O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T normuradov, B. E umirzaqov, A. Q tashatov
Aralashmasi yo‘q ideal yarim o‘tkazgich zonalarining parametlarini
Download 4.16 Mb. Pdf ko'rish
|
NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI (UMUMIY) 22.06.2020
Aralashmasi yo‘q ideal yarim o‘tkazgich zonalarining parametlarini
aniqlash. Ideal xususiy yarim o‘tkazgichlarda Fermi sathi taqiqlangan zonaning o‘rtasida joylashadi. Absolyut nol temperatura deb qaralsa, yarim o‘tkazgich yuzasiga tushayotgan fotonlar elektronlarni E V sath va undan pastki sathlardan chiqara oladi. E V dan E B (qattiq jism va vakuum chegarasi) gacha bo‘lgan energetik masofa fotoelektron chiqish ishiga teng bo‘ladi. Termoelektron chiqish ishi esa E F dan E B gacha bo‘lgan energetik oraliqni ifodalaydi (4.6-rasm). Ф я = я + 2 g E . (4.11) Bu yerda Ф я – yarim o‘tkazgich uchun fotoelektronlar chiqish ishi, я – termoelektronlarning chiqish ishi, Е g – taqiqlangan zonaning kengligi. E V sathdan chiqayotgan elektronlar eng katta kinetik energiyaga ega bo‘ladi va uni quyidagi formuladan aniqlash mumkin: . 2 max g я E h eV (4.12) Yarim o‘tkazgichdan uchib chiqqan elektronlar kollektorga kelib tushadi, ya’ni mishen va kollektor orasida kontakt hosil bo‘ladi. Bu holda ularning Fermi sathlari bitta gorizontal chiziqda yotgani uchun (4.12) ni quyidagicha yozish mumkin: , , 0 max я к V e V e eV eV (4.13), (4.14) К – kollektorning termoelektron chiqish ishi. 102 2 E g E g eV 0 E к.я =eV max h E B E C E F E V Ф К = К E V E B eV 4.6-rasm. Ideal yarim o‘tkazgich uchun tashqi fotoeffektning energetik sxemasi U holda eng tez elektronlarni to‘xtatuvchi potensial maydonining energiyasi 2 0 g K E h eV (4.15) bo‘ladi. Bu formuladan ko‘rinadiki, yarim o‘tkazgichlarda to‘xtatuvchi potensialning eng katta qiymati eV 0 , metalldan farqli ravishda, yorug‘liq kvanti energiyasi h va kollektorning materialidan tashqari yarim o‘tkazgichning turiga ham bog‘liq bo‘lar ekan. Har xil yarimo‘tkazgich uchun E g ning qiymati ham har xil, demak E Т0 ning qiymati ham har xil bo‘ladi. Bu formuladan eV 0 , h va K ning qiymatlarini bilgan holda taqiqlangan zona kengligi Е g ni ham aniqlash mumkin bo‘ladi. Umuman UBES yordamida yarim o‘tkazgichlarning (dielektriklarning ham) Е V , Е F , Е C sathlarining energetik o‘rnini, zonalarning kengligini aniqlash mumkin. Bulardan tashqari real yarim o‘tkazgichlar uchun yuzada zonalarning egilish kattaligini hamda taqiqlangan zonada hosil bo‘ladigan har xil donor va akseptor sathlarning holatini (o‘rnini) aniqlash mumkin. Download 4.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling