O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Maxsus taktik amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlash


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 


Maxsus taktik amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlash. Mashg‘ulotni 
rejalashtirish, mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida va har tomonlama rejaga muvofiq holda 
tayyorlanish lozim.
Mashg‘ulot rahbarining ko‘rsatmalari asosida mashg‘ulot o‘tkazish rejasi, 
tashkiliy ko‘rsatmalar, o‘rinbosarlarning xususiy rejalari va boshqa zaruriy 
hujjatlar ishlab chiqiladi. Maxsus- taktik amaliy mashg‘ulotning asosiy o‘quv-
uslubiy hujjati amaliy mashg‘ulot rejasi hisoblanadi, unda mashg‘ulotning borishi, 
o‘quv savollarining izchilligi, mashg‘ulotlar bosqichlar bo‘yicha aks ettiriladi.
Maxsus-taktik mashg‘ulotning rejasi matn bo‘yicha ishlab chiqiladi va 
quyidagilarni: mavzuni, har bir toifa o‘quvchilari uchun o‘quv maqsadlari, 
mashg‘ulot o‘tkazish vaqti, o‘quv mashg‘ulotiga jalb qilinadigan bo‘linmalarning 
tarkibi, texnikalar soni va sarf bo‘lish me’yorlari, mashg‘ulotning bosqichlari, 
ularning davomiyligi va o‘quv savollari, taktik sharoit, kuchlarni guruhlash, 
boshqarish maskanlarining joylashgan eri, zamonaviy qurollar qo‘llanilgandan 
keyin ob’ektdagi holat, FM boshliqlarining qarorlari va xodimlarning vazifalarini 
o‘z ichiga oladi. Maxsus-taktik mashg‘ulotning yaxshi ishlab chiqarilgan rejasi va 
boshqa hujjatlar, uning muvaffaqiyatli o‘tishiga imkon beradi.
Mashg‘ulotni o‘tkazish. Mashg‘ulot tuzilmalar doimiy joylashgan joyda 
bevosita yoki to‘satdan «Ogohlantirish» ishorasi bo‘yicha boshlanishi mumkin. 
Buning uchun shaxsiy tarkibga xabar berish va yig‘ish, texnikalarni olib chiqish 
va ularni ishga tayyorgarligini tekshirish kerak.
Tuzilmalarning boshliqlariga taktik vazifani tekshirish tavsiya etiladi: bunda 
vazifani anglab olish, sharoitni baholash, qaror qabul qilish, qo‘l ostidagilarga 
vazifalar qo‘yish va ularning harakatlarini tashkil etish uchun zaruriy vaqt beriladi. 
Mashg‘ulot rahbari tuzilmalar boshliqlarining qarorlarini tinglaydi va tasdiqlaydi, 
kerak bo‘lgan payitda sharoitni chuqurroq mushohada etib, ular yordamida eng 
maqsadga muvofiq qaror qabul qiladi.
Mashg‘ulot rahbari shaxsan va o‘z yordamchilari orqali ob’ektdagi 
radiatsiyaviy, kimyoviy, biologik holatning o‘zgarishini, odamlar, texnikani 
ishdan chiqishini ko‘zda tutgan holda mashg‘ulotlarni kuchaytirib boradilar.
 


Mashg‘ulot rahbari, sharoitga qarab tuzilma boshliqlaridan yangi qarorlar, 
buyruqlar qabul qilishga, qo‘l ostidagilarga yangi vazifalar qo‘yishga va ulardan 
o‘ziga xos harakatlar qilishga erishadi. Tuzilmalardagi fuqarolar asbob-uskunada, 
texnikada va mexanizmlarda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliy vazifalarni 
bajaradilar. Mashg‘ulotlar, tuzilmalarni shikastlanish o‘chog‘idan olib chiqish, 
fuqarolarni tibbiy, texnikani esa maxsus ishlovdan o‘tkazish bilan tugallanadi. 
So‘ngra maxsus taktik mashg‘ulotlar taxlil qilinadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling