O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Inshoatlarni er silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko‘ra 3


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

Inshoatlarni er silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko‘ra 3 
guruhga bo‘linadi: 
• A - 7 balgacha chidaydigan kuchsiz seysmochidamli uylar. Bunga tuproqdan
g‘ishtdan qurilgan uylar kiradi. 
• B - 8 balgacha chidaydigan uylar. Bu xildagi uylar har xil yog‘och 
karkaslardan tayyorlanadi (sinchi uylar). 
• V - 9 balgacha chidaydigan seysmochidamli uylar. Bu xildagi uylarga katta
metall karkaslardan tayyorlanadigan, temir-beton konstruktsiyalardan 
qurilgan inshoatlar kiradi. 
Er silkinishining oqibatlarini tugatishda ishga yaroqli har bir kishi ishtirok 
etishi zarur va quyidagi ishlar birlamchi ishlar hisoblanadi: 
• er tagida qolgan, buzilgan va yong‘inli uyda qolgan odamlarni qutqarish; 
• ishlab chiqarish, kommunal-energetik tizimlarda sodir bo‘ladigan 
avariyalarni to‘sish va to‘g‘rilash (chunki bular inson hayotiga xavf soladi); 
buzilgan uylarni, inshoatlarni tiklash; 
• talofat ko‘rganlarga tabobat yordami ko‘rsatish punktlarini tayyorlash; 
• er silkinish o‘chog‘ida suv ta’minotini tiklash; 
Albatta, mana shu ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan har bir odam 
ehtiyot choralarini ko‘rgan holda, kerakli joylarda shaxsiy himoya vositalardan 
foydalanishlari zarur. Hech qanday o‘zboshimchalik, belgilanmagan chora-
tadbirlar va hatti-harakatlarni amalga oshirish man etiladi.
Er silkinishi boshqa turdagi tabiiy ofatlarni, falokatlarni: masalan, er 
surilishi, suv toshqini, qor ko‘chkisi, yong‘in chiqishi hamda avariyalarni: 
kommunal-energetik tizimlarni izdan chiqishi, kimyo sanoati korxonalarida 
 


avariya natijasida KTZMlarning tashqariga to‘kilishi, AESlarda radioaktiv 
moddalarni atmosferaga chiqishi va boshqa xavfli ofatlarni yuzaga kelishiga sabab 
bo‘lishi mumkin. 
Ammo, hozirgacha er silkinishini aniq vaqtini va joyini ayta oladigan uslub 
yo‘q. Lekin erning tavsifli xususiyatlari, tirik mavjudodlarning hatti-harakatlari 
o‘zgarishiga qarab olimlar er silkinishi xaqida mayyam ma’lumotlarni beradilar.
Er silkinishini belgilaydigan ayrim ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat: 
kuchsiz tebranish chastotasini keskin o‘sishi, er deformatsiyalanishi, tog‘ 
jinslarining elektr qarshiligi o‘zgarishi, er osti suvlar sathining ko‘tarilishi, er osti 
suvlarida radon miqdorining ortishi va boshqa o‘zgarishlar. 
Bulardan tashqari er silkinishi oldidan uy hayvonlarining hatti-harakatlari 
ham o‘zgaradi. Masalan, mushuklar tashqariga chiqib ketadilar, qushlar o‘z 
uyalaridan uchib chiqadilar, chorva mollar juda bezovta bo‘lib qoladilar va 
boshqalar. 
Fan va texnikaning rivojlanishi so‘zsiz er silkinishini oldindan bashorat 
qilish imkoniyatini beradi. Jumladan, yuqorida ta’kidlanganidek er osti suvlarida 
er silkinishidan oldin radon gazi miqdorini oshish qonunini birinchi bo‘lib o‘zbek 
olimi §.Mavlonov tomonidan aniqlangan va bu qonuniyat Toshkent zilzilasi 
oqibatlarini o‘rganishda o‘z tasdig‘ini topdi.
Hozirgi kunda bu usul bilan Respublikamizda va Markaziy Osiyo 
davlatlarida ro‘y bergan bir necha zilzilalar bashorat qilindi va ular tasdiqlandi. 
O‘zbekiston olimlarining bunday kashfiyoti bilan qiziqib Amerika olimi O. 
Jems shunday degan edi: «Yaqin kunlarda o‘zbek mutaxassislari zilzila haqidagi 
bashoratni xuddi iqlim sharoitini bashorat qilgandek radio orqali e’lon qilish 
darajasiga etib boradilar». Lekin bu erda shuni aytib o‘tish kerakki, er silkinishni 
oldindan bashorat qilish muammosi hali butunlay hal etilmagan. Bunga birdan-bir 
sabab bu masalaning murakkabligi, ya’ni zaminida er silkinish jarayonini vujudga 
keltiradigan gipotsentr-o‘choqning nihoyatda yashirinligi hamda shu «o‘choqda» 
yig‘ilgan va er silkinishiga olib keladigan energiyaning hamda uning sodir bo‘lish 
qonuniyatlarini hali etarlicha bilmasligimizdadir.
 


Er silkinish ofatidan muhofaza qilishning bir usuli bu oldindan seysmoaktiv 
mintaqalarni belgilash hisoblanadi. Bunda insonlar uchun, xalq xo‘jaligi 
tarmoqlari uchun xavfli bo‘lgan 7-8 balli yuqori er silkinishi mumkin bo‘lgan 
joylarni belgilab xarita tuziladi. Mana shunday seysmoaktiv mintaqalarda oldindan 
turli muhofaza omillari ko‘rilib, inshoatlarni qurish, ta’minlash va ba’zi xavfli 
ishlab chiqarish tarmoqlarini (kimyo zavodlari, AESlar va shunga o‘xshash 
korxonalarni) hatto to‘xtatish ishlari amalga oshiriladi. 
Shunday ishlar, ya’ni O‘zbekistonning seysmoaktiv xududlari xaritasi 1977 
yilgacha amal qilib keldi va hozirgi kunda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining 
seysmologiya instituti tomonidan 1997 yilda O‘zbekistonning yangi seysmoktiv 
xaritasi tuzilib, bunda har bir xududning seysmologik xususiyatlari hisobga 
olingan. Yangi xaritada ko‘rsatilishicha O‘zbekistonning mintaqalarida bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan er silkinishlari belgilangan. Jumladan: Qoraqalpogiston 
Respublikasi - 6 ballgacha; Xorazm va Samarqand viloyatlarida - 7 ballgacha; 
Toshkent, Qarshi, Buxoro, Termez, Namangan, Farg‘ona shaharlarida - 8 
ballgacha; Andijon viloyatida - 9 ballgacha 
Shuningdek seysmoaktiv xaritada Toshkent shahri uchun ham 6-9 ballgacha 
bo‘ladigan mikroseysmoaktiv xududlar ham belgilab qo‘yilganki, hozirgi kunda 
mana shu ma’lumotlar asosida Toshkent shahrida maqsadli qurilishlar amalga 
oshirilmoqda.
Shu erda ta’kidlab o‘tish kerakki, Respublikamizda 136 ta shahar mavjud 
bo‘lib, ulardan 13 tasi yirik shaharlar hisoblanadi. Shaharlarda qurilishlar 5 ta 
kategoriya bo‘yicha amalga oshirilib, ular katta kichikligidan qat’iy nazar halqa 
yo‘li bilan belgilanishi zarur. Chunki FVda fuqarolarni faqat tranzit yo‘llari orqali 
(jumladan xalqa yo‘llari orqali) harakat qilishga yo‘naltirilishi lozim.
Shuning uchun har bir korxona rahbari er silkinishi oqibatlarini 
kamaytirishning asosiy tadbirlarini bilishi zarur. Bular quyidagilardan iborat: 
• hududning seysmik kartasi, unda zilzila bo‘lish ehtimoli bor joylar va uning 
kuchi ko‘rsatiladi ; 
• zilzilaga bardosh beradigan uylar va sanoat inshoatlarini qurish
 


• zilzila sodir bo‘lib qolgan holda axoli o‘zini qanday tutishi va hatti-harakatlar 
haqida tushuntirish; 
• seysmik stantsiyalarda uzluksiz navbatchilikni tashkil qilish va olib borish; 
• zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa sistemasini tashkil qilish; 
• qutqaruv, kuch va vositalarni tayyor holga keltirib qo‘yish; 
• aholini xavfsiz, o‘z vaqtida evakuatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqish; 
• moddiy - texnik ta’minoti (plakatlar, oziq-ovqat, dori-darmon) zahiralarini 
tashkil qilish; 
• zilzila haqida xabar beruvchi belgilarni aholiga tushuntirish va o‘z vaqtida 
qo‘llash. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling