O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)
Sanitar qayta ishlash. Bu omil maxsus qayta ishlov berish usulining
asosini tashkil etib, u fuqarolarni radioaktiv, zaharlovchi moddalar va bakterial tumanlar bilan zararlanishning oldini olishda qo‘llaniladigan har tomonlamali omillaridan tashkil topgan. Sanitar qayta ishlash, qisman va to‘liq turlarga bo‘linadi. Qisman sanitar qayta ishlash - barcha kiyim-kechak, yakka tartibdagi himoya vositalari, ochiq qolgan terilarni mexanik usulda tozalash hisoblanadi. To‘liq sanitar qayta ishlash - tana a’zolarni zararsizlantiruvchi usullarni qo‘llash (yuvish, dezinfektsiya qilish) tushuniladi. Bu barcha tana-a’zolarimizni, kiyim-kechak, himoya vositalar va boshqalarni zararsizlantirish maqsadida qo‘llaniladi. Bu usul bo‘yicha shikastlangan hududdan chiqqan fuqarolar, ishchi- xizmatchilar, tuzilmalar jalb qilinadi. To‘liq sanitar qayta ishlash omili maxsus qurilgan yuvinish shaxobchalarida amalga oshiriladi. Bunda fuqarolar bir tomondan kirib, kiyim-kechak, himoya vositalarini echib, yuvinib, og‘iz, ko‘z ichlarini zarasizlantirib, ikkinchi tomondan dozimetrik, kimyoviy tekshiruvdan o‘tib, so‘ngra toza kiyim-kechak kiyishadi hamda ikkincha dozimetrik ko‘rikdan o‘tiladi. Zararlangan kiyimlar, himoya vositalari, maxsus usullar yordamida zararsizlantiriladi. Shikastlangan hududdan chiqishda yuqorida aytilgan muolajalar yuqori saviyada o‘tkazilsa zararlanish miqyosi shuncha kichik va talofatlarga uchrashning oldi olingan bo‘ladi. 7.4. Ish joylarni, uylarni, oziq-ovqatlarni zararsizlantirish Zamonaviy qirg‘in qurollarining shikastlantiruvchi zarrachalarini zararsizlantirish omillari, yakka tartibdagi himoya vositalarini kiygan holda va jarayonni olib borish qoidalariga qattiq rioya qiligan holda olib borilishi shart. Radioaktiv zararchalar bilan zararlangan uylar va jihozlarni zararsizlantirishdan oldin quruq holda tozalanib, keyin xo‘l lattalar bilan artiladi. Binolarning tashqi taraflarini dezaktivatsiya qilishda suv bosimi bilan yuviladi. Uylarning ichida germetik idishlarda saqlangan oziq-ovqatlarni dezaktivtsiya qilish faqat idish usti suv bilan yuvib tozalanadi. Qog‘oz va boshqa narsalarda saqlanadigan mahsulotlar tozalan-ganda, oldin idish latta bilan artiladi, suv bilan yuvib, keyin quritiladi. Ustidagi qog‘oz qurigandan keyin ichidagi mahsulot toza idishga solinadi va dozimetrik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Germetik bo‘lmagan idishlarda saqlangan mahsulotlar (go‘sht, pishloq, margarin, saryog‘)ni dezaktivatsiya qilishda o‘sha mahsulotlarning sirtqi qavatini (3 mm-gacha) kesib tashlanadi. Ho‘l mevalarni tozalashda esa ko‘p marta suv bilan yuvish orqali tozalab, so‘ngra qaynatiladi. Suyuq mahsulotlarni (yog‘ va shunga o‘xshaganlarni) cho‘ktirish orqali tozalanadi. Sutlar qatiq mahsulotlariga o‘tkaziladi. Suvni esa filtrlash orqali tozalash mumkin. Quduqdagi suvlarni tozalashda, ichidagi suv bir necha marta olib tashlanadi hamda quduq atrofidagi tuproqlar (5- 10 sm. qalinlikda) olib tashlanadi. Dezaktivatsiya qilingan hamma oziq-ovqat mahsulotlari va suv dozimetrik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart. Agar ba’zi mahsulotlarni dezaktivatsiya qilib bo‘lmasa, ularni bir joyga yig‘ib, tabiiy zararsizlantirishga qo‘yiladi. Agar yuqorida aytilgan mahsulotlar zaharli moddalar bilan yoki biologik vositalar bilan zararlangan bo‘lsa, u holda degazatsiya va dezinfektsiya qiluvchi moddalar (xlorli ohak, xloramin, formalin va boshqa moddalar) ishlatiladi. Zararlangan joylarni zararsizlantirish ishlar tamom bo‘lgandan so‘ng har bir fuqaro to‘lik sanitar qayta ishlovdan o‘tishi kerak. Bu muolaja hammomlarda, dushxonalarda yoki maxsus yuvinish joylarida amalga oshirish kerak. Bu joylarda zararlangan kiyim-kechaklar, himoya vositalari, bir joyga echilib, keyin yuviniladigan xonaga kiriladi va sovun, mochalka bilan hamma teri ustilari zarasizlantiriladi. Yuvinib bo‘lgandan so‘ng dozimetrik ko‘rikdan o‘tiladi va yangi zararsizlantirilgan kiyim-kechak kiyiladi, hamda ikkinchi dozimetrik ko‘rikdan o‘tiladi. Mana shunday muolajalardan o‘tgan fuqaro, zararli ta’sirlar talofatlariga uchramaydi va uni oldini olgan bo‘ladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling