O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


QBTI ishlarini shikastlangan o‘choqda olib


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 


7.2. QBTI ishlarini shikastlangan o‘choqda olib
borish usullari 
 
Ma’lumki, QBTIni bajarish usullari va qoidalari, o‘sha shikastlangan 
o‘choqda harakatlanuvchan tuzilmalarga xalaqit beruvchi faktorlar darajasiga 
qarab tanlanadi. Jumladan, shikastlangan inshoatlarni tavsifiga, kommunal, 
energetik va texnologik tarmoqlardagi avariya darajasiga, o‘sha joydagi radioaktiv 
va kimyoviy zararlanish darajasi, hamda yong‘in miqyosiga qarab usullar 
tanlanadi. Chunki radioaktiv, kimyoviy va biologik shikastlangan o‘choqlarda 
shikastlanish har xil darajada va miqyosda bo‘lganligidan QBTI usullari ham har 
xil tartibda qo‘llaniladi. Masalan, yadroviy shikastlangan o‘choqda qolgan 
odamlarni qutqarish va boshqa qutqaruv ishlarini bajarish uchun birinchi 
navbatda, shikastlangan inshoatlar, himoya inshoatlariga boradigan yo‘l, 
yo‘laklarni ochish va tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Buning uchun bir tomonlama xarakatlanuvchan yo‘llar 3-3,5 m kenglikda, 
ikki tomonlama harakatlanuvchan yo‘llar uchun esa 6-6,5 m kenglikda tozalanadi 
va ochiladi. Bunday yo‘llarda har 150-200 m.ga 15-20 m uzunlikdagi raz’ezdlar 
qo‘yiladi. Yo‘l va yo‘laklarni tozalashda barcha mexanizmlar (buldozer, kranlar 
va boshqalar) bilan ish ko‘rilib, yong‘inga qarshi tuzilmalar ham birgalikda 
harakatlanib, yonayotgan inshoatlarni o‘chiradi. 
Keyin buzilgan binolar, er ostida qolgan odamlar va yong‘inli uyda qolib 
ketgan fuqarolarni qutqarish harbiylashgan fuqaro muhofazasi qismlari va 
tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi, bunda ishga yaroqli fuqarolar ham 
ishtirok etadilar. Buning uchun darhol razvedka ma’lumotlariga qarab inshoatlarda 
qolgan odamlar bilan turli xil uslublar orqali aloqa bog‘lanadi. Masalan, havo 
kiradigan teshiklar, devor, eshik, suv va issiqlik ta’minoti trubalarini tiqqilatish 
orqali. Er ostidagi, himoya inshoatlaridagi odamlarni qutqarishdan oldin unga 
havo beriladi. Buning uchun havo beruvchi teshiklar tozalanadi yoki devorlardan 
teshik hosil qilinadi. 
 


Boshpanalarini ochish usullari, uning tuzulishiga va shikastlanish darajasiga 
qarab tanlanadi. Ya’ni inshoatning chidamliligi, yon tomondanmi, qo‘shimcha 
eshik tomoni ochiladimi, devorlari teshilib yo‘lakcha hosil qilinadimi yoki boshqa 
yo‘llari tayyorlanadimi, bular o‘sha inshoatning ahvolidan kelib chiqqan holda 
tanlanadi. Keyin shu inshoatlardagi odamlar qutqarilib, ularga tibbiy yordam 
ko‘rsatiladi. 
Xuddi shunga o‘xshash ishlar tinchlik davrida ham, tabiiy ofatlar, kuchli er 
silkinishi natijasida ham olib boriladi. Masalan, Afg‘oniston, Meksika, 
Armaniston, Xindiston va boshqa er silkinishlari ni yodga olish mumkin. Bu 
erlarda er ostida qolgan odamlarni qutqarishda juda katta (16 t) yuk ko‘targichlari, 
projektorlar tunu kun ishladilar. Buzilgan joylarda qolgan odamlarni 2-3 hafta 
davomida qutqarilgan va yashayotgan fuqarolar borligi aniqlangan. Masalan, 1985 
yil Meksikada bo‘lgan er silkinishi oqibatida 13 sutkagacha harobalar ostida qolib 
ketgan 4,5 ming odam qutqarilgan. Armanistondagi er silkinishida esa 5 kundan 
keyin qutqarilganlar soni 5398 kishini tashkil etgan. Bu falokatda Frantsiya, 
Angliya, AQSH, Shveytsariya va boshqa davlatlarning qutqaruv qismlari ishtirok 
etdilar va o‘zlarining eng zamonaviy uskunalari hamda boshqa vositalardan 
foydalanishi, bir qancha odamlarni tirik saqlab qolganlari ma’lum.
Yuqorida aytib o‘tilgan shikastlangan o‘choqlarda faqatgina qutqaruv 
ishlarini bajarmasdan, birlamchi avariyani tiklov ishlari ham bajariladiki, bunda 
qutqaruv ishlariga xalaqit beruvchi avariyalar, hamda yangi falokatlarni keltirib 
chiqaruvchi avariya va talofatlanishlarning oldi olinadi. Chunki bular oqibatida 
fuqarolar qo‘shimcha talofat olishlari mumkin edi. Buning uchun suv tarmog‘i, 
kanalizatsiyasi, gaz, elektrtarmoqlaridagi avariyani tuzatuvchi tizimlar jalb qilidi. 
Albatta, bu ishlarga umummaqsadli tuzliamlar ham jalb etiladi. Yuqoridagi 
avariyalarning oldini olishni asosiy yo‘li bu shikastlangan uchastkalarga suv, gaz, 
elektor va boshqa sababchi omillarni kelishini to‘sish hisoblanadi. Bunda turli 
xildagi to‘sish omillaridan foydalaniladi.
Inshoatlarning devorlari turli xildagi tirgovuchlar orqali mustahkamlanadi, 
buziladiganlar esa tamoman buzib tashlanadi. Chunki bu ishlarni qilmasdan turib, 
 


odamlarni qutqarish havfli hisoblanadi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling