O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

Degazatsiya omili - zaharlovchi moddalarni parchalab, zararsiz moddalar 
hosil qilishi, hamda ularning miqdorini kamaytirish hisoblanadi. Degazatsiya omili 
maxsus texnikalar yordamida amalga oshiriladi. Degazatsiya qiluvchi moddalarga 
kimyoviy moddalar kirib, ular oksidlovchi xlorli birikmalar (gipoxloritlar, 
xloramin) va ishqoriy birikmalar (NaON, soda, ammiak, ammiakli tuzlar) kiradi. 
Bu birikmalarning hammasi eritma holida ishlatiladi. 
Erituvchi sifatida: suv, dixloretan, trixloretan, benzin ishlatiladi. 
Degazatsiya qiluvchi eritma 
№1,5 foizli geksaxlormelamin yoki 10 foizli 
dixloramin eritmasi iprit va boshqa kimyoviy qurollarni zararsizlantirishda 
ishlatiladi. Degazatsiya qiluvchi eritma 
№2, 2 foiz NaON, 5 foizli 
monoetanolamin va 20 foiz ammiakli suv eritmasidan tashkil topib, zoman tipidagi 
zaharlovchilarni zararsizlantiradi. Terini kasallantiruvchi va asabni pallajlovchi 
zaharli moddalarni zararsizlantirishda xlorli ohak eritmasi ishlatiladi. 
 


Kimyoviy qurollar bilan zararlangan atrof–muhit kimyoviy yoki mexanik 
usulda degazatsiya qilinadi. Kimyoviy usul bo‘yicha yuqorida aytilgandek 
degazatsiyalovchi modda eritmalari bilan qayta ishlanadi. Mexanik usulda esa 
zararlangan joylarning ustki qismlari (7-8 sm qalinlikda) olib tashlanadi yoki 
o‘sha joyning ustini qalin somon, taxtalar bilan bekitilib himoya qilinadi. 
Dezinfektsiya omili - bakterial qurollarni yo‘q qilish maqsadida amalga 
oshiriladi. Dezinfektsiya omillari turli xil ko‘rinishda amalga oshirilib, ulardan 
tozalash: maqsadli, doimiy va tugallanadigan xillari qo‘llaniladi. 
Tozalash dezinfektsiya usuli kasallik tarqalmasdan oldin qilinadigan 
dezinfektsiya hisoblanadi. Bunda bakteriyalarni o‘ldiruvchi vositalar qo‘llaniladi. 
Doimiy dezinfektsiyada epidemiyaga qarshi omillar o‘tkaziladi (sanitar-gigienik 
va zararsizlantirish ishlari). Tugallanadigan dezinfektsiya - oxirgi kasal 
kasalxonaga yotqizilgandan keyin o‘tkaziladi. Buni sanitar epidemologik stantsiya 
(SES) xodimlari amalga oshiradi. Dezinfektsiya - kimyoviy, fizik, mexanik va 
kombinatsiyalashgan usullar bilan amalga oshiriladi. Kimyoviy usulda - kasal 
tarqatuvchi mikroblar degazatsiyalovchi moddalar bilan yo‘q qilinadi. Fizik usulda 
- kiyim-kechaklar, idish-tovoqlar va boshqa vositalarni, materiallarni qaynatish 
yo‘li bilan dezinfektsiya qilish tushuniladi. Bu usul asosan oshqozon-ichak 
infektsiyasi tarqalganda qo‘llaniladi. 
Mexanik usul esa deganda degazatsiya qilishda qo‘llaniladigan uslublar, 
qoidalar (er ustidagi zararlangan qismlarni yo‘qotish) tushuniladi. Bunda 
zararlangan joylar, inshoatlar, boshpana, RSB, transportlar, yo‘llar 
zarrasizlantiriladi. 
Dezaktivizatsiya va degazatsiya omillarining tozaligi dozimetrik va 
kimyoviy asboblar bilan, dezinfektsiya omillar esa bakteriologik tekshirish orqali 
tekshiriladi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling