Softswitch kommutatori dasturiy ta’minotining ishonchliligi.
Softswitch kommutatorining dasturli ta’minoti ximoyalangan ishli, xatolarga bardoshlilikni va xatolarni aniqlash tizimli, qavatli, modulli tuzilishga ega. Tizimga qo‘yilgan talablar, uning loyixalashtirishining taxlilidan boshlab, to dasturli ta’minotni sinovdan o‘tkazguncha Softswitch ishlab chiqishining xamma bosqichlari “funksional imkoniyatlarning rivojlantirish modeli” muolajalar talabiga muvofiq. Softswitch ishlab chiqarishda sifatni oshirish uchun kodlardan to‘g‘ri o‘tish, tekshiruv, ko‘rib chiqish, uzellarni sinash, tizimni sinash va boshqa foydali qo‘llanilgan choralar dasturli ta’minot mustaxkamligini ancha oshiradi. Softswitch da taymer bo‘yicha dasturli ta’minot resurslarini, real vaqtda monitoringni, xotirani ximoyalash va ma’lumotlarni vaqti–vaqti bilan tekshirishini o‘tkazish, butun tizim ishini buzilishiga olib keluvchi dasturlar ishidagi arzimas xatolarni oldini olish imkonini beradi, bu uning xatolarga bo‘lgan bardoshligini ancha kuchaytiradi.
Softswitch da ham apparatli qismda ham dasturli taminotga rad etishlar avtomatik aniqlash va tashhis qo‘yish bajariladi. Xizmat taqdim etishda tanaffusni oldini olish uchun, shikastlangan uzellar avtomatik ravishda o‘chirilishi, qayta o‘rnatilishi va qayta yuklantirishi mumkin.
Tizimning ortiqcha yuklanishini oldini olish Softswitch da yuklanishni boshqarishning quyidagi mexanizmi qo‘llanilgan:
Yuklanishni chegaralovchi to‘rtta daraja qo‘llaniladi.
Agar SPU markaziy protsessordagi yuklanish malum bo‘sag‘agacha yetsa, trafik oqimini boshqaruvchi mexanizm ulanadi va xar bir darajada 25 % abonent o‘chiriladi. Agar SPU da yuklanish ko‘paysa, xizmat taqdim etish bir darajaga pasayadi. Tiklanish shunga o‘xshab to‘rtta darajada bajariladi.
Kodlashtirish usuli tarmoqning bandligi va ortiqcha yuklanganligiga bog‘liq holda dinamik o‘rnatiladi va bu to‘g‘rida ularni o‘rnatish uchun shlyuzlarga habar beriladi.
Uskunalar ishining tavsiflarini tekshirish va xozirgi xolatini tahlil qilish asosida berilgan, trafikni boshqaruvchi komandalar saqlab qolinadi yoki shu damda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |