O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti nazarov xusanbek avazbek o‘G‘LI
Multiservisli tarmoq elementlarini boshqarishning ishonchliligi
Download 4.26 Mb.
|
Диссертация Хусан Назаров nusxa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Параллел уланишли тармоқ.
Multiservisli tarmoq elementlarini boshqarishning ishonchliligi. Multiservisli tarmoq ochiq va taqsimlangan tarmoq bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun media-shlyuzlar IP tarmoqlar bo‘yicha uzoqlashgan moslashuvchan kommutatorga kirishni tashkil qilishlari mumkin. Lekin, transport tarmog‘i kommutatordan ajralganligi sababli, tarmoq ishida nosozlik, apparat qism uskunalarida shikastlanish yoki kommutatorning o‘zida nosozliklar kelib chiqqan holda. U media-shlyuzlarni boshqarish imkoniyatini yo‘qotadi. Bu holda media-shlyuzlar abonentlarga xizmat ko‘rsata olmaydi va tizim ishining ishchanligi va mustahkamligiga ancha ta’sir etadi.
Bu muammoni yechish uchun, Softswitch tizimi ikki bog‘lamli xostni boshqarish mexanizmini taqdim etadi. Bu holda, media-shlyuz ikkita mustaqil Softswitch tizimida bir vaqtda joylashadi. Ulardan biri asosiy vazifasini, ikkinchisi esa media-shlyuzning rezerv kontrolleri (Media Gateway Controller (MGC)) vazifasini bajaradi. Oddiy hollarda media-shlyuzlar aktiv Softswitch tizimi tomonidan boshqariladi va nazorat qilinadi. Lekin nosozliklar kelib chiqqan xolatda, shlyuzlarni boshqarish avtomatik holda rezerv MGC ga uzatadi, bu xizmat ko‘rsatishning to‘xtashidan qutilish tizim ishini mustaxkamligini oshirishga imkon beradi. Xozirgi vaqtda Softswitch tizimi tarmoqda ikki bog‘lamli ishning statistik va dinamik modelini quvvatlaydi. Tarmoqda dinamik ikki bog‘lamli ishning 2 ta rejimi mavjud. Aktiv/rezerv va taqsimlangan yuklantirish bilan. O‘zaro quvvatlash: tizim Softswitch A va Softswitch V dan iborat. Agar Softswitch V ishdan chiqsa, va agar Softswitch A ning qisman yoki xamma xizmatlarini taqdim etishni o‘z zimmasiga olsa, unda Softswitch A o‘zaro ishlash vazifasiga ega xisoblanadi. Media shlyuzlar boshqaruvini rezervlashning yuqorida ko‘rsatilgan usullarini batafsilroq ko‘rib chiqadi. Параллел уланишли тармоқ. Parallel ulanishli statik yechimi 1.3-rasmdagi 1+1 sovuq rezerv sxemasi bilan bir xil. Ikkita dasturli kommutatorning statistik parallel ulanishdagi o‘zaro ishlash negizini ko‘rib chiqamiz. 1.3 rasm. Statistik parallel ulanishli tarmoq Rezervlash negiziga asosan Softswitch ning ikkita kommutatori xar xil joyda joylashishi va bir-birini o‘zaro quvvatlashi mumkin. Lekin ular bitta stansiyaga qaram va ishchi/rezerv rejimida ishlashadi. Softswitch ning ishchi va rezerv kommutatorlari bir xil apparatli va dasturli kofiguratsiyaga va ma’lumotlar konfiguratsiyasiga ega. Ular bir xil IP adresga ega. Normal vaziyatda ishchi Softswitch xamma media shlyuzlarni boshqaradi va abonentlarga xizmatlarni taqdim etishni ta’minlaydi. Yangi stansiyani ishga tushirishda operatorga birinchi navbatda ishchi Softswitch ning ma’lumotlar kofiguratsiyasini kiritish va sozlashga to‘g‘ri keladi. Operator kofiguratsiyani tugatish uchun tarmoq kabeli orqali xamma ma’lumotlarni rezerv Softswitch ga nusxalaydi. Ishning keyingi jarayonida operator NMS tizimini boshqarish tarmog‘i orqali ishchi va rezerv Softswitch da ma’lumotlarni sinxronlashi mumkin. Real sharoitda ishchi va rezerv Softswitch ni boshqaruvchi interfeyslar, dinamik marshrutlash protokollarini quvvatlovchi, ikkita marshrutizator bilan ulangan. Marshrutlash ma’lumotlarning muvofiq konfiguratsiyasida, tizim normal sharoitda marshrutizatorlarda tashqi IP paketlarni uzatish va qabul qilishni faqat ishchi Softswitch ning boshqarish interfeysi orqali ruxsat beradi. Agar ishchi Softswitch ishdan chiqsa, rezerv Softswitch ning boshqarish interfeysiga tashqi IP paketlarini uzatish va qabul qilishga ruxsat berish uchun, operator marshrutizatorda marshrutlash ma’lumotlarini o‘zgartirishi mumkin. Bu holda, marshrutizatordagi dinamik marshrutlash protokoli juda qisqa vaqt (bir necha soniya) ichida o‘zgartirilgan yo‘nalishlar (marshrutlar) ma’lumotlarini tarqatishi mumkin. Tarqatilgandan so‘ng marshrutizatorlar IP paketlarni Softswitch ga qayta ishlash uchun jo‘natadi. Download 4.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling