O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

Terini saqlovchi vositalar. 
Terini saqlovchi vositalar ham saqlash darajasiga ko‘ra: filtrlovchi va 
izolirlovchi xillarga bo‘linadi. Izolirlovchi terini saqlovchi vositalar havo 
o‘tkazmaydigan rezinali elastik materiallardan ( masalan, PVX) tayyorlanadi. Ular 
germetik va nogermetik holda bo‘ladi. Germetik vositalar butun teri a’zolarini 
berkitib, zaharli moddalarning bug‘i va tomchilaridan butunlay saqlaydi. Germetik 
bo‘lmagan vositalar esa faqat zaharli moddalarning tomchilaridan saqlaydi. 
Izolirlovchi terini saqlovchi vositalarga: kombenzon va kostyum, engil himoya 
kostyumi L-1 va umumqo‘shin himoya jamlamas kiradi. Himoya kombenzoni, 
bitta qilib tikilgan kurtka, shim va bosh kiyimdan tashkil topgan. Kombenzon va 
kostyum tarkibiga shlemosti (podshlemnik), rezinali oyoq kiyimi va rezinali 
qo‘lqop kiradi. Himoya kombezoni va kostyumi odamlarning tuzilishiga ko‘ra 3 
o‘lchamda ishlab chiqariladi: 1-o‘lcham 166 sm gacha, 2-o‘lcham 165-172, 3-
o‘lcham 172 sm dan yuqori. 
Engil himoya kostyumi L-1. U qalpoqchadan shim bilan birga tikilgan 
paypoq hamda ikki qavatli qo‘lqop va podshlemnikdan tashkil topgan.
L-1ning ham o‘lchamlari huddi himoya kombinzoniga o‘xshash bo‘ladi; L-
1 kiyimlari asosan fuqarolar muhofazasining razvedka qismlarida kiyiladi.
Umumiy himoya jamlamasi (OZK) vositasi himoya plashidan (OP-1) va 
himoya paypoq, qo‘lqopdan tashkil topgan. 
Umumqo‘shin himoya jamlamasii qo‘yilgan maqsadga ko‘ra:
a) radioaktiv birikmalardan, zaharlovchi moddalar va biologik vositalar 
ta’sirlaridan saqlashda, radioaktiv moddalar va biologik shikastlangan joylarda 
hatti-xarakatlar hamda texnika, transportlarni zararsizlantirish ishlarini bajarishda 
yopqich ko‘rinishda; b) shikastlangan o‘choqlardagi xatti-harakatlarda va 
qutqaruv-evakuatsiya ishlarini bajarishda kombenzon ko‘rinishda foydalaniladi. 
Filtrlovchi terini himoyalovchi vositalar paxtali materiallardan tayyorlangan 
 


kiyimlarga maxsus kimhviy moddalar shimdirilgan bo‘ladi. Bunda zaharli 
moddalar kiyimdan o‘tayotganda yutilib qoladi va terini shikastlashdan saqlaydi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling