O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Biologik shikastlangan o‘choqda esa


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

Biologik shikastlangan o‘choqda esa biologik razvedka va bakterial 
moddalar xili, karantin yoki observatsiya rejimini qo‘llanilishi; sanitar-ekspertiza, 
oziq-ovqat maxsulotlari, suv, emlarning zaharlanganligini aniqlash va ularni 
zararsizlantirish; epidemiyaga qarshi, sanitar-gigienik, veterinariya ishlari va 
boshqa omillar amalga oshiriladi. 
Bu ishlarni olib borishda biologik shikastlangan o‘choqda sanitar-
epidemeologik maskan, veterinariya maskani, epidemiyaga qarshi 
harakatlanuvchan otryad, shifoxonalar, poliklinika, veterinariya tarmoqlari va 
boshqa meditsina tarmoqlari jalb etiladi. Ular birinchi navbatda og‘ir kasallik 
tarqatuvchilardan saqlash uchun profilaktik omillar olib borishadi. Bunda turli 
xildagi ta’sir etuvchi antibiotiklardan hamda SHD-2dan, gazniqoblardan 
foydalaniladi. 
Hududda kasallik tarqatuvchining aniq turi topilgandan keyin, unga qarshi 
maxsus dorilardan foydalaniladi. Shundan keyin shikastlanganlarning kasallanish 
holatiga qarab har xil darajada tuzatish muolajalari olib boriladi. Ular darhol 
kasalxonaga yotqiziladi va juda og‘irlari ma’lum joyga, maxsus gruhlar yordamida 
evakuatsiya qilinib o‘sha erda davolanadilar. 
Biologik o‘choqning tugatilishi u erdagi oxirgi odamni tuzalib ketish vaqti 
bilan aniqlanadi. Biologik o‘choqda xarakatlanuvchan qismlar, u erdagi 
yuquvchan kasallik bilan kasallanmasliklari uchun hamma omillarni olib borish 
kerak, ya’ni kasallar bilan muloqatda bo‘lmaslik, inshoatlar, xonalar, atrof-muhit 
zararsizlantirib turilishi, kiyim-kechaklarni dezinfektsiya qilib turish va o‘zini 
sanitar - qayta ishlovdan o‘tish turish talab etiladi. Mana shularga rioya qilib, 
harakatlanuvchi tuzilmalar hech qanday yo‘qotishsiz, o‘z vazifalarini bajarib 
 


boradilar. Murakkablashgan shikastlanish o‘chog‘ida QBTIni olib borish, alohida-
alohida o‘choqlarda olib borilgan ishlarni nisbatan bir necha o‘n barobar og‘ir 
hisoblanadi. Chunki bu holatda vaziyat juda murakkab bo‘lib, o‘choqdagi 
shikastlantiruvchi faktorlar turini aniqlash juda og‘ir hisoblanadi. Bulardan 
tashqari bunday o‘choqda biror faktorga qarshi olib boriladigan omillar ikkinchi 
faktorga tamoman teskari bo‘lishi mumkin. 
Masalan, xavfli epidemiya bilan kasallangan odamlarni davolashda 
foydalaniladigan karantin omili kuchli binar-xususiyatli kimyoviy qurollar 
ishlatilganda qo‘llaniladigan evakuatsiya va boshqa vositalar. 
Murakkablashgan o‘choqda biror uslubiy ko‘rsatma asosida emas, QBTIni 
sharoitini aniq o‘rganish orqali, o‘sha erdagi vaziyatdan kelib chiqqan holatda olib 
boriladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling