O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Avariya va fojiali hodisalarning keltirib


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 


4.5. Avariya va fojiali hodisalarning keltirib
chiqaradigan omillar 
 
Avariya va falokatlar hohlagan paytda turli xil sharoitlarda, masalan, temir 
yo‘l, avtomobil, suv yo‘li, aviatsiya transportlarida sodir bo‘lishi mumkin:
a) temir yo‘l transportida avariya va fojia bo‘lishining asosiy sababi
yo‘llarning to‘g‘ri bo‘lmasligi, harakatlanuvchi tarkibning kamchilikka ega 
bo‘lishi, ya’ni boshqarishda texnik nosozliklarning mavjudligi (signal bo‘lmasligi 
va boshq.) yurish qoidalarini buzilishi va boshqa sabablardir. 
Bundan tashqari temir yo‘llarda avariyalar: poezdlarning izdan chiqib 
ketishi, bir-biri bilan to‘qnashishi, yong‘in chiqishi va vagonlarda olib 
ketilayotgan portlovchi moddalarning portlashi bilan ham sodir bo‘ladi. Yana 
temir yo‘l transportlarida avariya va fojialar tabiiy ofatlar natijasida ham bo‘lishi 
mumkin. 
Masalan, 1988 yil 4-iyunda Arzamas-1 stantsiyasida Gorkiydan 
Qozog‘istonga olib ketilayotgan yuk poezdining 3ta vagonida portlash yuz berib, 
natijada 2 ta lokomotiv, 11ta vagon, 250 m temir yo‘li va unga yaqin bo‘lgan 
inshoatlar talofat ko‘rgan. Bu voqeadan keyin tezlikda qutqarish ishlari olib 
borilib, vagonlar ag‘darilib bosib qolingan joylardan odamlar olib chiqilgan va 
ularga darhol tibbiy yordam ko‘rsatilgan. So‘ngra avariya-texnik, yong‘inga qarshi 
kurash bo‘linmalari o‘z vazifalarini bajarishga kiishganlar. Ko‘rinadiki, fuqaro 
muhofazasi tizimlarning harakati tufayli avariya oqibatlari tezlik bilan tugatilgan 
va odamlarni halokati ham moddiy zarar qiymati anchagina kamaytirildi. 
Temir yo‘l transportida bo‘ladigan avariyalar oqibatini tugatish tartibi, 
talofat ko‘rganlar soniga, ularni holatiga, talofot ko‘rgan transport hajmiga, olib 
ketayotgan yuk tavsifiga, joyning relefiga, ob-havo sharoitiga, kunning vaqtiga va 
boshqa omillarga qarab olib boriladi. Shuning uchun favqulodda vaziyat tavsifiga 
qarab fuqarolar muhofazasi tizimlari o‘z yo‘nalishlarini olib boradilar. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling