Reja: O`rta Osiyo zilzilasi haqida umumiy tushuncha
Download 206.31 Kb.
|
o`rta osiyoda zilzila jarayoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar 1963-1998-yillar orasida sodir boʻlgan zilzilalar. Zilzila
- Seysmologiya instituti
O`RTA OSIYODA ZILZILA JARAYONI Reja: O`rta Osiyo zilzilasi haqida umumiy tushuncha O`rta Osiyoda zilzilaning yuzaga kelish sabablari Zilzila kuchi Zilzila tarixi Xulosa Adabiyotlar 1963-1998-yillar orasida sodir boʻlgan zilzilalar. Zilzila, yer qimirlash — yer poʻstida yoki mantiyaning yuqori qismida toʻsatdan siljish, sinish yoki oʻpirilish roʻy berishi oqibatida vujudga keladigan va toʻlqinsimon tebranishlar tarzida uzoklarga tarqaladigan yer osti silkinishlari va tebranishlari. Sabablariga koʻra, tektonik, vulqoniy va oʻpirilish Z.lariga boʻlinadi. Yer poʻstining qar xil chuqurligida tabiiy kuchlar taʼsirida sodir boʻladigan silkinishlar tektonik Z.lar deyiladi. Ular yer qaʼridagi harakat va jarayonlarning mahsuli boʻlib, bu jarayonlarning kinetik quvvat tarzida birdan (1 min.da) sarflanishi oqibatidir. Vulqoniy va oʻpirilish Z.lari tabiatda juda kam sodir boʻladi; ular kuchi jixatidan tektonik Z.larning eng kuchsizi bilan tenglashadi. Yer sharida sodir boʻladigan Z.lar soni yil davomida bir necha yuz mingga yetishi mumkin. Shulardan aksariyat koʻpchilik kismi seysmograflargina sezadigan kuchsiz Z.lar boʻlib, odamlar sezadiganlari bir necha mingga yetadi. Xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadigan Z.lar esa bir necha oʻndan bir necha yuztagacha boʻlishi mumkin. Bir yil davomida sodir boʻlgan hamma Z.lar natijasida taxminan 0,510" J kinetik quvvat ajralib chiqadi. Bu quvvat miqdori juda katta boʻlishiga qaramay, Yer qaʼrida sodir boʻladigan jarayonlardan ajralib chiqadigan umumiy quvvatning 0,5 % inigina tashkil etadi. Zilzila haqida umumiy tushuncha Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol boʻlgan togʻ tizmalari joylashgan hududlarda koʻproq boʻladi. Bu joylar geologik iborada yer yuzining belbogʻli (mintaqali) buzilish joylari deb yuritiladi. Tektonik plitalar Yer sharining kuchli zilzilalar sodir boʻladigan mintaqalarini seysmik jihatdan faolligiga qarab ikkita asosiy hududga boʻlish mumkin; birinchisi, geografik kenglik yoʻnalishida Alp, Karpat, Kavkaz, Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir, Himolay, ikkinchisi, meridional yoʻnalishda — Tinch okeanining ikki qirgʻogʻi boʻyicha va qisman quruqlik mintaqasida joylashgan. Bunday seysmik faollashgan joylarga Jan. Amerikadan Antarktidagacha, Yevropa va Osiyo qitʼasining shimoliy qismi, Markaziy va Gʻarbiy Afrika, Avstraliya va b. hududlar kiradi. Demak, Markaziy Osiyo uning seysmik jihatdan faol boʻlgan Kopetdogʻ, Tyanshan, Pomir togʻlari tufayli seysmik faol mintaqaga kiradi. Yer pusti yoki yuqori mantiya qatlamidagi zilzila paydo boʻlgan maʼlum bir hajm zilzila oʻchogʻi, uning markazi deb hisoblangan nuqta esa gipotsentr, gipotsentrning yer yuzasidagi proyeksiyasi zilzila epitsentri deyiladi. Epitsentr va gipotsentr oraligʻidagi masofa Z.ning yer yuzidan chuqurligini koʻrsatadi. Z. oʻchogʻi Oʻrta Osiyo hududida, aksariyat hollarda, Yer sathidan 5-50 km chuqurlikda joylashgan boʻladi. Yer sharining maʼlum hududlarida Z.lar oʻchogʻi 200— 300, hatto 700 km gacha chuqurlikda boʻlishi ham mumkin. Zilzila tufayli yer yuzidagi silkinishlar ballarda oʻlchanadi. Silkinishlar epitsentrda eng kuchli boʻlib, undan uzoqlashgan sari kuchi pasaya boradi. Epitsentr atrofidagi eng kuchli silkinishlarni belgilab, ular tutashgan chiziq ichidagi maydon (sath) pleystoseys hudud deyiladi. Zilzila sodir boʻlganda uning oʻchogʻidan boʻylama va koʻndalang seysmik toʻlqinlar tarqaladi. Boʻylama toʻlqinlar R harfi (birinchi toʻlqin), koʻndalang toʻlqinlar S harfi (ikkinchi toʻlqin) bilan belgilanadi. Bulardan tashqari, yer yuzasida paydo boʻladigan yuza toʻlqinlar (L) mavjud. Mazkur toʻlqinlar asosiy hisoblansada, koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar yer yuzasi hamda ichki qatlamalarida sinish va qaytarilish xususiyatiga egaligi sababli murakkab toʻlqinlar hosil boʻladi. Toʻlqinlar har xil tezlik bilan tarqaladi. Eng tez tarqaluvchi toʻlqin boʻylama toʻlqin boʻlib, muhitda taxminan bino ichidagi odamlarning koʻpchiligi sezadi. Uydagi jihozlar harakatga keladi. Bino va mebel tebranadi. Uyqudagilar uygʻonib ketadi. Hamma sezadi.Koʻpchilik tashqariga chiqishga oshiqadi, baʼzi buyumlar turgan yeridan tushib ketadi. Tinch okeanida sunami to'qinlarining tarqalishi, Yaponiyadagi zilzila (2011) Baʼzi uylarda suvoqlar koʻchib tushadi. Imoratlar shikastlanadi, gʻishtli devorlar yoriladi. Xom gʻisht va paxsadan qurilgan baʼzi uylar buziladi, togʻlarda baʼzan qoyalar koʻchadi. Imoratlar kuchli shikastlanadi, togʻlarda surilmalar yuz beradi. Gʻisht, betondan ishlangan uylar butunlay yoki qisman buziladi, yer osti quvurlari uziladi. Qoyalar qulab, tepaliklar suriladi, yerdagi yoriqlarning eni 10 sm gacha boradi. Yer yuzida katta (eni 1 m gacha) yoriqlar paydo boʻladi. Toʻgʻon va qirgʻoq dambalari ishdan chiqadi, temir yoʻllar bukiladi. Yangi koʻllar paydo boʻladi. Yer yuzida keng va chuqur jarliklar hosil boʻladi, yer vertikal va gorizontal yoʻnalishda silkinadi. Togʻlarda qoyalar agʻdariladi, koʻprik, toʻgʻon, temir yoʻllari butunlay buziladi. Yer qiyofasi, relyefi oʻzgaradi. Yer yuzi burmalanadi, baland qoyalar agʻdariladi, daryolar oʻzanini oʻzgartiradi. Koʻndalang toʻlqin esa oʻrtacha 5 km/s tezlikda, yuza toʻlqinlar esa eng sekin tezlikda tarqaladi. Qayd qilingan toʻlqinlarning yozuviga qarab zilzila epitsentridan stansiyagacha boʻlgan masofani aniqlash imkonini beradi. Shu maqsadda koʻndalang va boʻylama toʻlqinlar orasidagi vaqtning epitsentr uzoqligiga bogʻliqligi har xil hudud uchun oʻrganiladi. Bu bogʻliqlik chizma koʻrinishida boʻlib, u godograf deb yuritiladi va zilzila maʼlumotlarini ishlash va oʻrganishda muhim ahamiyatga ega boʻladi. Zilzila toʻlqinlarining umumiy quvvati magnituda (M) bilan belgilanadi. U shartli son boʻlib, yer sathidagi muhit zarralarining siljish amplitudasiga toʻgʻri keladi. Bu qiymat seysmik stansiyalar qayd qilgan yozuvlar — seysmogrammalardan aniqlanadi. „A“ harfi bilan belgilangan kattalik K = lg£ Z.ning quvvatlilik sinfi deb ataladi. Masalan, magnitudasi 5 ga teng (M = 5) boʻlgan zilzila oʻchogʻidan 1012 J quvvat ajraladi, yaʼni K = 12. zilzila kuchini ifodalash uchun turli seysmik shkalalar taklif etilgan. Ulardan biri — 1917 y.da Xalqaro seysmik assotsiatsiya tomonidan qabul qilingan 12 balli Merkalli — Kankani — Ziberg shkalasi boʻlib, u hozirgacha bir qancha Yevropa mamlakatlarida qoʻllaniladi. Ikkinchisi — AQSH da Vud va Nyumanlar tomonidan 1931 y.da Merkalli shkalasini bir oz mukammallashtirilgan 12 balli MM shkalasi qisoblanadi. Uchinchisi — Rossiyada S. V. Medvedev tomonidan ishlab chiqilgan 12 balli shkaladir. 1964 y. Parijda YUNESKO ning seysmologiya va seysmobardosh qurilish boʻyicha oʻtkazilgan davlatlararo yigʻilishida tavsiya etilgan MSHK=1964 12balli shkala S. V. Medvedev (Moskva), V. Shponxoyer (Iyena, Germaniya) va V. Karniklar (Praga) tomonidan tuzilgan. Zilzila kuchini aniqlashning juda koʻp usullari va belgilari bor. Pekin Z.ning yer yuzida namoyon boʻlishi ballarda aniqlanganligi bilan Z.ning aniq, quvvatini ballar ifodalamaydi. Shuning uchun Z.ning haqiqiy kuchini koʻrsatuvchi oʻlcham — magnituda hisoblanadi. Magnituda 1940y.lar boshlarida amerikalik tadqiqotchilar Ch. Rixter va B. Xalqaro maʼlumotlarda zilzila kuchi magnituda orqali Rixter shkalasida beriladi. Eng kuchli Z.ning magnitudasi 9 gacha yetishi mumkin. Zilzila quvvati (Ye) Joulda oʻlchanadi. Zilzila quvvati bilan magnitudasi oʻrtasida bogʻlanish quyidagicha ifodalanadi: \gE — aM + V. Z.ning yer yuzida bir xil kuch bilan namoyon boʻlgan nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqqa izoseysta chizigʻi, zilzila kuchining hududda tarqalishini koʻrsatuvchi izoseystalar toʻplamiga izoseystalar xaritasi deyiladi. Yer qaʼridagi tektonik, harakatlar faollashgan qismi va uning tevarak atrofida fizikaviy va kimyoviy jarayonlar ham faollashadi. Jumladan, togʻ jinslarining zichligi, elektr oʻtkazuvchanligi, magnitik xossalari, elektromagnit toʻlqinlar tarqatish xususiyati, yer sathining vertikal va gorizontal holati kabilar oʻzgarishi mumkin. Mazkur hududlarda mavjud boʻlgan burgʻi quduqlari orqali olinayotgan neft, gaz, suv miqdori keskin oʻzgarishi, yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi, mikroelementlar, gazlar miqdori ham oʻzgaradi. Ushbu sanab oʻtilganlar zilzila sodir boʻlishi arafasida keskin va koʻp miqdorda oʻzgarib, Z.ning darakchilari sifatida qaralishi mumkin. Ular Z.larni oldindan aytib berish muammosini hal qilishda juda muhim ahamiyatga ega. Bu borada Yer sharining seysmik jihatdan faol boʻlgan barcha hududlarida koʻp yillik xalqaro va milliy dasturlar asosida toʻxtovsiz izlanishlar olib borilayapti. San Andreas Lomaning aerotasviri, Los Anjeles 1966-y. 26-aprelda Toshkentda yuz bergan Z.dan soʻng sobiq Ittifoqda birinchi boʻlib Oʻzbekiston FA tarkibida 1966-y. oktabr oyida Seysmologiya instituti tashkil qilindi. Institutning asosiy ilmiy yoʻnalishlaridan biri Z.larning tabiatini, u sodir boʻladigan muhit xususiyatlarini, Z.larning darakchilarini oʻrganish va uni bashorat (prognoz) qilish usullarining nazariy asoslarini yaratish deb belgilanadi. Z.ni bashorat qilish borasida Oʻzbekistonda muhim natijalarga erishildi. Jumladan, kuchli Z.larni bashorat qilish boʻyicha ishonchli va istiqbolli yangi usullar yaratildi, ularning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi. Bu usullar majmuini qoʻllash asosida Oʻzbekiston hududi va yon atrofdagi hududlarda boʻlib oʻtgan bir necha kuchli Z.larni oldindan aytishga muvaffaq boʻlindi. Mac, 1976-y. 17-maydagi Gazli, 1978-y. 1-noyabrdagi Olay, 1984-y. 18-fevraldagi Pop zilzilalari oldindan aytilgan. Yer yuzida roʻy bergan kuchli zilzilalar jumlasiga Lissabon (1755), Kaliforniya (1906), Ashxobod (1948), Chili (1960), Tokio (1923), Xitoy (1976), Spitak (Armaniston, 1988), Zaysan (Qozogʻiston, 1990), Suusamir (Qirgʻiziston, 1922) lar va Oʻzbekiston qududida esa — 838—839-y.larda Fargʻonada, 942-y.da Buxoroda, 1208—1209-y.larda Urganchda, 1490-y.da Samarqandda, 1494-y.da Namanganda, 1620-y.da Axsikentda, 1902-y.da Andijonda, 1921 — 1922-y.larda Buxoro va Samarqand yaqinida, 1927-y.da Namanganda, 1868, 1924, 1938, 1966-y.larda Toshkentda, 1976, 1984-y.larda Gazlida boʻlgan zilzilalarni kiritish mumkin. Zilzilaning yuzaga kelish sabablari Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga koʻra kuyidagi guruhlarga boʻlinadi: Tektonik zilzilalar; Vulqon zilzilalari; Agʻdarilish, oʻpirilish zilzilalari; Texnogen (insonning muxandislik faoliyati bilan bogʻlik) zilzilalar. Yuqorida qayd etilgan yer silkinishi turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng kup talofat keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday yer silkinishlar haqida gap ketganda litosfera oʻramlarida boʻladigan harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi. Qiya sathlarida togʻ jinslarining katta bulaklarini agʻdarilishi, yoki toglarning oʻpirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar agʻdarilish zilzilalari deyiladi. Bu yer silkinishining tarqalish maydoni kichik, koʻp hollarda talofatsiz boʻladi. Vulqon jarayoni, yaʼni yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga chiqishi bilan bogʻlik boʻlgan yer silkinishiga vulqonli yer silkinishi deyiladi.Bunday yer silkinishi vulqonning faollashishi bilan bogʻlik boʻlganligi sababli aksariyat koʻp hollarda ular aniq bashorat qilinadi.Shuning uchun uning keltiradigan talofati deyarli kuchli boʻlmaydi. Insonning muxandislik faoliyati bilan bogʻlik boʻlgan yer silkinishlar asosan oxirgi yillarda hisobga olinmoqda.Bunday yer silkinish yirik suv omborlari vujudga kelgan hududlarda, gaz, neft mahsulotlarining yer ostidan surib olinishi jarayoni amalga oshirilgan maydonlarda yuz bermoqda. Inson oʻzining muxandislik faoliyati bilan yer osti komponentlariga muayyan taʼsir etishi, u yoki bu darajada oʻzgartirishi yer silkinishining vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda. Daryo vodiylariga toʻgʻonlarning qurilishi natijasida maydoni bir necha ming km2, hajmi bir necha yuz km3 dan katta boʻlgan (masalan, Chorvoq suv omborining umumiy xajmi 2,1 mld. m3, suv sathi maydoni 3640 ga teng) suv omborlari vujudga kelmoqda. Yer qaʼrida 4000-5000 m chuqurlikda yotgan gaz, neft yer sathiga soʻrib chiqarilmoqda, yer ostida uzoq geologik davrlar mobaynida yotgan koʻmir ana shu yer qaʼrida yondirilib gazga aylantirib olinmoqda. Vaqtincha saqlash maqsadida baʼzan yer osti gʻorlariga, xandaklariga va togʻ jinslari gʻovaklariga gaz, neft mahsulotlari yuqori bosim ostida kiritilmoqda, juda katta miqdordagi mineral suvlar yer ostidan chiqarib olinmoqda. Yer qaʼrining odamlar taʼsir etish joylarida yigʻilayotgan energiya miqdorining u yoki bu darajada oshishi yoki kamayishi oqibatida sodir boʻlgan yer silkinishlari Hindiston, AQSH, Oʻzbekistonda kuzatilganligi fandan maʼlum. Jumladan, Chorvoq suv ombori qurilib boʻlingandan keyin bu hududda bir necha marta yer silkinishlar boʻlib oʻtgan. Tekshirishlarning koʻrsatishicha, bu yer silkinishlar oʻzlarining tayyorlanish, sodir boʻlish mexanizmlari bilan Chorvoq suv omboriga yigʻilgan suvning miqdori va yigʻilgan suvni suv omboridan chiqarilish tezligi bilan bogʻliq holda yuz berishi kuzatilgan. Bunga birinchidan, suv omborining 2,1 mld. m3. dan ortiq suv bilan toʻlatilishi jarayonida, ombor tubida yotuvchi togʻ jinslarining siqilishi va taranglashishi oqibatida yuz beradigan mikrosiniqlar, darz ketishlar va ularning nisbiy harakati sabab boʻlsa, ikkinchidan, suvni suv omboridan bir meʼyorida chiqarilmasligi va togʻ jinslariga taʼsir qiluvchi kuchlarning nomutanosib xolatda boʻshatilishi, oʻzgarishi sabab boʻlgan. Respublikamizning harbiy hududida 1976, 1984-yillarda yuz bergan 8-10 balli Gazlidagi yer silkinishlarini baʼzi olimlar ana shu hududdagi mavjud gaz konlari va ulardan gazni surib olish jarayoni bilan bogʻlashadi. 1976-yildagi Gazli yer silkinishining gipotsentri (zilzila oʻchogi, litosferaning maʼlum chuqurlikdagi togʻ jinslari qatlamlarining uzilishi, surilish joyi) yer qobigʻining 5-25 km chuqur oraligʻida, 1984-yilgi yer silkinishida esa 50-200 km oraligʻida joylashgan. Yer silkinish hodisasini vujudga keltiruvchi energiyaning yigʻilishi, sarflanish darajasi silkinish hududlaridan surib olingan gazning miqdori, yer qaʼri togʻ jinsi qatlamlariga tushayotgan tabiiy bosimning mutanosibligini maʼlum darajada buzilganligi oqibati zilzilaning sodir boʻlish vaqtini tezlashtiradi. Zilzila turlaridan eng xavflisi (talofatlisi) tektonik zilzila hisoblanadi. Maʼlumki, har yili sayyoramizda 100000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar (seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia boʻlib, imorat va inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo boʻlishiga, ming-minglab insonlar yostigʻining qurishiga olib keladi. Yer silkinish oʻchogʻi gipotsentrning joylashgan chuqurligi boʻyicha: yuza — 70 km.gacha oʻrta — 70-300 km. chuqur — 300 km.dan pastda „mantiya“ qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin. Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning oʻchogʻi asosan 70 km.gacha chuqurliklarda joylashganligi qayd etilgan. Mantiyadagi katta bosim yoki portlashlar tufayli zilzila oʻchogʻi vujudga keladi, natijada katta kuchlanishlar paydo boʻladi, bular oʻz navbatida yerning ustki qatlamini tebranishiga olib keladi. Gipotsentrdan hamma tarafga, qaytar seysmik toʻlqinlar tarqaladi, ular asosan uzunasiga va koʻndalang turlariga boʻlinadi.Yer ostidan uzunasiga tarqalayotgan (vertikal tarzda) toʻlqinlar oʻz yoʻnalishi buyicha navbatma-navbat yer poʻstlogʻini siqib, yer yuzasiga chiqqanda tovush chiqaradi. Bu esa yer silkinishi oldidan chiqadigan tovushning oʻzginasidir. Koʻndalang toʻlqinlar (gorizontal) yer yuzasiga chiqib, zilzila toʻlqinlarini vujudga keltiradi va epitsentrdan barcha taraflarga tarqaladi. Kuchli yer silkinishi oqibatida yerning yaxlitligi, butunligi oʻzgaradi, inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal-energetik qismlar ishdan chiqishi, insonlar oʻlimi yuz beradi. Yer silkinishi koʻpchilik hollarda maʼlum intensivlikda chiqadigan tovush bilan yuz beradi va uning past-balandligi yer qimirlashning kuchiga bogʻlik. Yer qimirlashning asosiy koʻrsatkichlari kuyidagilardan iborat: yer silkinish oʻchogʻining chuqurligi, silkinish amplitudasi va yer silkinishining intensiv energiyasi. Zilzila kuchi Yer silkinish kuchiga qarab quyidagi holatlar kuzatiladi: 1 ball — sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi; 2 ball - juda kuchsiz, uy ichida utirgan baʼzi odamlar sezishi mumkin (deraza oynalari titraydi); 3 ball — kuchsiz, kupchilik odamlar sezmaydi, ochiq joyda tinch oʻtirgan odam sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta-sekin tebranadi; 4 ball - oʻrtacha sezilarli. Ochiq joyda, bino ichida turgan odamlar sezadi. Uy devorlari qirsillaydi. Roʻzgʻor anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi; 5 ball — ancha kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uygʻonadi, baʼzi odamlar hovliga yugurib chiqadi. Idishlardagi suyuqlik chayqalib toʻkiladi, osilgan uy jihozlari qattiq tebranadi; 6 ball - kuchli. Hamma sezadi, uyqudagi odam uygʻonadi, koʻpchilik odamlar hovliga yugurib chiqadi. Uy hayvonlari betoqat boʻladi. Baʼzi hollarda kitob javonidagi kitoblar, roʻzgʻor buyumlari javonlaridagi idishlar agʻdarilib tushadi; 7 ball - juda kuchli. Koʻpchilik odamlarni qoʻrquv bosadi, koʻchaga yugurib chiqadi, avtomobil haydovchilari harakat vaqtida ham sezadi, uy devorlarida katta-katta yoriqlar paydo boʻladi, Hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqlanadi. 8 ball - yemiruvchi. Xom gishtdan qurilgan imoratlar butunlay vayronaga aylanadi, ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo boʻladi, uy tepasidagi moʻrilar yiqiladi, baʼzi daraxtlar butun tanasi bilan yiqiladi, sinadi, togʻliq joylarda qulash, surilish hodisalari yuz beradi. 9 ball - vayron qiluvchi. Yer qimirlashiga bardosh beradigan qilib qurilgan imorat va inshoatlar ham qattiq shikastlanadi. Oddiy imoratlar butunlay vayron boʻladi, yer yuzasida yoriqlar paydo boʻladi, yer osti suvlari sizib chiqishi mumkin. 10 ball - yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson boʻladi. Temir yoʻl izlari toʻlqinsimon shaklga kelib bir tomonga qarab egilib qoladi, yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, choʻkish hodisalari yuz beradi. Suv havzalari toʻlqinlanib qirgʻoqqa uriladi, qoyali yon bagʻrlarda katta-katta surilish hodisalari sodir boʻladi. 11 ball - fojiali. Hamma imoratlar deyarlik vayron boʻladi, toʻgonlar yorilib ketadi, temir yoʻllar butunlay ishdan chiqadi, yerning ustki qismida katta-katta yoriqlar paydo boʻladi, yer ostidan balchiqdar koʻtarilib chiqadi, surilish, qulash hodisalari nihoyasiga yetadi. 12 ball - oʻta fojiali. Yerning ustki qismida katta oʻzgarishlar yuz beradi. Hamma imoratlar butunlay vayron boʻladi, daryolarning oʻzani oʻzgarib sharsharalar paydo boʻladi, tabiiy toʻgʻonlar vujudga keladi. MDH hududining 20 foizga yaqin yeri seysmoaktiv mintaqa hisoblanib, bunday hududlarga asosan togʻli oʻlkalar, Kavkaz orti, Shimoliy Kavkaz, Karpat boʻyi, Janubiy Qrim, Moldaviya, Primor’e, Saxalin, Kamchatka, Kuril orollari, Turkmaniston va Oʻrta Osiyoning torli oʻlkalari kiradi. Download 206.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling