O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

Asosiy tayanch so‘z va iboralar 
1.
Ekologiya; 
2.
Ekologik vaziyat; 
3.
Kontserogen; 
4.
Havoning tabiiy ifloslanishi
5.
Havoning sun’iy ifloslanishi
6.
Suvni tabiiy ifloslanishi; 
7.
Suvni sun’iy ifloslanishi; 
8.
Tozza suv; 
9.
Eroziya; 
10.
Shamol eroziyasi; 
11.
Tuproqning sun’iy ifloslanishi; 
12.
Kompost. 
 


Takrorlash uchun savollar 
 
1.
Ekologik FV.lar qaysi ob’ektlarda kuzatiladi? 
2.
Qanday omillar ta’sirida atmosfera havosi tabiiy ifloslanadi? 
3.
Atmosfera havosini sun’iy ifloslanishini manbalari nimalardan iborat? 
4.
Atmosfera havosini ifloslanishiga qarshi qanday chora-tadbirlar 
qo‘llaniladi? 
5.
Suv xavzalari qanday sabablar bilan ifloslanadi? 
6.
Chuchuk suv bilan ta’minlashning qanday imkoniyatlari mavjud? 
7.
Tuproq qanday omillar ta’sirida ifloslanadi? 
Adabiyotlar: 2, 10, 15, 19. 
 


VI BOB. FUQAROLARNI HIMOYA QILISHNING USLUBLARI 
VA XUSUSIYATLARI 
 
6.1. Fuqarolarni himoya qilishning asosiy tamoyillari
Harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham favqulodda vaziyat yuz berganda 
fuqarolarni saqlashning asosiy uslublari muayyan tamoyillar asosida amalga 
oshiriladi. Fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy printsiplari quyidagilardan 
iborat: 
1) davlat organlari, Vazirlik rahbariyati va xalq xo‘jalik ob’ektlarining 
rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy ravishda 
amalga oshirish va boshqarish;; 
2) mamlakatning har bir burchagida, aholi yashash joylarida, xalq xo‘jalik 
tarmoqlarida, fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan rejalashtirish
3) har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va mudofaa qudratini hisobga olgan 
holda fuqarolar muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish
4) fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika, 
viloyat, shahar, rayon, xalq xujalik tarmoqlari) iqtisodiy va sotsial rivojlanish 
rejalari bilan birga amalga oshirish. 
Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat: 
1) fuqarolarni xavfli vaziyat xususida o‘z vaqtida ogohlantirish 
2) radiatsiyaga va kimyoviy ta’sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillari
3) himoya inshoatlarida saqlash; 
4) evakuatsiya omillarini o‘tkazish (fuqarolarni xavfli hududdan, 
vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki to‘liq uzoqlashtirish); 
5) shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling