oid tegishli talablarga rioya kilish. Loyihalashda yechimlarning bir necha variantlari tuzilib, ularda konstruksiyalarni tayyorlash va qurishdagi materiallar, energiya, mexnat sarfi, qurilish narxi va muddatlariga oid ko’rsatkichlar aniqlanadi; konstruksiyaning me’moriy kurkamligi ham e’tiborga olinadi. Variantlarni taqqoslash orqali eng makbul echim tanlab olinadi. Konstruksiyalarning tejamliligi ularga qo’yiladigan asosiy talablardan biri hisob lanadi. Tejamlilik - materiallar sarfi va tannarxi, konstruksiyalarni tayyorlash, qurilish maydoniga tashib keltirish, montaj kilish va ulardan foydalanishdagi xarajatlarga bog’lik bo’ladi. Material sarfi jihatidan eng afzal konstruksiya teng mustahkamlikdagi konstruksiya hisob lanadi. Bunday konstruksiyadagi barcha kesimlar unga ishlatiladigan materiallarning fizik-mexAniqi xossalaridan tulik foydalanish sharti bilan tanlangan bo’ladi (teng mustahkamlikka ega bo’lmagan konstruksiyalarda ba’zi yirik elementlarning mustahkamligidan tuliq foydalanilmaydi). Konstruksiya unga ta’sir etadigan kuchlarga hisob langan bo’lishi kerak. Tashqi yuklar, tayanchlarning siljishi, haroratning o’zgarishi, kirishishlar va boshqa shunga uxshash xodisalar konstruksiyalarga ta’sir etadigan kuchlarga kiradi. Bino va inshootlarni loyihalashda konstruktiv sxemalar tuzish kerak. Bunday sxemalar bino va inshootning hamma qismlarida, uni qurish va foydalanishning barcha bosqichlarida konstruksiyalarning zaruriy mustahkamligi, ustivorligini ta’minlashi lozim. Loyihalarda konstruksiyalarning uzoqqa chidamliligini ta’minlashga karatilgan tadbirlarni kuzda tutish sovukbardosh va utga chidamli, korroziyabardosh materiallarni tanlash, ularni chirishdan ximoya kilishga doir choralar qurish kerak.
Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling