O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


III BOB. O‘ZBEKISTONDA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

III BOB. O‘ZBEKISTONDA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA 
ULARNING OQIBATLARI 
3.1. Tabiiy ofatlar haqida ma’lumot 
 
Tabiiy ofat - bu tabiatda yuz beradigan favquloddagi o‘zgarish bo‘lib, u 
birdan, tezlikda insonlarning mu’tadil yashash, ishlash sharoitlarini buzilishi, 
odamlarning o‘limi hamda qishloq xo‘jalik hayvonlarining, moddiy boyliklarning 
buzilishi va yo‘q bo‘lib ketishi bilan tugaydigan hodisalardir. 
Tabiiy ofatlarning turlari xilma-xil: er silkinishi, suv toshqini, kuchli 
shamol, yong‘in, qurg‘oqchilik, er surilishi va boshqalar. Bu xildagi tabiiy ofatlar 
bir-biriga bog‘liq holda, hamda bog‘liq bo‘lmagan holda, alohida yuzaga kelishi 
mumkin. Ya’ni bir tabiiy ofat boshqa ofat oqibatida yuzaga kelishidir. Masalan, 
o‘rmonda yong‘inlarning kelib chiqishi, tog‘li joylardagi ishlab chiqarish 
portlashlari, karerlarni ishga solishda, platinalar qurishda, erni surilishiga, qorlarni 
ko‘chishi va boshqa ofatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy ofatlar juda katta miqyosda va turli 
vaqtlargacha bir necha soniya, daqiqadan (er surilishi, er silkinishi, qor ko‘chishi) 
bir necha soatlargacha (kuchli qor va yomg‘ir yog‘ishi), xatto kun va oygacha (suv 
toshqini va yong‘in bo‘lishi) cho‘zilishi mumkin. 
Lekin bu xildagi tabiiy ofatlar hamma joylarda ham yuzaga kelavermaydi. 
Jumladan, er silkinishi, er surilishi ofatlari ko‘proq tog‘li xududlarda kuzatiladiki, 
buni oqibatida nafaqat insonlar, balki xalk xo‘jaligi tarmoqlari, hatto atrof-muhit 
qattiq shikastlanadi. 
Yana kuchli yog‘ingarchilik, qor yog‘ishi natijasida suv toshqini kuzati-
ladiki, oqibatda, fuqarolarning yashash joylari, sanoat korxonalari, temir va 
magistral yo‘llar, gidrotexnik inshoatlar izdan chiqadi. 
Xuddi shunga o‘xshash ta’sirlar er surilishi, qor ko‘chishi, qurg‘oqchilik, 
kuchli shamollar ta’sirida ham kuzatilib, oxir oqibatda insonlar katta, ham 
 


ma’naviy, ham moddiy zarar ko‘radilar. 
Ammo, barcha tabiiy ofatning turlari ham hamma joyda kuzatilavermaydi. 
Tabiiy ofatning har qaysi shakllari o‘zlarining fizik ma’nosiga, kelib chiqish 
sabablariga, o‘zlarining tavsifiga, kuchiga va tashqi atrofga ta’sir ko‘rsatish 
xususiyatlariga ega. Bu tabiiy ofatlar bir-biridan farq qilishidan qat’iy nazar, ular 
bir umumiy xususiyatga ega. Ya’ni ularning ta’siri juda keng miqyosda bo‘lib, 
o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitga juda katta ta’sir kuchini ko‘rsatadi hamda 
insonlar ruhiyatiga jiddiy zarba beradi. 
Shuning uchun, bu tabiiy ofatlarni o‘z vaqtida bilib, uning tavsiflari va 
sabablari aniq o‘rganilsa, bu ofatlarni oldini olish yoki ularning zarar keltirish 
xususiyatlari bir muncha kamaytirilgan bo‘lardi. Shu tariqa tabiiy ofatlardan 
keyingi qilinadigan hatti-harakatlarni va ofat oqibatlarini tezroq hal qilish 
imkoniyatlariga ega bo‘linadi. Tabiiy ofatlarga qarshi kurash choralaridan biri bu 
xalqni o‘z vaqtida voqif etish hisoblanadi. Bu esa tabiiy ofatdan keladigan 
zararlarni bir muncha kamaytirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Yana tabiiy 
ofatlar yuz berganda xalqqa ma’naviy yordam berish chora-tadbirlari va 
qilinadigan birlamchi ishlarni to‘g‘ri tashkil etish shakllari eng asosiy vazifalardan 
hisoblanadi. Bu ishlarning bosh-qoshida fuqarolar muhofazasi organlari turib, ular 
ofat yuz bergan joyda (urush davrimi, tinchlik davrimi baribir), xalqni bu 
ofatlardan muhofaza etish va falokat yuz bergan joydan hammani behatar joyga 
ko‘chirish omillarini amalga oshiradi. Qaysi erda yuqori intizom, aniq belgilangan 
chora-tadbirlar bo‘lsa, o‘sha erda har qanday ekstremal sharoitlarda xarakat qilish 
ishlari va ularning natijalari yuqori bo‘ladi (ma’naviy talofat va moddiy 
yo‘qotish). 
Yuqorida aytilgan fikrlar tabiiy ofatlar yuz bergan joylarda o‘z natijasini 
bergan. Masalan: Ashxabad, Toshkent, Gazli, Armaniston va boshqa 
davlatlardagi er silkinishlari, Jigariston (O‘zbekiston), Sharoradagi (Tojikiston) 
er surilishi; Qoraqalpogistondagi, Piskentdagi hamda Bqstonliq tumanlaridagi 
suv toshqini va boshqalar. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling