ishlov berishdan tashkil topgan.
Texnika va transport vositalarin zararsizlantirish avtoserviz va boshqa
remont qiluvchi korxonalarida amalga oshiriladi.
Fuqarolarni sanitar ishlovdan o‘tkazish esa, xammom, dush xona va boshqa
maxsus yuvinish joylarida amalga oshiriladi.
Zararsizlantirish omiliga
dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfektsiya jarayonlari kiradi.
Dezaktivatsiya deyilganda, zararlangan vositalardan (kiyim-kechak,
himoya vositalari, suv, texnika, transport vositalari) hamda inshoatlardagi
radioaktiv moddalarni aktivligini yo‘qotish tushuniladi. Dezaktivatsiyaning to‘liq
hamda qisman xili mavjud bo‘lib, u asosan mexanik va fizik-kimyoviy usul bilan
olib boriladi. Mexanik usulda - radioaktiv moddalar
bilan zararlangan sirt
yuzalarini artish orqali yo‘qotiladi. Fizik-kimyoviy usulda esa - radioktiv
moddalar turli xildagi kimviy modda eritmalari bilan yuvish amalga oshiriladi.
Dezaktivatsiyada asosan suv ishlatilib, radioktiv moddalarning yuviluvchanligini
oshirishda, sirt-aktiv hamda kompleks
hosil qiluvchi moddalar, kislotalar va
ishqorlar ishlatiladi. Bular: SF-2, OP-7, OP-10, Na
3
PO
4
trilon B, shavel, limon
kislotalari va uning tuzlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: