O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

T
A
π
α
=

 


Bundan: 
α
- seysmik to‘lqin tezlanishi, m/s
2

A - tog‘ jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm; 
T - seysmik tebranish davri, s; 
3,14
π
=

Epitsentrda tog‘ jinsi zarrachalarining seysmik tezlanishini, u erda sodir 
bo‘lgan o‘zgarishlarga (buzilish, yorilish, vayron bo‘lish va x.k.) taqqoslangan 
holda Rossiya Fanlar Akademiyasi olimlari tomonidan er silkinishining kuchini 
«ballarda» baholash shkalasi ishlab chiqilib, hozirda bu uslub hamma MDX ga 
kiruvchi davlatlarda jumladan, O‘zbekistonda MSK (Medved’ev, Shponxoer va 
Karnik) nomi bilan qo‘llaniladi. Tuproq zarralarining tebranma harakat 
intensivligi, silkinish o‘chog‘i chuqurligiga, magnitudaga, epitsentrdan uzoq 
yaqinligiga, tuproqning geologik tuzilishiga va boshqa faktorlarga bog‘liq.
Ikkinchi o‘lchov birligi bu Rixter shkalasi bo‘yicha Magnituda (M) 
hisoblanadi. Magnituda shkalasi 1935 yilda Amerika seysmologi Ch. Rixter 
tomonidan taklif qilingan.
Magnituda er silkinishining umumiy energiyasini ko‘rsatib, u erning 
maksimal surilish amplitudasining logarifmini belgilaydi va mikronlarda 
aniqlanadi. Magnituda-gipotsentrdan ajralib chiqqan energiyaga proportsional 
kattalik hisoblanib, uning maksimal qiymati 9 M gacha bo‘ladi.
Er silkinishining umumiy energiya miqdori quyidagi formula bilan topiladi: 
E = 
2
2
T
A









V
ς
π
Bu erda : 
ς
- er silkinish gipotsentridagi mavjud tog‘ jins-larining zichligi, 
g/sm
2
;
V - tog‘ jinslarida seysmik to‘lqinlarining tarqa-lish tezligi, 
m/soniya;
A - tog‘ jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm;
T- seysmik tebranish davri, soniya; 
14
,
3
=
π
 


Bu energiyaning (E) miqdori ba’zan shunchalik katta bo‘ladiki, hatto, yuz 
mingta vodorod bombasini portlatish oqibatida ajraladigan energiya quvvatiga 
teng kelishi mumkin.
Er silkinishida magnitudaning har birlikka ortishi, 10 barobar er tebranish 
amplitudasining ortishiga (tuproqning surilishi), hamda 30 barobar er silkinish 
energiyasining ortishiga olib keladi.
Masalan, Mq5 dan Mq7 gacha o‘zgarganda, tuproqning surilishi 100 
barobarga, er silkinish energiyasi esa 900 barobarga ortadi.
MSK - 64 (bal) va Rixter (M) shkalalari orasidagi farq taxminan 2,5 ni 
tashkil etadi. 
Yuqorida aytilganidek, er silkinishida katta moddiy yuqotish hamda 
minglab odamlar o‘limi yuz beradi. Masalan, 1990 yilda Erondagi 8 balli er 
qimirlashi oqibatida 50 ming odam o‘lib, 1 mln ga yaqin odamlar esa, qon 
yo‘qotib, jarohat olganlar. Xuddi shunday holat 1988 yil 7 dekabrda 
Armanistondagi er qimirlashida ham kuzatildi. U erda juda katta kuch bilan (10,5 
ball) er silkingan va oqibatda 25 ming odam o‘lgan. Bunda 8 mln kv.m uy joy 
yo‘q bo‘lib ketdi, 514 ming kishi boshpanasiz qolgan. Er ostida qolganlardan 
15250 kishi qutqarilgan. Er silkinish 4 ta katta shaharlarni Leninakan, Kirovokan, 
Spitak va Stepanavan hamda 58 ta yashash punktlarini o‘z ichiga olgan. 
Shulardan 1500 ta qishloq vayron bo‘lgan, 12 ta shahar shikastlandi, shulardan 3 
tasi batamom vayron bo‘lib ketgan. 
Bulardan tashqari sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari deyarli izdan 
chiqqan, avtomobil va temir yo‘llarning ko‘p qismi, aloqa, ko‘priklar yaroqsiz 
holga kelgan. 
Bu tabiiy ofat munosabati bilan dunyoning turli burchaklaridan, jumladan 
O‘zbekistondan ham yordam kuchlari kelib, u erdagi jabrlangan xalqqa moddiy va 
ma’naviy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, fuqarolar mudofaasi organlari (sobiq 
itfoq mudofaa vazirligiga qarashli) tomonidan 23000 ko‘p kishilar safarbar etilib, 
ular xizmatida 3000 dan ortiq turli hildagi texnikalar ishtirok etgan. Juda katta 
miqyosdagi tabobat xizmati armiyasi ham yordam ko‘rsatdi. Xattoki er ostida, 
 


inshoatlar tagida qolgan odamlarni qutqarish uchun chet ellar - Angliya, Frantsiya, 
Shveytsariya va boshqa davlatlardan mutaxassislar kelib yordam berganlar. 
Xuddi shunga o‘xshash holat 1966 yildagi Toshkent zilzilasida ham 
kuzatilgan. Unda 8 balli silkinish sodir bo‘lib, imoratlarga, katta qurilishlarga 
ziyon etgan. Silkinishlar bir necha kungacha vaqti-vaqti bilan takrorlknib turgan. 
Buning oqibatida 78 ming oila boshpanasiz qolgan, 2 mln. kvadrat metr erdagi 
turar joylar, 7600 o‘rinli maktablar, 2400 o‘rinli maktabgacha tarbiya muassalari 
ishdan chiqqan, 690 savdo va 84 turli korxona idoralari ziyon ko‘rgan. O‘sha 
vaqtda moddiy zarar miqdori xech qaerda yozilmagan edi.
Fuqaro mudofaalari va xorijiy tashkilotlarning ko‘rilgan zararni bartaraf 
etish borasida ko‘rsatgan sa’y-harakatlarini xalqimiz hech qachon unutmaydi. 
Er silkinishi keltiradigan talofot inshoatning turiga, konstruktsiyasiga 
bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda, qurilish maydonlarining muxandis-geologik 
sharoitiga, ya’ni tog‘ jinslari turlarining mustahkamligi darajasiga, xossa va 
xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, 1966 yili Toshkent shahrida bo‘lgan silkinish 
natijasida shaharning er osti suvlari sathi er yuzasiga yaqin bo‘lgan pastqam 
joylarga joylashgan imoratlar kuchli talofot ko‘rdi. Shundan keyin 1966 yili 
shahar hududida qayta muxandis-geologik xaritalash ishlari o‘tkazilib, shahar 
markazi tuproq sharoiti nuqtai nazaridan 9 ballik mintaqaga o‘tkazildi. Bu degan 
so‘z, 9 ballik mintaqada quriladigan inshoatlar konstruktsiyasiga va usuliga 
ma’lum talablar qo‘yish va ularni bajarishni talab qiladi.
Seysmoaktiv xududlarda qurilish ishlarini olib borishda davlat tomonidan 
tasdiqlangan qonun - qoidalarga, talablarga rioya qilinmog‘i zarur. Ya’ni shahar 
qurilishida imoratlarning balandligiga va shakliga katta talablar qo‘yiladi, ular 
quyidagilardan iborat:
„
shahar xududida katta-katta ochiq maydonlarning bo‘lishi, ya’ni silkinish 
sodir bo‘lgan taqdirda va undan keyin odamlarning yashashi uchun engil 
qurilmalar qurish uchun xavfsiz joy zarur; 
 


„
suv havzalarining bo‘lishi, ya’ni zilzila vaqtida chiqishi mumkin bo‘lgan 
yong‘inlarni o‘chirish maqsadida foydalanish uchun suv zahirasiga ega 
bo‘lish; 
„
inshoatlar orasidagi masofa, inshoat balandligidan 1,5 martda katta 
bo‘lishi, chunki imorat talofot ko‘rganda bir-biriga ta’sir qilmasligi kerak. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling