O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov
Sh.A.Azimov - Toshkent Moliya instituti
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)
Sh.A.Azimov - Toshkent Moliya instituti “Iqtisodiy geografiya va ekologiya” kafedrasi mudiri, dotsent KIRISH Insoniyat XXI asrga qadam qo‘yar ekan, o‘tgan davr mobaynidagi sovuq urushlar, tinchlik davrlardagi qo‘llanilgan zamonaviy qurollar, turli ko‘rinishdagi falokatlar va boshqa muammolarni tahlil qilinadi va yangi asr bo‘sag‘asida bajariladigan tadbirlar har tomonlama asoslangan holda belgilab oladi. Shuni alohida takidlash lozimki, XX asr poyonida havfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarish jarayonining misli ko‘rilmagan yuksak taraqiy etgan texnologiyalar bilan ta’minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim nohush vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqtisodning barqoror rivojlanishga taxdtd solib turibdi. Shu sababdan ham O‘zbekistonda o‘z mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardanoq eng muhim vazifalar qatoridan mamlakat aholisi va xududini turli xil favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ekologik havfsizlikni ta’minlash masalalari o‘rin oldi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlika taxdid, barqarorlik sha va taraqqiyot kafolatlari» kitobida ta’kidlaganidek: «Ekologik havfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan». Vatanimizning yaxlitligi, aholi havfsizligi tahdidi to‘g‘risida Prezidentimiz «XXI asrga intilmoda» asarida ham batafsil to‘xtab o‘tganlar. Avvalgi ikki qarama-qarshi siyosiy qarashlarning bir-biriga faol qarshiligi vaqtlarida butun aholi qatlami faqat zamonaviy qirg‘in qurollari va xujumkor vositalaridan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bo‘lsa, hozirgi davrdagi fuqarolar muhofazasi-yangi ijtimoiy, iqtisodiy zarurat asosida tashkil topgan. Ya’ni mustaqil O‘zbekistonni va fuqarolarini turli ko‘rinishdagi falokatlardan va xalokatlardan saqlash ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Shu nuqtai nazardan xalqimizni dushman tomonidan bo‘ladigan ham ichki, ham tashqi ta’sirlardan saqlash, xozirgi kunning eng dolzarb vaziflaridan biri hisoblanasa, ikkinchi tomondan bizning o‘lkamiz tabiiy ofatlar (er silkinishi, er surilishi, sel, suv toshqini, kuchli shamol va boshqalar), bo‘lishiga moyil o‘lka bo‘lganligidan, hamda texnogen avariyalar, katastrofalar va ekologik muvozanatni buzulishi natijasida uning oqibatlaridan fuqarolarni, halq xo‘jaligi tarmoqlarini, moddiy resurslarni, texnikalarni va tabiatni asrash, zarar ko‘rgan zonalarda qutqarish va kechiktirib bo‘lmaydigan tiklash ishlarini olib borish ham juda muhim dolzarb muammolardan hisoblanadi. Albatta, yuqoridagi muammolarni hal qilishda O‘zbekiston mintaqasi uchun tavsifli bo‘lgan tabiiy ofatlarni, ishlab chiqarish avariyalarni va yuzaga keladigan ekologik vaziyatlarni chuqur tahlil qilish natijasidagina (har bir vaziyatni kelib chiqish sababini, kuchini ta’sir doirasini odamlarga, atrof muhitga ko‘rsatadigan oqibatlarini o‘rganish) ularga qarshi eng qulay chora-tadbirlar belgilanadiki, natijada har qanday favqulodda vaziyatlardagi ham moddiy, ham ma’naviy yo‘qotishlar miqyosini shunchalik qisqartirishga erishish mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanmada har bir mavzuning mazmunini to‘liq yoritishda ham nazariy, ham amaliy ma’lumotlar, mavzularni mustaxkamlash uchun tayanch so‘z va iboralar hamda savollar keltirilgan. Materiallarni ko‘rgazmali vositalar yordamida bayon qilinishi, darslikning qiziqarli va ahamiyatli bo‘lishidan tashqari talabalarni mustaqil ta’lim bo‘yicha ma’lum vazifalarni bajarishiga ham yordam beradi. Mazkur o‘quv qo‘llanmada bu masalalarga javob beradigan etarli ma’lumotlar keltirilgan holda yozilgan. Shu jixatdan u ayni vaqtda, aholi va xududlarni turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdek hayrli ishda keng jamoatchilikning ham «huquqiy, siyosiy, ekologik havfsizlik madaniyati» yuksak bo‘lishiga xizmat qiladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling