O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

Tabiiy ifloslanish.
Bunda kosmik changlar; vulqonlarning otilishidan vujudga keladigan 
moddalar, tog‘ jinslari va tuproqning qulashidan vujudga keladigan moddalar; 
o‘simlmk va hayvonlarning qoldiqlari; o‘rmon va dashtlardagi yong‘indan (tabiiy 
va sun’iy yong‘in oqibatidan); dengiz suvlarining qurishidan havoga chiqqan tuz 
zarrachalari (qurg‘oqchilik ofati oqibatida) oqibatida ifloslanish bo‘ladi. Agar 
bunda yuqoridagi moddalar meyoridan ortiq bo‘lsa, katta halokatlarga olib kelishi 
mumkin.
Ammo atmosfera tarkibidagi tabiiy changlar er yuzasida bo‘ladigan 
jarayonlar uchun katta ahamiyatga ega. Chunki changlar suv bug‘lari uchun 
kondensatsiya yadrosi hisoblanib, yog‘ingarchilikni vujudga keltiradi, quyoshdan 
kelayotgan radiatsiyani yutib, organizmni ortiqcha nurlanishidan saqlaydi. Bundan 
ko‘rinadiki, havodagi tabiiy changlar ma’lum darajada atmosfera tarkibining 
zaruriy elementi hisoblanadi va ular hodisa va jarayonlarning borishini tartibga 
solib turadi.
Yana o‘simlik dunyosining yonishi, jumladan dov-daraxtlarning barglarini 
yonishi oqibatida atmosfera havosiga juda zararli moddalar (kontserogen 
moddalar) tarqalib tirik mavjudodlarning hayot faoliyatiga havf soladi. 
Sun’iy ifloslanish.
Sun’iy ifloslanish 3 xil ko‘rinishda kuzatiladi: 
a) sanoat tarmoqlari, transport va turar joylarni isitishda 
foydalaniladigan yoqilg‘ilar orqali ifloslanish. 
Keyingi paytlarda atmosferaning sun’iy ifloslanishida avtomobil transporti 
 


birinchi o‘rinni (40%) egallaydi, energetika sanoati (20%), sanoat ishlab chiqarish 
(14%) va maishiy-kommunal, qishloq xo‘jaligida (26%)ni tashkil qiladi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra Er yuzida bir yilda havoga chiqarilgan oltingugurt 
gazi, is gazi, kul va karbonat angidridining miqdori taxminan 500 mln tonnaga 
etmoqda. 
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, insoniyat paydo bo‘lganidan to shu vaqtgacha 
80-85 mlrd tonna turli yoqilg‘ilar yoqilgan, shuni yarmi keyingi 25 yilga to‘g‘ri 
keladi. Faqat ko‘mirning o‘zi yiliga 2 mlrd tonna yoqiladi. Yoqilg‘ilarning 
yoqishga yiliga 10-15 mlrd tonna kislorod sarflanadi. Metall oksidlanishi uchun 
yiliga 100 mln tonna kislorod sarflanadi.
YUNESKOning ma’lumoticha turli mamlakatlarda ishlab turgan 260 
mlndan ortiq avtomashinalar yiliga 80 mln kishi iste’mol qiladigan kislorodni 
sarflaydi, yoki 1000 km yurgan engil avtomobil bir kishining bir yillik kislorodini 
yutadi. 
Yoqilg‘ilar yonganda atmosferaga zararli moddalar chiqib, uni 
ifloslantiradi. Jumladan 1 tonna benzin yonganda 60 kg is gazi havoga ko‘tarilib 
aralashadi. Neft yonganda sulfat angidrid, ko‘mir yonganda sulfat angidrid bilan 
kul havoni buzadi. 
b) 
sanoat chiqindilari orqali havoni ifloslanishi kimyo, neftni qayta 
ishlash, tsement ishlab chiqarish, radioaktiv moddalar ishlatiladigan tarmoqlarda
hamda yadroviy, neytronli aslahalarni qo‘llanishi oqibatida, KTZMlar, radioaktiv 
changlar, tsement changlari atmosfera havosini ifloslantiradi; 
v) 
sanoat chiqindilari va maishiy-xo‘jalik chiqindilarini yoqish orqali 
ifloslanishi.
Havo tarkibidagi karbonat angidridi, is gazi, azot, oltin gugurt oksidlari, 
xlor, fosfor, fenol, ftor va boshqalarni ko‘p miqdorda bo‘lishi inson salomatligiga 
ta’sir qiladi, natijada astma, rak, sil kasalliklari kelib chiqadi. 
Ayniqsa atmosfera havosi tarkibida karbonat angidridning miqdori ortishi 
natijasida quyoshdan keladigan qisqa to‘lqinli nurlarni er yuziga o‘tishiga 
to‘sqinlik qiladi, natijada sayyoramiz yuzasidagi havoning o‘rtacha harorati ortib 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling