O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafas organlarini saqlovchi vositalarga
6.7. Fuqarolarni saqlashning shaxsiy saqlovchi vositalari Yakka tartibda saqlovchi vositalar inson tanasiga, ichki organlariga, terisiga va kiyim-kechaklariga radioaktiv moddalarni, zaharli birikmalarni va biologik tumanlarni tushishidan saqlaydi. Yakka tartibda saqlovchi vositalar ko‘llanilishiga ko‘ra: terini saqlovchi, nafas organlarini, yuz-ko‘zni saqlovchi turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, filtrlovchi hamda izolirlovchi xillarga bo‘linadi. Bunday vositalarga tibbiy saqlovchi vositalar ham kiradi. Nafas organlarini saqlovchi vositalarga gazniqoblar, resperatorlar, matoli niqoblar, paxta, dokali taqqichlar kiradi. Gazniqoblar - nafas yo‘llarini, yuzni ko‘zni har xil zaharli ta’sirlardan saqlaydi, gazniqoblar filtrlovchi va izolirovchi hillarga bo‘linadi. Fuqaro muhofazasi bo‘yicha quyidagi filtrlovchi gazniqoblar: GP-5, GP-5M, GP-7, GP- 7V; bolalar uchun – PDF-SH, PDF-D, PDF-2SH, PDF-2D va BXK.dan foydalaniladi. Filtrlovchi gazniqoblar asosan 2 qismdan: niqobdan va filtrlovchi qutidan tashkil topgan. Filtrlovchi quti asosan tashqi muhitdagi turli xil zaharli birikmalarni yutuvchi filtr va shixtadan tashkil topgan. Niqob - tabiiy yoki sun’iy kauchuk asosida olingan rezina materiallaridan tayyorlannb, unga ko‘rish uchun oynak, hamda nafas olish va chiqarish uchun mo‘ljallangan jihoz joylashtirilgan. Boshqa rusumdagi gazniqoblar ham xuddi GP-5 rusumli gazniqobiga o‘xshash tuzilishiga ega (2-rasm). PDF-D esa 1,5-7 yoshgacha bolalar uchun. PDF-Sh rusumli gazniqob 7-17 yoshlardagi bolalar uchun mo‘ljallangan; Bolalar gazniqobi ham filtrlovchi quti va niqobdan tashkil topib, niqob elastik rezinadan tayyorlangan. Filtrlovchi quti niqob bilan birlashtiruvchi trubkasidan yig‘iladi. Bolalar himoya kamerasi (BXK) 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zaharli birikmalar, radioaktiv moddalar va biologik ta’sirlardan saqlaydi. BXK tarkibiga: himoya kamerasi, atmosfera yog‘inlaridan saqlovchi yopinchiq, kartonli quti va kamerani saqlovchi g‘ilof kiradi. Gazniqoblarning saqlash darajasini oshirish uchun har bir fuqaro o‘z o‘lchamini kiyish orqali erishiladi Chunki to‘g‘ri tanlangan shlem-niqob yuzga zich yopishib turadi va tashqaridan xech qanday zararli ta’sirlar kirmaydi. Gazniqoblarni o‘lchami 2 xil usulda aniqlanadi: a) yuzning o‘lchamini aniqlash orqali; b) daxan bilan qosh suyagi orasidagi masofa o‘lchash orqali. Birinchi uslub bilan 63 sm.gacha 0-o‘lcham, 1-o‘lcham 63,5-65,5sm gacha, 2-o‘lcham 66-68 sm.gacha, 3-o‘lcham 68,5-70,5 sm va 4-o‘lcham 71 sm va undan katta. 2-rasm. Filtrlovchi fuqarolar protivagazi GP-5: 1-filtrlovchi - yutuvchi korobka; 2-shlem-niqob; 3-xaltacha; 4-terlamaydigan plenkalar solingan quticha; 5-manjetlar. Ikkinchi uslub bilan 3 xil o‘lchamda gazniqoblar ishlab chiqariladi: 1-o‘lcham 99-109 mm gacha; 2-o‘lcham 109-119 mm; 3-o‘lcham 119 mm dan katta. Bolalar gazniqobi o‘lchamini topishda ularning yuz balandligini o‘lchab, so‘ngra 11-jadvaldan foydalanib, gazniqob o‘lchovi aniqlanadi. Gazniqobni ishlatishdan oldin har bir fuqaro uni saqlash xususiyati buzilmaganligini tekshirib ko‘rishi, uning germetikligi qayta tekshiradi. Tekshirilgan ish holatidagi gazniqoblar yaxshilab taxlanib qaytadan sumkaga solinadi va saqlash uchun joyiga qo‘yiladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling