O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 


4.3. Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar 
Avariya deganda bajariladigan ishni birdan to‘xtab qolishi, yoki sanoat 
korxonalarida ishlab chiqarishning izdan chiqishi, transportlarda va boshqa 
ob’ektlarda moddiy boyliklarning buzilishi, yo‘q bo‘lishi tushuniladi.
Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bo‘lishi 
mumkin:
• tabiiy ofat tufayli; 
• inshoatlarni loyihalashda yoki uni qurishda qo‘yiladigan xatoliklar tufayli;
• ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi; 
transport, mexanizm, jihozlardan noto‘g‘ri foydalanganda; 
• agressiv moddalarni (portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli moddalarni) 
noto‘g‘ri saqlanishi va uni ishlatilish qoidalarining buzilishi oqibatida; 
• texnika xavfsizlik qoidalarining buzilishi va boshqalar. 
Mana shunday xatoliklar tufayli ishlab chiqarishlarda katta avariyalar sodir 
bo‘ladiki, oqibatda ko‘pdan-ko‘p insonlar jabrlanadi va moddiy boyliklar yo‘q 
bo‘lib ketadi. Ko‘pincha kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoat, qog‘oz ishlab 
chiqarish sanoati, go‘sht-sut, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik va boshqa sanoat 
korxonalarida avariyalar tez-tez uchraydi. Ayniqsa, KTZM ta’sirida bo‘ladigan 
avariyalar: kimyo, neftni qayta ishlovchi, qog‘oz-tsellyuloza, go‘sht-sut, oziq-
ovqat sanoati, suv tozalash inshoatlarida, hamda temir yo‘llarda KTZMni 
tashishda ko‘p uchraydi.
KTZM ko‘rsatilgan kontsentratsiyadan ortiq bo‘lganda odamlarga, qishloq 
xo‘jalik hayvonlariga, o‘simliklarga, tashqi muhitga ta’sir etib, turli darajada 
shikastlantiradi. KTZM qatoriga texnologik jarayonlarda qo‘llaniladigan ammiak, 
xlor, sulfat kislotasi, vodorod ftorid, azot va oltingugurt oksidlari va boshqalar 
kiritish mumkin.
Ba’zi bir KTZMlarni fizik-kimyoviy va zaharli xususiyatlari 5-jadvalda 
keltirilgan. Shulardan sanoatda ko‘p ishlatiladigani ammiak.
 


Ammiak
– nashatir hidli rangsiz gaz. Uni sanoatda sovutgich vositasi 
sifatida, azotli o‘g‘itlar olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Agar ammiak 
havo bilan 4:3 nisbatda aralashsa portlaydi. Ammiak suvda yaxshi eriydi. 
Uning yuqori kontsentratsiyasi insonning markaziy asab sistemasini izdan 
chiqarib, asablarni pallaj bo‘lishiga olib keladi. Agar ammiak ta’sirida inson 
zaharlansa, bir necha soatdan so‘ng u o‘limga olib keladi. Teriga tegsa turli 
darajadagi jarohatlanish ro‘y beradi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling