O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T normuradov, B. E umirzaqov, A. Q tashatov
Jismning elektronoptik tasvirini olish uchun
Download 4.16 Mb. Pdf ko'rish
|
NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI (UMUMIY) 22.06.2020
Jismning elektronoptik tasvirini olish uchun jismda elektronlarning
to‘xtalishi emas, balki elektronlarning sochilishi deb nomlanuvchi hodisadan foydalaniladi. Bu hodisa tez elektronlar jismning yupqa qatlami orqali o‘tayotganda, ular o‘zining boshlang‘ich yo‘nalishidan og‘ishadi. Bunda elektronlarning tezligi juda kam o‘zgaradi, sochilish natijasida yupqa parallel elektron to‘plam jism orqali o‘tib, tarqala boshlaydi (6.1 – rasm). Agarda tarqaluvchi to‘plam yo‘liga, unga perpendikulyar bo‘lgan ekran qo‘ysak, u holda ekranda quyidagi manzarani ko‘rishimiz mumkin. Elektronlarning eng katta zichligi, elektronlarni ekranga tushushi orqali hosil bo‘lgan doira markazida bo‘ladi, ya’ni elektronlar og‘magan joy. Markazdan qanchalik uzoq bo‘lsa, shunchalik ekranga tushuvchi elektronlarning zichligi kichik bo‘ladi. Markazdan ma’lum bir masofada elektronlar umuman mavjud bo‘lmaydi. Shunday qilib, sochilgan elektron konusni to‘ldirib, u uchun og‘magan elektronlar nuri simmetriya o‘qi hisoblanadi. Elektronlarning boshlang‘ich yo‘nalishidan og‘ish 143 burchagi qanchalik kichik bo‘lsa, shunchalik sochilgan elektronlar zichligi katta bo‘ladi. Agarda jismning sochuvchi qatlami qalinligini yoki zichligini oshirsak, u holda katta sochilish burchagiga to‘g‘ri keluvchi sochilgan elektronlar ulushi oshadi, hamda sochilgan elektronlar konusi cho‘qqisidagi burchak kattalashadi. Xuddi shunga o‘xshash hodisa elektronlarning energiyasi kamayganda ham kuzatiladi. 6.1 – rasm. Elektronlarni sochilishi Sochilgan elektronlar hisobiga jismning elektron optik tasvirini olishni ko‘rib chiqamiz. Monoxromatik parallel elektronlar to‘plami tushuvchi jism orqasiga elektron linza L va apertura diafragmasi D joylashtirilgan bo‘lsin (6.2 – rasm). Oxirgisining ahamiyati katta bo‘lib, u apertura burchagidan katta burchakka sochilgan elektronlarni ushlab qoladi. 6.2 – rasm. Yorug‘ tasvirni olish namuna ekran Elektronlar dastasi L D S U 0 144 Elektron to‘plam jism tomonidan sochilsa, apertura diafragmasi tomonidan ushlab qolinadi. Jism elektronlarni kuchsiz sochuvchi taglikda (yupqa parda) yotibdi. Jism bir jinsli bo‘lmaganligi uchun elektronlar uning turli sohalarida turlicha sochiladi. Jismdan o‘tuvchi elektronlar qanchalik kuchsiz sochilsa, ular apertura diafragmasidan o‘tadi. Shuning uchun L linza yordamida S fluorensent ekranda olingan jism tasvirida, ekranga tushuvchi elektronlarning zichligi, jismning qalin va zich joylarida sochilishi hisobiga kichik bo‘ladi. Aksincha kam sochilgan joylar uchun ekranda yorug‘roq bo‘ladi. Bu usulning nomi yorug‘ Download 4.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling