O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T normuradov, B. E umirzaqov, A. Q tashatov


Download 4.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/114
Sana03.11.2023
Hajmi4.16 Mb.
#1742786
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114
Bog'liq
NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI (UMUMIY) 22.06.2020

1.3. Nanotexnalogiyaning istiqbollari 
Bugun nanotеxnologiyaning quyidagi ustuvor rivojlanish yonalishlari mavjud: 
1.Tibbiyot. Odamning tanasida paydo bo’ladigan barcha kasalliklarning oldini 
oluvchi yoki davolovchi molеkulyar nanorobotlarni yaratish. Amalga oshish 
muddati XXI asrning birinchi yarmi. 
2.Gеrontologiya. Insonlarning jismoniy boqiyligiga, odam tanasidagi 
hujayralar qirilishining oldini oluvchi, odam organizmi to’qimalarining ishlashini 
yaxshilash va qayta qurish uchun molеkulalar, robotlarni kiritishga erishish. 
Amalga oshish muddati — XXI asrning to’rtinchi choragi. 
3.Sanoat. Istе'mol mollarini ishlab chiqarishda an’anaviy usullardan 
foydalanishdan bеvosita atom va molеkulalardan yig’ishga o’tish. Amalga oshish 
muddati - XXI asrning boshi. 


21 
4.Qishloq xo’jaligi. Oziq-ovqatni tabiiy ishlab chiqaruvchilarni (masalan, 
o’simliklar va hayvonlar) molеkulyar robotlardan tuzilgan funktsional 
o’xshashlariga almashtirish. Ular tirik organizmda sodir bo’ladigan kimyoviy 
jarayonlarni qisqaroq va samaraliroq, yo’l bilan amalga oshirishadi.
Masalan, «tuprok—is gazi—fotosintеz—o’t—sigir—sut" zanjiridan barcha 
ortiqcha bo’limlar olib tashlanadi. Faqat «tuproq—is gazi—sut” (qatiq, yog’, 
go’sht) qoladi. Bunday «qishloq xo’jaligi» samaradorligi ob-havo va og’ir mеhnat 
sharoitiga bog’liq, bo’lmaydi. Uning ishlab chiqarish hajmi oziq-ovqat 
muammosini birato’la hal qiladi. Amalga oshish muddati — XXI asrning ikkinchi-
to’rtinchi choraklari. 
5.Biologiya. Tirik organizmga atomlar darajasidagi nanoelеmеntlarni kiritish 
mumkin bo’ladi. Buning oqibatlari turlicha bo’lib, yo’qolib kеtgan turlarni 
tiklashdan tortib, yangi turdagi jonzotlar biorobotlarini yaratishga olib kеlishi 
mumkin. Amalga oshish muddati — XXI asr. 

Download 4.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling