O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

Mashg‘ulotga tayyorlanish. Kompleks mashg‘ulotni muvaffaqiyat-li 
o‘tkazish, ko‘p jixatdan unga qanchalik tayyorgarlik ko‘rilganligiga bog‘liq. 
Mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish ob’ekt FM rejasini hisobga olgan holda uni 
tashkiliy shtatlar tuzilishi, material ishlab chiqarish xususiyati, hududiy 
joylashganligi, FM holati va boshqa faktlarga amal qilgan holda olib boriladi. 
Mashg‘ulotni tayyorlash, tashkil etish va uni o‘tkazishga mashg‘ulot rahbari 
shaxsan javob beradi.
Mashg‘ulotga oldindan va har taraflama tayyorlanish lozim. Mashg‘ulot 
rahbari mashg‘ulotning mavzusini, o‘quv maqsadini, o‘quv savollari va 
bosqichlarini, komanda-boshliq tarkiblarining sonlarini, tuzilmalar, jami 
mashg‘ulotga jalb etilganlarning soni, mashg‘ulot rejasini asosiy holatlarini ishlab 
chiqish, material, texnik jihozlar bilan ta’minlanganliklarini aniqlashlari lozim. 
Mashg‘ulotga jalb etilgan shaxsiy tarkiblar FMga o‘qitish davomida tayyorlanadi
rahbarlar, komanda-boshliq tarkiblari, shtablar, tuzilmalarning oldiga qo‘yilgan 
vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun maxsus-taktik, boshqa qolgan 
qatnashchilar bilan esa amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
Kompleks mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun quyidagi xujjatlar: mashg‘ulot 
o‘tkazish rejasi; mashg‘ulot rahbarlarining o‘rinbosarlari va yordamchilarining 
 


xususiy rejalari; mashg‘ulotda xavfsizlik choralari ko‘rish tartiblari ishlab 
chiqiladi.
Mashg‘ulot o‘tkazish rejasi - asosiy xujjatdir. Unda mashg‘ulotning 
borishi, mashg‘ulotlar bosqichlari bo‘yicha o‘quv savollari tuziladi, xarita, jadval, 
mundarijalardan foydalanilgan holda matn rejasi ishlab chiqiladi; mavzular, o‘quv 
maqsadi va mashg‘ulotni o‘tkazish vaqti, mashg‘ulotga jalb etilgan 
qatnashuvchilarning tarkibi, mashg‘ulotning bosqichlari, davomiyligi, o‘quv 
savollari va ularni ishlab chiqish vaqti; Dastlabki boshlang‘ich holat, kuchlarni 
guruhlash, boshqarishning joyi, mashg‘ulotning borishi, tamom bo‘lish muddati va 
tahlil qilish muddati hamda joyi ko‘rsatiladi.
Mashg‘ulot rejasi shtab boshliqlari tomonidan ishlab chiqilib, uning 
boshlanishiga ikki xafta qolguncha mashg‘ulot rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi 
kerak.
Mashg‘ulot rahbarlari, o‘rinbosarlari va yordamchilarning shaxsiy rejalari 
matn yoki grafik bo‘yicha tuzilishi mumkin va unda: mashg‘ulotning mavzusi, 
tuzilmalarga muvofiq o‘quv maqsadi, o‘qiyotganlar toifasi, tuzilmalar tarkibi, 
boshqa toifadagi o‘qiyotgan fuqarolar soni, umumiy holat, aloqani tashkil etish 
hamda mashg‘ulotning borishi ko‘rsatilishi kerak. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling