O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T normuradov, B. E umirzaqov, A. Q tashatov
Download 4.16 Mb. Pdf ko'rish
|
NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI (UMUMIY) 22.06.2020
A.A.Abduvayitov- Toshkent davlat texnika universiteti
«Umumiy fizika» kafedrasining dotsenti, f-m.f.n. © Normuradov M.T. va boshqalar., 2020 © «YANGI NASHR», 2020 3 KIRISH Hozirgi vaqtda nanoplyonkalar, nanokristallar olish va ularning xususiyatlarini o’rganishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa o’z navbatida nanomateriallarni o’rganish usullarini kengayishiga va rivojlanishiga olib kelmoqda. 1965-70 yillarga qadar qattiq jismning deyarli barcha asosiy xususiyatlari uning hajmi holatiga (tarkibi, tuzilishiga) bog’liq deb qaralar edi. Ammo bu davrga kelib jismning juda ko’p xossalari uning yuza qatlamlarining holatiga uzviy ravishda bog’liq ekanligi aniqlana boshlandi. Masalan, jismlarning emission va optikaviy xususiyatlari, korroziyaga va ayrim mexanik ta’sirlarga chidamliligi birinchi holda yuzaning tarkibiga va tuzilishiga bogliq ekanligi ma’lum bo’lib qoldi. Hozirgi paytda qattiq jismning deyarli barcha fizik xususiyatlari, hattoki ayrim mexanik xossalari va ko’pgina kimyoviy xossalari uning yuzasining holati bilan aniqlanishi tajribada isbotlangan. Shuning uchun ham 1970-yillardan boshlab yuzalarni tadqiq qilish va uni o’rganish uchun yangi maxsus usullar ishlab chiqishga juda katta ahamiyat berila boshladi. Jismning yuza qatlamlari alohida, o’ziga xos bo’lgan murakkab xususiyatlarga ega bo’lib, ular hajmiy xususiyatlardan keskin farq qiladi. Bunday farqlarning juda ko’p sabablari bor. Hattoki, ideal holgacha tozalangan va bir xil tarkibli kristallarda ham yuza va hajm xususiyatlari farq qiladi. Chunki, masalan, hajmda joylashgan atomlar o’zining to’rt tarafidan atomlar bilan bog’langan bo’lsa, yuzadagi atomlar faqat uchta tomondan bog’lanib, tepada atomlar yo’q bo’lganligi uchun to’rtinchi tomondan bog’lanmagan bo’ladi. Shunday qilib yuzadagi kristall tuzulish yoki panjara parametrlari hajmnikidan farq qiladi. Bu esa o’z navbatida hajm va yuza elektron tuzilishlarining bir-biridan farq qilishiga olib keladi. Yuza qatlamlarga tashqi ta’sir ko’rsatib, uning xususiyatlarini kerakli yo’nalishda o’zgartirish mumkin. Buning uchun ionlar implantatsiyasi, lazer va boshqa nurlar bilan ishlov berish, aktiv element atomlari va molekulalar o’tkazish va boshqa usullardan foydalaniladi. 4 Qattiq jismlarning qator xususiyatlari ko’p jihatdan uning yuza qatlamlariga va o’lchamlariga bog’liqdir. Jumladan hozirgi zamon texnologiyasida, xususan, mikro- va nanoelektronikada, nanoplenkalarni, nanomateriallarni fizikaviy va kimyoviy xossalarini o’rganish asosiy o’rinni egallaydi. Bu nanomateriallarning tarkibini va tuzulishini o’zgartirish uchun juda ko’p usullar qo’llaniladi: xususan qo’llanmada ionlarni implantatsiya qilish, diffuziya, impulsli elektron dastalari va lazer nurlari bilan ishlov berish, yuqori haroratda qizdirish va qattiq, jism yuzasida atom oqimlardan foydalanib kerakli kristallarning yupqa nanoepitaksial qatlamlarini hosil qilish usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Shu qatorda qo’llanmada qattiq jismlarning yuza va yuza osti qatlamlarini tekshiruvchi an’anaviy usullar va zamonaviy usullar haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Zamonoviy elektronika asbobsozligida ko’p qatlamli nanoplyonkalar ketma-ketligidan iborat tizimlar asosiy o’rinni egallaydi. Ular asosida katta va o’ta katta integral sxemalar, planar va hajmiy o’ta panjaralar, lazerlar, yuqori va o’ta yuqori chastotali rezanotorlar ishlab chiqilmoqda va takomillashtirilmoqda. Bunday tizimlar nanoplyonkalar va nanokristallar asosida kvant xususiyatli asboblar ishlab chiqarishda ham katta istiqbolga ega. Bu qo’llanmada qattiq jism yuzasi va uning xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Undan tashqari bir-biri bilan kontaktga kiritilgan ikki qattiq jism chegarasida zonaviy tuzilishning o’zgarishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Download 4.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling