O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro‘yxati: 4, 5, 10, 11, 16, 17.
Asosiy tayanch so‘z va iboralar 1. Avariya; 2. Falokat (katastrofa); 3. Ximiya sanoatidagi avariyalar; 4. Radioaktiv korxonalardagi avariyalar; 5. Oziq-ovqat sanoatidagi avariyalar; 6. Transportdagi avariyalar; 7. KTZM ta’siridagi avariyalar; 8. Dozimetrlar; 9. VPXR jihozi; 10. Shikastlangan ximiyaviy o‘choqda bajariladigan ishlar; 11. Avariyani tiklash; 12. Avariyaga sababchi omillar. Takrorlash uchun savollar 1. Avariyalar va unga sababchi bo‘lgan avariyalar nimalardan iborat? 2. KTZM ta’siridagi avariyalarda fuqarolar muhofazasining xatti- harakatlarini tushuntiring. 3. Falokatlar sodir bo‘ladigan tarmoqlar va ularning oqibatlari qanday bo‘ladi? 4. Falokat oqibatlarini tugatishda fuqarolarning xatti-harakatlari qanday bo‘ladi? Adabiyotlar ro‘yxati: 4, 5, 10, 11, 16, 17. V BOB. EKOLOGIK TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR VA ULARNING OQIBATLARI 5.1. Atmosfera hayosining tarkibi va xossalari o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar (FV), kelib chiqish sabablariga ko‘ra tasnif qilinadi. FVlarning bunday tasnif qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi "Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida"gi 455 sonli qarorida tasdiqlangan va ularning turlari xususidagi ma’lumotlar I bobda berilgan. Atmosfera - Erning gazsimon qobig‘i bo‘lib, hayot uchun zarur bo‘lgan birlikdir. Atmosfera er po‘stiga fizikaviy, kimyoviy, biologik ta’sir etadi va er yuzasida issiqlik va namlikni tartibga solib turadi. Atmosfera erning himoya qobig‘idir, chunki u tirik organizmlarni turli ultrabinafsha nurlar va kosmosdan keladigan meteoridlarning zararli ta’sirlaridan (shu jumladan quyosh radiatsiyasidan ham) himoya qiladi. Agar atmosfera bo‘lmaganda edi, Er yuzasida ham Oydagi kabi hayot bo‘lmas edi. Chunki er yuzasi kunduzi 100 gradus qizib, kechasi esa - 100 gradus sovugan bo‘lardi. Atmosfera havosi har doim aralashib turishi uchun, uning kimyoviy tarkibi sayyoramizning hamma joyida asosan bir xildir. Atmosfera havosining tarkibi asosan: azot (78%); kislorod (21%) dan va qolgan 1% esa boshqa gazlardan; argon (0,93%); karbonat angidrid (0,03%) va kseon, vodorod, geliy, kripton, ksenon va boshqa gazlardan tashkil topgan. Aynan havo tarkibini biri ko‘payib, ikkinchisi kamayib ketishi tirik mavjudod hayotini muvozanatdan chiqarib yuboradi va halokatga olib kelishi mumkin. Atmosfera gazsimon moddalardan tashqari shakli, kattaligi, kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi mayda zarrachalar-tutun, chang, to‘zon va bashqalar mavjud. Atmosfera havosining ifloslanishi oqibatida nafaqat inson hayotini, balki tevarak atrofdagi muhitni ham havf ostiga qo‘yadi. Ilgarilari atmosfera havosi sanoat ob’ektlari ustidagina ifloslangan bo‘lsa, hozirda esa sanoat, transport, energetika va boshqa ob’ektlardan chiqqan chiqindilar katta- katta xududlarga tarqalib havoning keng miqyosida ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Atmosfera havosi 2 xil yo‘nalishda ifloslanishi mumkin (1-chizma) Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling