Mahalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat - aholi yashaydigan xudud (aholi
punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10
dan ortiq, biroq 500 dan kam bo‘lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari
buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bqlgan kunda eng kam
oylik ish xaqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 mln. baravaridan
kam bqlmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi.
Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilgada -
favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari
buzilgan, yoxud moddiy zarar FV paydo bqlgan kunda eng kam oylik ish xaqi
miqdorining 0,5 mln. baravaridan ortiqni tashkil etadigan, hamda FV mintaqasi
viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika miqyosida tarqalishi
mumkin bqlgan FV tushuniladi.
Transchegaraviy (global) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda esa,
oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, yoxud FV chet elda yuz bergan va
O‘zbekiston xududiga daxldor holat tushuniladi.
Bunday falokat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag‘i
bilan hamda xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag‘lari hisobiga tugatiladi.
Masalan, Orol muammosi nafaqat O‘zbekiston davlati uchun falokat keltiruvchi,
balki unga chegaradosh bqlgan Turkmaniston, Qozog‘iston va boshqa davlatlar
uchun ham falokatli vaziyatdir. Shuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini
hal qilishga O‘zbekiston davlatini kuch va mablag‘idan tashqari butun jahon
hamjamiyati tashkilotlari (EKOSAN, YuNEP va boshqa.) mablag‘lari, kuchlaridan
foydalanilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar tavsifiga ko‘ra (sababi va kelib chiqish manbaiga
ko‘ra):
1.
Tabiiy tusdagi FV;
2.
Texnogen tusdagi FV;
3.
Ekologik tusdagi FV larga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |